VII bob. IX -X II asrlarda M ovarounnahr va X orazm da m adaniy hayot
241
tugatganda, o ‘z quli tomonidan oidiriladi va boshlagan ishi chala
qoladi. Dostonni yozib tugallash vazifasini Abulqosim Firdavsiy
o ‘z zimmasiga oladi. Shoir dostonni yozib tugatgach, o ‘sha davrda
G ‘azna davlatining hukmdori bo‘lgan sulton Mahmudga uni xadya
sifatida taqdim etadi. Mahmud G ‘aznaviy bilan Firdavsiy o ‘rtasidagi
munosabatlarga oid har xil rivoyatlar va yozma manbalar mavjud.
Ulaming m a’lum bir qismi Mahmud G ‘aznaviyni kamsitish, uni
johil va qonxo‘r, kallakesar sulton sifatida talqin qilishga qaratilgan.
Aslida esa Mahmud G ‘aznaviy ilm-ma’rifatga homiy, adolatparvar
va diyonatli sulton bo‘lgan.
Jumladan, tarixchi Davlatshoh
Samarqandiy bergan m a’lumotlarga qaraganda, sulton Mahmud
poytaxti G ‘aznada o ‘sha davrda 408 ijodkor olimlar, shoir va
yozuvchilar bo ig an . Ular orasida Unsuriy, Farmhiy, Monuchehriy,
Asjadiy,
Manshuriy,
Utoridiy,
M as’udiy,
Roziy,
Labibiy,
Ziynatiy, Mansur va boshqalar bor edi. G ‘aznada Beruniy va Ibn
Sinolar ijodiy hamkorlik qilganlar. Hatto Firdavsiyning o ‘zi ham
Mahmud G ‘aznaviy marhamatidan bahramand b oiganligi yozma
manbalarda qayd etiladi. Navoiyning shogirdi tarixchi Zayniddin
Vosifiy «Badoeul vaqoe» asarida yozishicha, oddiy dehqon Ali
Daylamning o ‘g ‘illari Abulqosim va ukasi Abul Mansurga Tus
shahri hokimi zulm o ‘tkazadi. Shunda Muhammad Asqariy degan
do‘sti Abulqosimga G ‘aznaga, Mahmud G ‘aznaviy huzuriga borishni
maslahat beradi. Abulqosim G ‘aznaga borib shaharda 70 kun yuradi-
yu ammo sulton Mahmud huzuriga kira olmaydi. Bir kun ko‘z
bog‘logich Moxan Abulqosimning bir dostonini Mahmudga beradi.
Doston sultonga m a’qul b o ia d i va Abulqosimni saroyda uyushtirib
turiladigan an’anaviy she’rxonlik kechasiga taklif qiladi. Sulton
Mahmud Abulqosimning saroy xizmatkori Ayoz haqida yozgan
ruboiysini eshitib «Majlisimni Firdavs b o g id e k obod qilding», deydi
va bu bilan Abulqosimga Firdavs taxallusi beriladi. Sulton Mahmud
Firdavsiyga «Shohnoma» asarini yozib tamomlashni topshiradi.
Asami yozib bo igach, Abulqosim uni Mahmud G ‘aznaviyga
taqdim etadi. «Shohnoma» sultonga m a’qul tushadi. Unda shoir
asaming muqaddimasida «Sitoyishi Sulton Mahmud» deb, sultonni
u lu g iab qasida yozgan. Ammo «Shohnoma»da shoiming Eron va
Turon o ‘rtasidagi urushlarda turonliklami kamsitib, vaxshiylardek
tasvirlagani Mahmud G ‘aznaviyga yoqmagan edi. Bu tabiiy bir hoi
edi, albatta. Chunki Mahmud turk sultoni b o ig an , Biroq shunday
boisada, Mahmud G ‘aznaviy Firdavsiyga va’da qilingan 60 ming
242
VATAN TARIXI
bayt doston uchun yuz ming dirham oltin berishni vaziri Xoja
Maymandiyga topshiradi. Lekin xasis vazir qizg‘anib, Firdavsiyga
yuz ming oltin o ‘miga 60 ming kumush dirham beradi. Shoir unga
taqdim qilingan tangalami qabul qilib oladi-yu uni uchga b o iib
hammomchi, bo‘zachi va tangalami olib kelgan xizmatkorga beradi.
Voqeadan xabar topgan Mahmud shoimi o iim g a mahkum etadi:
Firdavsiy sulton o y o g ig a yiqilib uzr so‘raydi. Mahmud shoiming
gunohidan o ‘tgach, Firdavsiy saroyni tark etish oldidan Ayozga
bir xat beradi va bu xatni 20 kundan so‘ng Mahmud G ‘aznaviyga
topshirishni iltimos qiladi. Bu xatda u sulton Mahmudni hajv qilib
she’r bitgan edi. Biroz vaqt o ‘tgach, Mahmud G ‘aznaviy masalaning
mohiyatini to ‘g ‘ri tushungach, v a’da qilingan oltinlami karvon
orqali Firdavsiyga Tus shahriga jo ‘natadi. Ammo shoirga atalgan
karvon Tus shahri darvozalaridan kirib kelgan bir paytda shahaming
boshqa bir darvozasidan Firdavsiyning tobutini olib chiqishayotgan
edilar. Rivoyatlarga qaraganda, karvonni Firdavsiyning qizi qabul
qilib olishdan bosh tortadi, otamga vafo qilmagan boylik menga vafo
qilarmidi, deydi. Sulton Mahmud b u y ru g i bilan oltinlar Abulqosim
Firdavsiy maqbara yodgorligi uchun sarflangan. Shoir umrining
oxirini xor-zorlikda oik azib, 1030-yilda vafot etgan. 80 yoshlardan
oshib qolgan shoir Firdavsiy so'nggi yillarda B ag‘dodda yashagan va
Q ur’ondan olingan rivoyatlar asosida «Yusuf va Zulayho» dostonini
yozgan. Dostonning boshlangich qismi «Tavbanoma» deb ataladi.
Unda shoir endi qadimiy pahlavonlar haqida o g iz ochmaslikka
qasamyod qiladi va butun umrini sarf etib vujudga keltirgan
«farzandi» — «Shohnoma»dan yuz o ‘giradi:
Shohlardan yozmayman endi men aslo,
Dargohi ко 'nglimga urdi mutlaqo,
Bu dostonlar b a h qip-qizilyolg'on,
Bir siqim tuproqqa arzimas chunon.
Firdavsiyning «Shohnoma» asarini iqtidorli sharqshunos olim,
Firdavsiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindori Shoislom Shomu-
hamedov o ‘zbek tiliga tarjima qilgan.