Кадимги Хоразм маданиятини излаб. - Т., «Фан», 1964. 293-бет.
218
VATAN TARIXI
bo ‘rttiribroq tasdiqlaydi: «Gurganj jannatdagi shahar va kuyovning
uyida kelinni tasvirlovchi farishtalar e ’tiborini qozongan go‘zal
shahardir»1.
Xorazm, ayniqsa, Takash va Aloviddin Muhammad davrida
yuksak cho‘qqilarga ko‘tarildi. Bunday katta saltanat juda ko‘p
sonli va qudratli qo‘shin kuchi bilan yaratildi. Xorazmshoh qo‘shini
umumiy soni to ‘g ‘risida turlicha m a’lumotlar bor. Jumladan, Sibt
ibn Al-Javziy 1217-yilda xorazmshoh 400 va hatto 600 ming
qo‘shinga ega bo‘lgan, deb yozsa, An-Nasaviy faqat sarbozlaming
o ‘zi 400 ming kishidan iborat edi, shu jumladan, uning safida 70
ming qoraxitoylar ham bor bo‘lgan, deydi. B a’zi mualliflar esa
Xorazmshoh Muhammad lashkarlari sonini 300 ming atrofida
deb hisoblashadi. Ammo Irbil hokimligining elchisi bo‘lgan
Muzaffariddin
Gekborining
(1190-1233) bergan m a’lumotiga
qaraganda Aloviddin Muhammad 1211 -yilda qoraxitoylarga qar
shi urushganda faqat otliq askarlardan 400 ming kishini jangga
tashlagan. M o‘g ‘ullar hujumi arafasida Xorazmshoh ixtiyorida 400
ming otliq qo‘shin bo‘lgan, O 'trorda 20 ming, Benaket viloyatida
10 ming, Samarqandda 110 ming askar bor edi. Bundan tashqari
Sejiston, Balh Jand, Xuttalon, Qunduz va Yorkentda ham kattagina
miqdorda lashkar saqlanar edi2.
Xorazm saltanatining katta kuch va qudratiga ishongan va
o ‘zining yengilmas lashkarboshilik qobiliyatiga haddan ziyod baho
bergan Muhammad endi Bag‘dod ustiga yurish, xalifaning o ‘zini
ham Xorazmshohga tobe qilish va o ‘z nomini xalifalik markazida
xutbaga qo‘shib o ‘qittirishga azmu qaror qildi. U Bag‘dodni
egallashiga shak-shubha qilmasdi. Bag‘dodni egallagach, Aloviddin
Gurjistonni, so‘ngra Vizantiya, Shorn yurti va Mismi qo‘lga kiritish
ishtiyoqida edi.
Orzuga ayb yo ‘q degan naql bor xalqda. Xorazmshoh ham
katta orzu-umidlar og‘ushida B ag‘dodga qarshi yurish uchun zo‘r
tayyorgarlik ko‘rdi.
1217-yilning kech kuzida Xorazm saltanatining ulkan lashkarlari
B ag‘dod sari y o ig a chiqdi. Bu qo‘shin b a’zi mualliflar m a’lumotiga
qaraganda 600 ming, An-Nasaviyning xabariga ko‘ra faqat otliq
askarlar sonigina 400 ming kishidan iborat bo‘lgan. Ammo toleyi
kulib boqmasa, y o i yo‘q ekan. Q o ig a kiritilgan muvaffaqiyatdan
1 Буниятов 3. М. Государство Хорезмшахов-Ануштегинидов, стр. 102.
2 0 ‘sha manba, стр.86.
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi
219
noshukur Xorazmshohga iqbol kulib boqmadi. Uning lashkarlari
Xulvon yaqinidagi Asobod dovoniga yaqinlashgan ham ediki,
kutilmaganda yoqqan qor uch kecha-yu uch kunduz tinmadi.
Hammayoqni izg‘irin sovuq qopladi. Xorazm askarlari sovuqdan
tutdek to ‘kildilar. Oppoq qorlar usti o ‘liklar bilan qoplandi.
Tuyalar, otlar qirilib ketdi. Jangchilaming tirik qolganlarining
quloq-burunlarini sovuq oldi. Nachora, Xudoning irodasi. Ammo
Aloviddin Muhammad har qanday dahshatga qaramasdan Bag‘dod
sari yurishni davom ettirish niyatida edi. Biroq 1218-yil 10-fevralda
Xorazmdan kelgan chopar navbatdagi shum xabami keltirdi. Bu
xabarga ko‘ra Sharqdan m o‘g ‘ul-tatar lashkarlari Chingizxon
rahnamoligida Movarounnahrga hujum boshlagandilar. Buni bilgan
Xorazmshoh Muhammad Bag‘dod yurishini to ‘xtatib, 1218-yil
martda Movarounnahrga qaytdi. Lekin u Urganchga bormadi, balki
Samarqandga keldi. Urganch Turkonxotin ixtiyorida edi. «Otingni
jangga sol, taqdiringni Allohdan ko‘r», deganlaridek Aloviddin
Muhammadning ham taqdirini m o‘g ‘ullar bilan bo‘ladigan jang hal
qilar edi. Albatta, bu jangning oqibati Xudo bergan aql-zakovatni
qanday qilib ishga solishga ko‘p jihatdan bog‘liq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: