4. E R O N , H IN D IST O N VA K IC H IK O SIY O G A Y U R ISH L A R
Amir Temur Xuroson va Eronga harbiy yurishlar uyushtirganda
bu hududlarda bir necha mustaqil davlatlar bo‘lib, ular o ‘rtasida
muttasil urushlar b o iib turardi. Xulagu davlati (1256 1336)
yiqilgandan so‘ng uning o‘mida Ozarbayjonda Jaloyirlar davlati
(1336-1411), Sabzavorda Sarbadorlar davlati (1337-1381), Hirotda
qurdlar davlati (1337-1381) tashkil topgan. Amir Temur 1380-yilda
o ‘g i i Mironshoh Mirzoni bir necha lashkarboshilar bilan Xurosonni
zabt etish uchun yuboradi. Qurdlar hokimi G ‘iyosiddin Pirali
boshchiligida Hirot shahri aholisi Temur askarlariga qattiq qarshilik
ko‘rsatadilar. Shahar 1381 -yilda taslim bo'ladi.
Amir Temur Eronga qarshi 1386-yildan boshlab 1388-yilgacha
«uch yillik», 1392-yildan boshlab 1396-yilga qadar «besh yillik»
va 1399-yildan boshlab to 1404-yilga qadar «yetti yillik» urushlar
olib boradi. Eronning Qobushon, Tuyo, Nishopur, Sabzavor kabi
shaharlari Temurga jangsiz taslim b o ‘ladi, chunki shahar hokimlari
o ‘z shaharlarining harobazorga aylanishini istamaydilar.
1383-yilda Sohibqiron lahkarlari Seistonni va Balujistonni
egallab, Eronning janubiy va shimoli-g‘arbiy hududlari tomon siljib
boradi. 1387-yilda fors viloyatining hukmdori Shohshujo ixtiyoriy
suratda Temurga taslim b o ia d i. Hatto u qizining Jahongir Mirzoning
o ‘g‘li Pirmuhammadga xotinlikka berib, ikki o ‘rtadagi sulhni nikoh
bazmi bilan mustahkamlaydi.
Ammo Isfaxonda vaziyat og‘ir kechadi. Dastlab Temurga taslim
bo‘lgan shahar aholisi so‘ng boj to'lashdan bosh tortib, bir kechada
Sohibqiron askarlaridan 3 ming kishini qirib tashlaydi.
1382—1397-yillardagi bir necha yurishlardan so‘ng Temur
Ozarbayjon, Armaniston, Astrobod va Mozandaronni qo‘lga kiritadi.
1402-yilga qadar Gurjistonga besh marta yurish qilib uni egallaydi.
Xullas, Amir Temur G ‘arbda Kichik Osiyogacha, Janubda Arabiston
yarimoroligacha b o ig a n hududlami egallaydi. Fransuz olimi Jan Pol
Run «Tamerlan» kitobida Eronning Temur tufayli keyinchalik hech
k o ‘rmagan tinchlikka erishganligini, farovonlik hukm surganligini,
savdo rivoj langanligini, mustahkam davlat boshqaruvi yuzaga
kelganligini ta ’kidlaydi. Biroz muddat Samarqandda dam olgach,
Amir Temur endi zo‘r berib Hindiston sari yurish uchun tayyorgarlik
ko‘ra boshlaydi.
366
VATAN TARIXI
1398-yilning may oyida Amir Temur 92 ming kishilik (ba’zi
manbalarda 90 ming) qo‘shin bilan Hindistonga yurish boshlaydi.
Bu urushni u Muhammad Payg‘ambar e ’tiqodini yoyish, payg‘ambar
nomini ko‘klarga ko‘tarish, butparast va kofirlami islom diniga
kiritish, bu yerdagi feodal tarqoqlik va o ‘zaro urushlarga barham
berish bayrog‘i ostida olib boradi. Sohibqironning o ‘zi bu haqda
«Tuzuklar»da shunday deb yozgan edi: «Q ur’oni majiddan fol
ochsam, ushbu ulug‘ oyat chiqdi: «Ey Payg‘ambar, kofirlarga va
munofiqlarga qarshi jahd qilgil... So‘ngra... iqbolimiz xonasi —
Hindistonga qarata qo‘l ko‘tarib, zafar-u fath fotihasini o ‘qidim»'.
Amir Temur Qashqadaryo vohasidan chiqib, Termiz orqali
yurib, avgustda Kobulni egallaydi. U yerdan Hindiston chegaralari
tomon kirib borib, Tulumbi, M o‘lton, Dibalpur, Sarasti, Fathobod,
Somona, Asandiy, T o‘qloqnur, Panipat va boshqa shahar va
qal’alami birin-ketin egallab, dekabr oyida Hind daryosidan o ‘tib,
Dehliga yetib boradi. Dehli sultoni Feruzshoh vafotidan so‘ng bu
yerda o ‘zaro kurashlar avjiga chiqqan edi. Dehli hokimi sulton
Mahmud (1393—1413) Amir Temur lashkarlariga qarshi o ‘z
sarkardasi Malluxon boshchiligida 10020 yaxshi qurollangan otliq
askar, 40 ming piyoda jangchi va 120 zanjirband fillami qo‘yadi.
Kamon otuvchilar joylashtirilgan bu fillaming ustiga o ‘q, nayza va
qilich zarbidan himoya qiluvchi yopqich yopib, qoziq tishlaming
uchiga zahar surtilgan katta pichoqlar bog‘lab qo‘yilgan edi. Fillar
yonida cho‘g ‘ to ‘ldirilgan xumcha, yonayotgan mum yoki neft
otuvchi naftandozlar, yerga tushib ko‘plab marotaba zarb bera
oladigan temir poynakli dahshatli vositalar bor edi. Bu dahshatli
quroldan Sohibqiron zarracha b o ‘lsa-da cho‘chigan emas, chunki
bunday qurolni uning o ‘zi Urganj qamali chog‘ida qo ilag an edi.
Amir Temur kutilmagan jangovar bahaybat fillar muammosini hal
qilish uchun unga qarshi oqilona tadbirlar qo‘llaydi. Arabshoh bergan
m a’lumotlarga qaraganda, fillarga qarshi ishlatish uchun chetlari
qayrilgan va uchi o ‘tkir uchburchakli «temir tikonlar»dan minglab
tayyorlanib, fillar kirib keladigan jang maydonlarini «minalashtirib»
chiqqanlar. Bu fillar va ulaming egalariga kulfat-u ofatlar keltiradi.
Bundan tashqari Amir Temur topshirig‘i bilan Sulton Mahmud
Dehlaviyning fil va askarlariga qarshi tuyalardan foydalanilgan.
Tuyalaming dumiga arqon bilan xashak hamda tikan bog‘lamlarini
bog‘lab, ulami yoqib dushman tomon haydaganlar. Bu fillamigina
Темур тузуклари, 47-бет.
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
367
emas, hatto askarlami ham qo‘rquv va dahshatga solgan. Natijada
olov dahshatining yopirilib kelayotganligi va Temur askarlarining
bergan zarbalari oqibatida jangovar fillar tartibsiz suratda orqaga
tumtaraqay qochib, Sulton Mahmud askarlarini pala-partish yanchib,
to ‘zitib yuboradi. Bundan foydalangan Amir Temur Sulton Mahmud
qo‘shinini zarb bilan yanchib tashlaydi. Dehli hokimi shahaming
qarama-qarshi darvozasi orqali qochib qolishdan boshqa chorani
topa olmaydi. Boy va badavlat Dehli shahri Sohibqironga jangsiz
taslim b o iad i. Amir Temur Dehlidan keyin deyarli katta qarshilikka
uchramaydi. U Hindistonda juda ko‘p qullar va boyliklami q o ig a
kiritadi va ulami 1399-yil mart oyida o ‘z poytaxti Samarqandga
olib keladi. Bular orasida ko‘zni qamashtimvchi juda katta, olovdek
yonib turgan qip-qizil javohir — «C hirogi olam» alohida qimmatga
ega edi. Yoqutning yuziga buyuk Amiming nomi o ‘yib yoziladi va
Samarqanddagi yigirma besh ming noyob javohirlar qatoridan joy
oladi.
Temur Samarqandga qaytib kelgach, g ‘arbga tomon boiadigan
yurishlarga puxta tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. Yozma manbalarda,
uzoq safarga otlanish oldidan Amir Temuming o ‘z askarlariga
yetti yillik maoshni tarqatganligi qayd etiladi. Bu urush asosan
Turk sultoni Boyazid Yildirimga qarshi qaratilgan edi. Ikki buyuk
turk hokimi o ‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshilik borgan sayin
kuchayib boradi. Amir Temur Boyazid (1389-1403) bilan hal
qiluvchi jangga shoshilmaydi, iloji boricha bu umshning oldini
olishga, uni tinch, siyosiy vositalar bilan hal qilishga urinadi.
Chunki o ‘zini islom himoyachisi hisoblagan buyuk Sohibqiron
Boyazidning xristianlar bilan jang qilayotganligini yaxshi bilar edi.
Ammo Temuming bu intilishlarini o ‘ziga haddan tashqari bino
qo‘ygan va o ‘z qudratini yuqori baholagan Sulton Boyazid nazar-
pisand qilmaydi. Sohibqironni kamsitib haqoratlaydi va ikki o ‘rtada
boshlangan urushga asosiy sabab b o iadi. Buni tarixiy voqealar
ochiq-oydin isbotlaydi. Qora quyunli turkman qabilasining hokimi
Qora Yusuf 1388-1399-yillarda Armaniston, Iroq va Ozarbayjon
sarhadlarida bir necha marta Temur lashkarlariga qarshi janglar
olib borgan. Unga Ahmad Jaloyir ittifoqdosh b o ig an. Qora Yusuf
bilan Ahmad Jaloyimi Sulton Boyazid o ‘z himoyasiga oladi va
ularga boshpana beradi. Amir Temur Boyazidga o ‘z elchisi orqali
xat yozib, Qora Yusufni unga topshirishini talab qiladi: «Yer-u
ko‘kni yaratgan Tangri taologa cheksiz shukrlar b o isin k i, yetti
368
VATAN TARIXI
iqlim mamlakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va
olam sultonlari va hokimlari menga egilib, itoat qilish halqasini jon
quloqlariga taqdilar. 0 ‘z qadrini bilib, haddidan oshmay, jasorat
ayoqlarini tiygan bandasini Tangri yorlaqasin. Sening nasli-nasabing
kim ekanligi jahon xalqi oldida m a’lumdir. Shunday ekan, holingga
munosib ish tutib, ju r’at ayog‘ini oldinga qo‘ymaki, ranj-u mehnat
balchig‘iga botib, balo chuquriga yiqilgaysan. Iqbol eshigidan
haydalgan bir to ‘da ig‘vogar kishilar g ‘arazli ishlarini bajarish uchun
sening panohingdan joy olib, uxlab yotgan fitnani uyg‘otmishlar.
Yana o ‘shalaming ig‘vosi bilan ofat va balo eshigini davlatning
yuziga ochmagil. (Mazkur maktub yetishi bilan) Qora Yusufni
mening oldimga yuborgil. Y o‘q esa, taqdir pardasi ikki lashkar saflari
to‘qnashganda yuzingga ochilg‘usidir»'.
Ibn Arabshohning m a’lumotlariga qaraganda, Amir Temur
nomasini olgach va uning mazmunini fahmlagach Boyazid o ‘mi-
dan sapchib turib ketgan va Sohibqironni har xil bo ‘lmag‘ur
so‘zlar (haromi, qon to ‘kuvchi, zinogar buzuqi, qing‘ir) bilan
haqoratlab, unga yozgan xatining so‘nggida quyidagilami yozgan:
«...Men bilamanki, bu so‘zlar seni hech to ‘xtatmasdan bizning
mamlakatimizga tomon otlantiradi. Agar sen (biz tomonga)
kelmasang, sening xotinlaring uch taloq b o isin . Agar sen mening
yurtimga kelsangu, men senga qarshi qat’iy urush qilmay qochsam, u
vaqtda mening xotinlarim uzil-kesil uch taloq bo‘lsin»2.
Amir Temur Sulton Boyaziddan bunday haqoratli xatni
olgandan so‘ng ikki o ‘rtada qonli muhorabaning bo‘lishi aniq b o ‘lib
qoladi. Ibn Arabshoh yana davom etadi: «Qachonki Temur uning
(Boyazidning— R.Sh. Sh.K) iztirobli javobidan voqif b o ‘lgach, «Ibn
Usmon majnun va ahmoq», dedi. Chunki u aziyatli holda haqorat
qilgan edi. Temur uning javobidan xotinlami zikr qilgan joyini o ‘qib,
xotima qildi. Chunki xotinlarga til tegizish ularda katta ayb bo‘lib,
g ‘oyat gunoh hisoblanadi. Hatto ular xotin va qizlaming ismini
talaffuz qilmay, ulaming har birini boshqa bir ibora bilan ataydilar
hamda bu narsadan saqlaninglar, deb (odamlarga) doimo uqtirardilar.
Agar ulardan birontasining xotini qiz tug‘sa, unda uni «pardalik
bola» yoki «ziynat sohibi», yoki «mastura», yoki shunga o ‘xshash
(ibora)lar bilan ataydilar»3.
1 Темур тузуклари, 51-бет.
2 Ибн Арабшоз;. Амир Темур тарихи. 1-китоб, - Т., «Ме^нат», 1992, 258-259-бет.
3 O'sha joyda.
IX bob. A mir Tem ur va tem uriylar davri
369
Amir Temuming G ‘arbga tomon yurishi 1399-yilda boshlanib,
1404-yilgacha davom etgan. Bu tarixga «Yetti yillik urush»
nomi bilan kirgan. U yo‘l-yo‘lakay gurjilar isyonini bostirib, qish
mavsumini Qorabog‘da o ‘tkazadi.
1400-yil
avgustda Temur
Boyazidni qo‘rqitib qo‘yish yoki uni umsh e ’lon qilishga majbur
etish maqsadida turk sultoni o ‘ziniki hisoblagan Kichik Osiyoning
hosildor yerlarida joylashgan ikkita muhim qal’a — Sivos va
Milatiyani bosib oladi. Bu qal’alar keyinchalik Amir Temuming
Kichik Osiyodagi bo‘lajak harakatlari uchun tayanch bo‘lib xizmat
qiladi.
Sohibqiron endi o ‘z nigohini Shorn (Suriya) yurtiga qaratadi.
Chunki bu mamlakat Boyazid bilan yaqin aloqada bo‘lgan Misr
sultoni Farajga qarar edi. Mabodo Sohibqiron Boyazidga qarshi urush
boshlagan taqdirda Faraj unga yordamga kelishi mumkin edi-da.
Amir Temur Misr sultonini tor-mor keltirib, uni qochishga majbur
qiladi va Damashqni egallab oladi, so‘ng M o‘sulga o ‘tadi. Bag‘dod
umshsiz Sohibqiron hokimiyatini tan olgan b o isa-da, shahar aholisi
g‘alayonlarini bahona qilib, Temur 1401 -yilda u yerga bostirib boradi
va ikki oylik qamaldan so‘ng shahar istehkomlari— va qo‘rg ‘onini
egallaydi. Chunki Temur Boyazid bilan umsh b o ig a n taqdirda turk
sultonining q o ii baland kelsa, Bag‘dod uning ittifoqchisiga aylanishi
mumkinligini yaxshi bilardi. Amir Temur 1402-yilda u yerdan o ‘tib,
gurjilaming isyonini yana bir marta bostiradi. Sohibqironning bu
harakatlari sulton Boyazidning asablarini batamom ishdan chiqaradi.
Amir Temur Boyazid bilan yozishmalar qilib, uning atrofidagi
yerlami o ‘ziga qaratish uchun urushlar olib borib, u bilan boiadigan
bevosita jangni paysalga solishi va cho‘zishdan aniq maqsad va
muddaolami ko‘zlagan edi. Birinchidan, u Boyazidni yakkalab
qo‘yadi va ittifoqchilaridan mahmm etadi. Ikkinchidan, u shu
davr mobaynida dushmanning xususiyatlarini, kuchli va kuchsiz
tomonlarini, umsh sodir etiladigan joyning sharoitlarini o ‘rganadi.
0 ‘zining orqa tayanchini mustahkamlaydi, lashkami kerakli oziq-
ovqat zaxiralari bilan ta’minlash va zam r b o iib qolgan taqdirda
chekinish uchun qulay y o i-y o ‘riqlar hozirlaydi. Rivoyat qilishlaricha,
o ‘sha davr Sharqining eng bilimdon munajjimlaridan b o ig a n
Abdulloh Lisson yulduzlarga qarab, g ‘alaba Amir Temur tomonida
boiishligini bashorat qilgan edi. Bu hoi Sohibqiron askarlarining
mhini ko‘targan.
Usmonli turklar saltanatining sultoni Boyazid Yildirim esa
370
VATAN TARIXI
o ‘zining g ‘arbda erishgan muvaffaqiyatlariga haddan tashqari baho
berib, maishat va kayf-u safoga mukkasidan ketgan edi. Bu barcha
musulmonlaming undan nafratlanishi va yuz o ‘girishiga sabab bo‘ladi.
Buning ustiga Boyazid ikki muqaddas shahar — Makka va Madinaga
ziyorat uchun borayotgan karvonlami talash bilangina cheklanib
qolmasdan, hatto Amir Temurga qarshi isyonlarga ham boshchilik
qilgan oqquyunlu va qoraquyunlu qabilalarining boshliqlarini
o ‘z himoyasiga olgan edi. Ulami topshirish to ‘g ‘risidagi Temur
nomalarini Boyazid, hatto eshitishni ham istamaydi. Chunki u o ‘zini
yengilmas ulug‘ Sulton deb biladi. Albatta, Boyazid o ‘z davri uchun
jangovar va kuchli lashkar tuzgan edi. Bu qo'shin bilan u Bosfor
b o ‘g ‘ozi orqali o ‘tib, butun Bolqon yarim orolini egallashga otlanadi.
U dastlab Bulg‘oriya yerlarini bosib oladi. Sulton Boyazidning
tahdididan vahimaga tushgan Yevropa qirollari Burgundiya gersogi
marshal Busiko qo‘mondonligida birlashgan qo‘shin tuzadilar va
turk sultoniga qarshi salb yurishiga hozirlanadilar. Ikki o ‘rtadagi
jang 1396-yilda Nikopol (Bulg‘oriya)da bo‘ladi. Bu jangda 100 ming
kishilik qo‘shinga qo'mondonlik qilgan Sigizmund yengiladi, o ‘zi
va lashkarboshilari asirga tushadi. Tutqunlikdan qutulgan Busiko
o ‘z vatani Fransiyaga bormasdan, Vizantiya imperatori Manuil III
Paleolog xizmatiga kiradi va Genuya shahri gubematori mansabini
egallaydi. U Manuil III rahnamoligida 1200 ta saralangan ritsarlardan
iborat qo‘shin to ‘plab, 1399-yilda yana Sulton Boyazid bilan
jang qiladi. Ammo marshal bu safar ham Konstantinopol shahri
yaqinidagi jangda yengiladi. Shundan so‘ng chorasiz qolgan Manuil
III va marshal Busiko o ‘z homiylari b o im ish G ‘arb mamlakatlariga
yordam so‘rab murojaat qiladilar. Lekin Fransiya qiroli Karl VI
ham, Angliya qiroli Genrix IV ham, Kastiliya qiroli Genrix III ham,
hatto Rim papasi ham ularga yordamni paysalga solib kechiktiradi.
Buning sababi shunda ediki, ular ikki turk hukmdori — Boyazid bilan
Temur o'rtasidagi voqealaming qay y o ‘sinda rivojlanishini ustalik
bilan kuzatar edilar. Albatta, Yevropa hukmdorlari ikki jahongiming
o ‘zaro to‘qnashuvini istar edilar. Chunki har ikki qudratli hukmdor
o ‘zaro urushib bir-birlarini holdan toydirsalar, Yevropa uchun foyda
keltirishini ular yaxshi bilganlar. Ammo Sulton Boyazid ham, Amir
Temur ham G ‘arbga qarshi birlashib harakat qilish uchun umumiy
til topa olmaydilar, ular o ‘zaro umshda bir-birlarini holdan toydirib,
umumturkiy
xalqlaming
qudratini
zaiflashtirajaklarini
anglab
yetmaydilar. Yevropa hukmdorlari esa mohirlik bilan ikki turk
IX bob. A mir Tem ur va tem uriylar davri
371
jahongimi bir-biriga qayrar edilar. Vizantiya imperatori Manuil III va
Fransiya qiroli Karl VI o ‘z elchilarini, Rim papasi esa o ‘z monaxlarini
shoshilinch suratda Amir Temur huzuriga yuborib, unga o ‘zlarining
xayrixohliklarini izhor qiladilar. Genuya va Venetsiyadan kelgan
elchilar esa o ‘z hukmdorlarining Bosfor b o ‘g ‘oziga kemalar chiqazib,
Sulton Boyazidning dengizdagi yo ‘lini to ‘sishga shay turganligini
bildirishadi. Kastiliya qiroli Genrix III bo‘lsa o ‘z elchilari Payo de
Soto Mayor va Eman Sanches de Palasuelosga shoshilmaslikni,
ikki turk sultoni qo‘shinlari haqida m a’lumot to ‘plash va urushning
borishini obdan kuzatishni topshirgan edi.
Amir Temur 1402-yilning aprel oyida Quriya daryosini kechib
o ‘tib, birin-ketin Tartum, Kemox va Qaysariya kabi qal’a-shaharlami
egallab Turkiya bilan Suriya va Bag‘dod aloqalari y o iin i kesib
qo‘yadi. U bu yerdan Anqara qal’asi tomon harakat qiladi va to ‘rt
kunda 120 chaqirim y o ‘lni bosib o ‘tib, Kir shahriga kirib keladi.
Bu yerda Sohibqiron g ‘azabga to ig a n Boyazid o‘z qo‘shinlari bilan
yetib kelayotganligidan xabar topadi. Boyazid to ‘g ‘risida batafsilroq
va to ‘laroq m a’lumotlar to ‘plash maqsadida Temur o ‘zining 1000
chavandozini uning yo‘nalishi tomon jo ‘natadi. Sohibqironning o ‘zi
asosiy lashkarlari bilan uch kun mobaynida 150 chaqirim y o in i bosib
o ‘tib Anqaraga keladi. Temuming asosiy maqsadi Boyazidni Turkiya
poytaxti Bursadan uzib qo‘yish va jangni o ‘zi uchun qulay b o ig an
vaziyatga y o ‘naltirishdan iborat edi.
Amir Temur bilan Sulton Boyazid o ‘rtasida tarixda «Anqara
jangi» nomi bilan mashhur jang 1402-yil 20-iyulda boshlanadi.
Tarixiy yozma manbalarda ikki o ‘rtadagi kuchlar nisbati to‘g ‘risida
turlicha va har xil m a’lumotlar uchraydi. B a’zi mualliflar Boyazid
ustidan Amir Temur g ‘alabasining ahamiyatini kamsitish maqsadida
Sohibqiron lashkarlari sonini 800 ming (jami), urushda qatnashganlari
esa 300-350 ming bo'lgan. Sulton Boyazidniki esa 200-250 va
hatto 120 ming (М. Ivanin) deb ko‘rsatadilar. Ibn Arabshoh esa
Temur qo‘shinlarini bir million b o ig a n , deb b o ‘rttiradi. Ko‘pchilik
manbalarda jangda har ikkala tomondan 400 ming kishidan iborat
lashkar qatnashganligi haqida haqiqatga yaqin m aiu m o t ustunroqdir.
Bugungi kunda ko‘plab adabiyotlarda Anqara jangida har ikki
tomondan jam i 360 ming qo‘shin qatnashgani holda Amir Temur
tomonidan 200 minglik qo‘shin, Boyazid tarafidan esa 160 minglik
qo‘shin qatnashgani haqida m aiu m o t berilmoqda.
Anqara jangida Temuming buyuk sarkardalik mahorati, ayniqsa,
372
VATAN TARIXI
yaqqol ko‘rinadi. 200 ming kishilik Temur qo‘shinining o ‘ng
qanotiga o ‘g ‘li Mironshoh, chap qanotiga nabiralari Sulton Husayn
va Halil Sultonlar, kenja o ‘g ‘li Shohruh qo‘mondonlik qiladi.
Q o‘shin markazini Temuming sevimli nabirasi Muhammad Sulton
boshqaradi. Markaz va qanotlar ortida Temuming o ‘zi va ikki nabirasi
Pirmuhammad va Aleksandrlar — zaxiradagi kuchlar hal qiluvchi
zarbaga tayyor edilar. Boyazid qo‘shinlariga Sultonning qaynisi
Serb knyazi Lazarevich va o ‘g ‘illari boshchilik qiladi. Anqara jangi
Sohibqironning yorqin g ‘alabasi bilan yakunlanadi. Bu yerda Amir
Temuming nafaqat buyuk harbiy sarkarda va lashkarboshiligi, ayni
zamonda mohir va usta davlat arboblariga xos diplomatligi ham o ‘z
kuchini ko‘rsatadi. U tarixiy Anqara jangi oldidan ustamonlik bilan
Sulton Boyazid lashkari safida qahramonlarcha jang qilayotgan asosiy
avang‘or kuch bo‘lgan totorlaming Fozil boshchiligidagi rahbarlari,
amirlari, boshliq va ulug‘lariga ular qalbini to ‘lqinlantiruvchi xat
yozib, turk sultonidan o ‘z tomoniga ag‘darib oladi.
Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi»da keltirilgan o ‘sha xatda,
jumladan, quyidagilami o'qiymiz: «(Darhaqiqat), sizning martabangiz
(mening) martabam, nasabingiz — nasabim bilan muttasil, (bizning)
mamlakatimiz (sizning) mamlakatingiz, ajdodimiz— sizning ajdo-
dingiz, biz hammamiz bir daryoning irmoqlari-yu bir daraxtning
butoqlarimiz. Qadim zamonlardan beri bizning ota-bobolarimiz
bir uyadan o ‘sib-undilar va ozgina inda ko‘payib, daraja topdilar.
Shu sababdan ham, shubhasiz, sizlar mening shoxobchalarim
va butoqarimdan biri; mening a ’zoyi-badanimning bir a ’zosi,
menga holisona (kishilar) va do‘stlarimsiz. Sizlar men uchun ichki
kiyim boisangiz, boshqalar esa faqatgina sirtqi kiyimdirlar. Agar
o ‘zgalar podshohlik (martabasi)ni (kurashib) qo‘lga kiritsa, siz esa
bu martabaga nasl-u nasab yuzasidan erishgansiz, chunki sizning
ota-bobolaringiz qadim zamonlarda Turon yerlarining podshohlari
b o ‘lganlar. Ulardan bir toifasi o ‘z ixtiyorlarisiz bu diyorlarga kelib,
shunda Vatan tutib qolganlar. Ular, xuddi hamisha b o ‘lganlaridek,
karomatda turib, saltanat belgilari-yu riyosat jilovlarini tutib
yurganlar hamda shu sum m shodlikda davom etib, nihoyat Tangri
taoloning rahmatiga muyassar bo‘lgunlaricha mana shunday izzat-u
ikromda bo id ilar. Marhum Ertana sizning oxirgi podshohingiz
b o iib , Rum yerlaridagi eng ulug‘ hokim sizning eng kichik
mamlukingiz misoli edi. Xudoga shukurki, sizning shavkatingizda
zaiflik, farog‘atingizda nosiqlik y o ‘q. Qanday qilib siz o ‘zingiz
IX bob. A m ir Tem ur va tem uriylar davri
373
shunday xo ilanishga rozi b o ‘ldingiz? G o‘yoki siz sehrlangan (kishi)
ki, o ‘zgalarga malay boiishlikka sabr-u toqat qilasiz? Ulug‘laming
ham ulug‘i b o ‘lgandan keyin qanday qilib siz kichiklaming ham
kichigi b o iib qoldingiz? Sizlar xor-u zorligi, ayanchli ahvolda
emassizku, vaholanki Tangri taoloning yeri bepoyon. Nega endi siz
(o‘zi) Ali Saljuqiy tomonidan (qullikdan) ozod qilingan qullaming
avlodlaridan b o ig a n kishining quli b o iib qoldingiz? Buning
sababi-yu boisiga (aslo) mening aqlim bovar qilmayotir. Ixtilof va
kelishmovchlikdan b o ia k (narsa) bo im ag an bunaqa birodarligu
yaqinlik qayerdan paydo b o id i? Lekin harholda men siz avalo
(kishi) men va sizning foydangiz uchun haq gapni so‘zlayman hamda
kelgusi ishlaringiz uchun zamin hozirlayman. Agar sizga bu yerlarda
yashamoq lozim b o iib , o ‘sha keng o ik alam i Rum — tor yerlariga
sotish zarur b o isa , u vaqtda sizlar eng kamida o ‘z ajdodlaringiz kabi
bu (mamlakat)laming hokimlari b o iib , qal’alar idorasining yugani
sizlaming qoiingizda b o isin ; siziar u yerlar o ‘rkachida o ‘tiring va
unda (mamlakatda) qoiingizni cho‘zib, bemalol (uning) jilovini
boshqaring. Bu muhim ish qachonki biz ushbu urushga kifoya qilib,
bu kurashdan o ‘z murodimizga erishsak va may don bizniki b o iib ,
o ‘rtadan Ibn Usmon ko‘tarilsa (shundagina) hosil b o iad i. Qachonki
borliq g ‘animdan tozalanib, bu mamlakat joylari xolis meniki b o isa ,
men uning y o i va yoikalarida yursam, shunda men yoyni yasagan
(odam) iga borib, uyni esa bino qilgan odamiga ato qilaman; suvlami
o ‘z oqimiga qaytarib, sizlami ular qishloqlari, qal’alari, shaharlari
va atroflarining hokimi etib tayinlayman. Sizlardan har biringizni
o ‘zi sazovor boig an iga yarasha martabasiga qaror toptiraman. Faqat
sizlar (urushda) bizlarga qarshi yordam bermay, biz tomon o ‘tishga
imkon topasiz. Fursatingizni g ‘animat biling va undan o‘z hissangizni
olishda foydalanib qoling. Chunki siz ham surat, ham mazmun
jihatidan bizga yaqinsiz. Ammo hozircha zohiran Ibn Usmon bilan
b o iib , botinan biz bilan b o iin g . Qachonki bizlar uchrashganimizda
(ulardan) ajralib chiqib, bizning askarimizga qo‘shiling»'.
Bu xat Boyazid Yildirim lashkarlari safidagi totor jangchilari
aqliga u shu darajada moyil b oiadiki, ikki o ‘rtada hal qiluvchi
to ‘qnashuv b o ig an da ular batamom Amir Temur lashkarlari tomon
yopirilib o ‘tadilar. Shundan so‘ng jangning boy berilayotganligini
ko‘rgan Boyazidning to‘ng‘ich o ‘g i i Sulaymon Chalabiy Bursaga,
'
Do'stlaringiz bilan baham: |