Aloviddin Jaloliddin Otsizni
(1127-1156) Xorazm taxtiga qo‘ygan.
Otsiz Xorazm tarixida alohida o ‘ringa ega b o ig a n shohlardan.
U buyuk davlat arbobi, mohir va usta diplomat, botir va dovyurak
sarkarda edi. Otasi kabi o ‘z davrining o ‘qimishli kishisi b o iib ,
206
VATAN TARIXI
Saljuqiylar davlatining poytaxti Marvdagi madrasalarda tahsil
ko‘rgan, ilm-fan, san’atni g ‘oyat qadrlovchi din arboblari va
fuqarolarga g ‘amxo‘r shoh sifatida tanilgan. Otsiz badiiy ijod sohibi
ham b o ig an , fors tilida qasidalar va ruboiylar yozgan, juda ko‘plab
she’rlami yoddan bilgan. U Xorazm aholisi o ‘rtasida adolatli va
jonkuyar hukmdor sifatida tanilgan edi. Xorazmshoh Otsiz o ‘zining
butun bilimi, iqtidori va qobiliyatini Xorazmning mustaqilligiga
qaratdi, bu oliyjanob ezgu niyat yo‘lida Sulton Sanjaming har bir
zaif qadami va kamchiliklaridan mohirona foydalandi. U mustaqil
tashqi siyosat olib bordi. Otsiz davrida Xorazm xalqi hech qanday
xavf-xatarsiz farovon hayot kechirdi. Buni biz Otsiz saroyida maxsus
kotib (kotib alxoss) b o iib ishlagan Rashiduddin Al-Votvot (to iiq
ismi Muhammad ibn Abdujalil al-Umariy) xatlari orqali yaqqol
ko‘ramiz: «Xorazm shu darajaga borib yetdiki, u qo‘rqqan va xavf-
xatarga tushganlar uchun bexatar makon, elma-el kezib yuradiganlar
uchun
maskan,
qochgan-quvilganlarga
manzilgoh,
darveshlar
uchun panoh joy b o iib qoldi. Odamlar Xorazmga har tarafdan o ‘z
kulfat-u musibatlaridan iztirobga tushib, hasrat-u nadomatlaridan
qalblari kuyib-yonib najot izlab kelardilaru, bu joydan barcha illatlari
shifo topgan, dard-u alamlari bartaraf b o ig an , jamiyki yumushlar,
tashvishlaridan qutulgan holda qaytardilar. Olloh taologa bu o ik ag a
keng k o ia m li bunday ulug iig u bu darajadagi oliy himmatni
muyassar ko‘rganligi uchun behad hamd-u sanolar b o isin » '.
Albatta Otsiz ham ota-bobosiday oliy markaziy hokimiyatga
sodiq xizmat qilishda davom etgan. Bu chorasiz tutilgan taktik y o i
edi. Ammo bu sodiqlik ipi u z o g i bilan o ‘n yildan ham oshmadi.
Voqealaming keyinchalik rivojlanib borishi jarayoni vassal bilan
Sulton o ‘rtasida keskin burilish yasashga olib keldi. Bu voqea
1136-1 138-yillarda sodir b o ig a n edi. Gap shundaki, oliy markaziy
hukmdor Sulton Sanjar butun Xurosondan tortib, Movarounnahr
hamda to Qashg‘argacha b o ig a n yerlarda shohlik taxtini so‘rardi.
Xuddi ana shu davrda o ‘z vassali b o ig an Otsizning shon-shuhrati,
qudrat mavqeyi va ta'sir doirasining kun sayin oshib borayotganligi
saljuqiylar sultoni Sanjami bezovta qilayotgan edi. Buni Bag‘dodda
taxtda o iirg an xalifa Al-M ustajid (1118-1135) va undan keyingi
xalifa Al-Muqtovfiv (1 13 6 -1 160)lar yaxshi bilar edilar. Shuning
uchun ular, ayniqsa, al-Muqtovfiy ulug‘ Sulton bilan vassal
Xorazmshohni o ‘zaro bir-birlariga gijgijlab urushtirib, bundan o ‘z
Уватов У.
Рашидуддин Ал-Вотвот мактублари. - «Гулистон», 1991 йил, 11-сон, 13-бет.
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
207
manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun qulay vaqt va fursat poylar
edilar. Buni xalifa al-Muqtovfiy tomonidan Xorazmshoh Otsizning
janglardagi botirligi, jasoratini u lu g iab yozgan xatlari, yuborgan
qimmatbaho kiyim sarposi va sovg‘alari hamda Otsizni Xorazm
hududlarining to ‘la hukmdor ulug‘ sultoni sifatida tan olib j o ‘natgan
yorlig‘idan ham bilsa bo‘ladi. 1141-yildan e’tiboran Otsiz o ‘z
nomidan mustaqil suratda oltin tangalar zarb qildira boshlaydi.
Otsiz birinchi marta vassallik shartlarini buzib, 1130-yilda
Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan Jand va M ang‘ishloq (M ang‘it
qishloq)ni bosib oladi. Sulton Sanjar esa buni o ‘ziga nisbatan
isyon deb biladi va boshqa vassallari ham Otsizdan ibrat olmasin
deb uni jazolashga qaror qiladi. U Xorazm ustiga qo‘shin tortib
boradi. Shafqatsiz jangda Otsiz yengilib, jon saqlash uchun qochadi:
Xazorasp ostonasidagi mahorabada Xorazmshohning o ‘g ‘li Otliq
(tarixchi Mirxond Otsizning o ‘glini El Qutlug1 deb yozadi) q o ig a
tushadi va shaxsan Sulton Sanjaming b uyrugiga binoan shamshir
bilan belidan qoq ikkiga b o iib tashlanadi. Xorazmshoh Otsiz o ‘g i i
uchun uzoq vaqtlarga qadar iztirob alamini chekadi.
Vassalni jazolagan Sanjar Xorazm taxtiga jiyani Sulaymon-
shohni qo‘yadi, ammo o ‘zi esa bu yerda uzoq qola olmaydi.
Bundan foydalangan Otsiz qo‘shin to ‘plab shahar xalqining qo ilab-
quw atlashi va himoyasi ostida Sulaymonshohni hay dab yuboradi.
Mohir diplomat Xorazmshoh shu zahotiyoq Sanjardan kechirim
so‘raydi va unga sodiqlik izhor qilib noma yuboradi. Albatta,
Otsiz anoyilardan emas edi. U vaziyatni hisobga olib, 1139-yilda
Jurjon viloyatidagi Kobudjon va Buxoroga hujum qilib Sanjaming
Buxorodagi noibi va yaqinlaridan b o ig a n amir Zangi ibn Alini
qatl etadi. Sanjar bu voqeani o ‘g i i Otliq uchun o ‘ch olish deb
baholaydi. Bu safar u Otsizga nisbatan keskin choralar ko‘rmaydi.
Bunga sabab ayni shu paytlarda Movarounnahrga Sharqdan yana bir
dahshatli kuch — qoraxitoylaming bostirib kelayotganligi b o iish i
ehtimoldan xoli emas. Qoraxitoylaming qaysi xalqqa mansubligi
to ‘g ‘risida olimlar o ‘rtasida har xil fikrlar mavjud. B a’zilar ulaming
to ‘ng‘uzlardan kelib chiqqan desalar, boshqalari esa m o‘g ‘ullaming
avlodlari deb isbotlamoqchi boiadilar. Qanday boig an da ham
qoraxitoylar qariyb 40 ming chodirlik, taxminan 150-200 ming
kishilik ko‘chmanchi xalq b o iib , ular XII asrda dastlab Chiguchak
va uning atroflarida joylashdilar. Ular shu yerdan turib, janubi-g‘arb
tomonga hujum qilib bordilar va qoraxoniylar poytaxti Bolosog‘unni
egalladilar.
Bolosog‘un
(Q irgiziston
respublikasi
hududida)
208
VATAN TARIXI
shahrini qoraxitoylar poytaxt qilib belgiladilar. Ular bu yerdan turib
g ‘arbga — Shosh, Farg‘ona, Zarafshon va Qashqadaryo hududlariga
hujumlar uyushtirib, xorazmshohlar hududlariga ham tahdid sola
boshladilar. Ana shunday og‘ir paytda Otsiz qoraxitoylarga murojaat
qilib, arab tarixchisi Ibn-al Asiming yozishicha, ulami boylikka
to ia , gullab yashnagan Sulton Sanjar yerlariga yurishga undagan.
U kuchli qoraxitoylar qo‘shini bilan kurashishga tayyor emasligini
ongli suratda sezib, qoraxitoylarga yiliga 30 ming dinor to ‘lab turish
majburiyatini olgan1 va bu bilan o ‘z mamlakatini ko‘chmanchilar
hujumidan saqlab qolgan.
Qoraxitoylaming
Sanjar yerlariga birinchi marta hujumi
1128-yilda sharqdan Qashqarga bostirib kirish bilan boshlangan.
0 ‘shanda saljuqiylar sultonining vassali b o ig a n Qashg‘ar xoni
Ahmad ibn al-Hasan bu hujumni qaytargan edi. Ammo keyinchalik
qoraxitoylar q irg iz va uyg‘urlami o ‘zlariga tobe qilib, ancha
kuchga to igach ,
o ‘sha
1137-yilda
Movarounnahrga bostirib
kiradilar. Sanjaming eng yaqin qarindoshlaridan biri — Samarqand
hokimi Mahmud Ibn Arslonshoh X o‘jandda m agiubiyatga uchrab
Samarqandga qochadi va Sulton Sanjardan yordam so‘rab murojaat
qiladi. Saljuqiylar sultoni qoraxitoylarga qarshi olti oy puxta
tayyorlandi va o ‘ziga qarashli b o ig a n Sejiston, G ‘ur, G ‘azna va
Mozandaron kabi vassal viloyatlardan 100 ming qo‘shin to ‘pladi. U
eng avvalo bu umshning asosiy aybdori qarluqlami jazolamoqchi
b o id i. Chunki qarluqlar Samarqand xonligiga vassal b o iib unga
qarshi bosh ko‘targan va qoraxitoylardan harbiy yordam so‘ragan
edilar. Bu hoi qoraxitoylaming Movarounnahr huddlariga bostirib
kirishlari uchun yetarli bahona edi. Sulton Sanjar qarluqlami jazolay
olmadi. Chunki ular qoraxitoylar go‘rxoni (hokimi) Elyuy Ta-Shi
(1124-1143) himoyasiga o ‘tib ketdilar.
G o‘rxon Elyuy Ta-Shi Sulton Sanjarga xat yozib, qarluqlaming
gunohidan o ‘tib, kechirishni va ularga teginmaslikni so‘radi. Bunga
javoban Sanjar G o‘rxondan islomni qabul qilishni qat’iy talab qilib
qo‘ydi. Aks holda qoraxitoy hukmdoriga 100 ming kishilik Sulton
qo‘shini bilan uchrashishiga to‘g ‘ri keladi, deb dag‘dag‘a qildi.
Sulton qo‘shinlarining har xil qurollarini mohirona ishlatishga yaxshi
o ‘rgatilganliklarini alohida ta ’kidlash bilan birga Sanjar shu narsani
ham yozgan ediki, «Uning qo‘shinlari yoy o ‘qi bilan soch tolasini
ikki qismga b o iib yuboradilar»2, degan edi. Qoraxitoy go‘rxoni
Do'stlaringiz bilan baham: |