Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


  A R A B L A R G A   Q A R SH I  X A LQ



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

5.  A R A B L A R G A   Q A R SH I  X A LQ  

O Z O D L IK   K U R A SH L A R I

0 ‘rta  Osiyo  xalqlari  arablar  yurishining  birinchi  kunlaridan 

boshlab  o ‘z  erki  va  ozodligi  uchun  kurashga  otlanganlar.  Arablarga 

qarshi  olib  borilgan  erk  va  ozodlik  kurashining  eng  e ’tiborli  tomoni 

shundaki,  bu  kurashda  M ovarounnahming  aholisi  birgalashib  jang 

qilganlar.

720-722-yillarda  birinchilar  qatorida  arablarga  qarshi  Sug‘- 

diyonada  qo‘zg ‘olon  ko‘tarilgan.  Bu  qo‘zg‘olonga  Samarqand 

hokimi  G ‘urak  va  Panjikent  hukmdori  Divashtich  boshchilik 

qilganlar.  Har  safar  boiganidek  sug‘dliklaming  ozodlik  va  erk 

uchun  kurashlarini  turklar  qoilab-quvatlaganlar.  Yettisuvdan  Tur- 

kash  xoqon  shahzoda  Kursul  boshchiligida  katta  qo‘shinni  yordam 

berish  uchun  Samarqandga  yuborgan.  Sug‘dliklaming  birlashgan 

kuchlari  arablarga  qarshi  muvaffaqiyatli  janglar  qilib,  bir  necha 

zarbalar  berganlar.  Bu  paytda  Xurosonda  Said  ibn  Abdulaziz 

noib  edi.  U  yumshoq  tabiatli  va  ayni  zamonda  kiyim-kechakka 

o ‘ch  boiganligidan  «Xuzayna»  (uy  bekasi)  laqabini  olgan  edi. 

Xurosonga  yangi  tayinlangan  Said  ibn  Amr  Al-Haroshiy  (721) 

sug‘dliklarga  qarshi  keskin  choralar  k o ‘rgan.  U  Iroqda  ko‘tarilgan 

xalq  q o ‘zg ‘olonini  bostirishda  o ‘zining  shafqatsizligi  bilan  nom




V bob.  A rab xalifaligi  davrida  M ovarounnahr va X uroson

147


qozongan  edi.  Haroshiy  ko‘rgan  keskin  choralardan  jabr  ko‘rib 

norozi  bo‘lgan  Sug‘d  aholisi  mamlakatni  tark  etib,  Farg‘onaga 

ko‘chishga  qaror  qilgan.  Sug‘d  aholisidan  taxminan  10  ming 

kishi  yo‘lga  otlanib,  X o‘jand  shahriga  yetib  kelganlarida  Farg‘ona 

podshosi  ulami  shaharda  joylashtira  olmay  Isfara  hududlarida 

joylashishini  taklif  etgan.  Bu  birinchi  gumh  edi.  Ikkinchi  guruh 

Panjikent  hokimi  Divashtich  boshchiligida Zarafshon  bo‘ylab  tog‘lar 

oshib  Obgar  (Obargar)  qal’asi  oldidan  o iib   ilgarilab  borgan.

Birinchi  gumh  hali  Isfaraga  yetib  bormasdan  Al-FIaroshiy 

yuborgan  arab  qo‘shinlari  X o‘jandga  yetib  borganlar  va  sug‘diylarni 

qamal  qilganlar.  Farg‘ona  hokimi  sug‘diylarga  yordam  bermagan. 

Qamalda  qolgan  sug‘diylami  arablar  batamom  qirib  tashlaganlar. 

B a’zi  m a’lumotlarda  uch  ming,  yana  boshqalarida  esa  yetti  ming 

odam  ana  shu  qirg‘inda  halok  bo‘lganligi  ta’kidlanadi.  Arablar juda 

katta o ‘ljalami qo‘lga olganlar.

Said  Al-Haroshiy  Divashtich  boshchiligida  Obargar  yaqinida 

turgan  panjikentliklami  tugatishga  kirishadi.  Shu  maqsadda  u 

Sulaymon  ibn  Abussari  boshchiligida  katta  qo‘shin  jo'natadi.  Bu 

qo‘shin  tarkibida  0 ‘rta  Osiyo  hududlaridagi  bir  necha  hokimlar, 

jumladan,  Xorazm  vohasi  kuchlari  ham  bor  edi.  Umumiy  qo‘shinga 

rahbarlik qilish  Musayyob  ibn  Bashir Ar-Riyohiyga yuklatiladi.

Q o‘zg‘olon 

ko‘targan 

Divashtich 

boshchiligidagi 

kuchlar 


Obargar  qal’asidan  chiqib  dushmanni  qarshi  oladi.  Bu  jangda 

arablaming  qo‘li  baland  kelib,  qo‘zg‘olonchilar  Obargar  qaPasiga 

chekinadilar.  Q al’a  arablar  tomonidan  qurshovga  olinadi.  Kuchlar 

nisbatining  teng  emasligini  hisobga  olgan  Divashtich  Sulaymonga 

qal’ani  topshirishga  rozi  b o ‘ladi  va  o ‘zini  Musayyob  bilan  birga 

Haroshiy  oldiga  yuborishni  so‘raydi.  Haroshiy  Divashtichni  izzat- 

ikrom  bilan  kutib  oladi,  samimiy  qabul  qiladi,  so‘ngra  Arbinjonga 

(ba’zi  manbalarda  Rabinjon  —   K attaqo'rg’onga  yaqin  joyda)  olib 

borib  qatl  etadi.  Divashtich  tanasi  zardushtiylaming  xilxonasi  —  

novus  devoriga  qoqib  qo‘yiladi.  Haroshiy  sug‘diylar  qo‘zg‘olonini 

bostirgach, 

Zarafshon 

va 

Qashqadaryo 



vodiylarida 

«tartib» 

o ‘matadi.  Unda,  ayniqsa,  Kesh  va  N asaf  katta  taassurot  uyg‘otadi. 

U  Sulaymon  ibn  Abussariyni  bu  shaharlarga  hokim  qilib  tayinlaydi. 

Bundan  tashqari,  Sulaymon  ayni  zamonda  harbiy  ishlarga,  hamda 

xiroj  to ‘plash  bo‘yicha  ham  boshliq  edi.  Bunday  m as’uliyatli  ikkita 

lavozimga  bir  vaqtning  o ‘zida  u  davrda  hech  kim  qo‘yilmasdi.  Bu 

Sulaymonga b o ig a n  o ‘ziga xos katta ishonch edi,  albatta.




148

VATAN  TARIXI

Arab  istilochilariga  qarshi  kurash  bir  daqiqa bo‘lsada to ‘xtamadi 

va  u  muttasil  davom  etdi.  723-yilda  Farg‘ona  podshosi  bosh 

ko‘tardi.  Uni  Shosh,  N asaf  aholisi  va  turklar  qo‘llab-quvvatladilar. 

Ittifoqchilarning  birlashgan  kuchlari  arablami  X o'janddan  to 

Samarqandgacha  bir  necha  zarbalar  berib  ta ’qib  etib  bordilar.  Bu 

voqealar  shundan  dalolat  beradiki,  sug‘diylar  arablardan  bir  necha 

bor  m ag‘lubiyatga  uchragan  bo‘lsalarda,  ular  o ‘zlarini  hali  batamom 

zabt  etilgan  deb  hisoblamas  edilar  va  arablarga  qarshi  kurashni 

davom ettira berdilar.

725—729-yillar  davomida  arab  xalifaligining  soliq  siyosatiga 

qarshi  Samarqand,  Buxoro  va  Xuttaliyonda  qo‘zg ‘olonlar  b o iib  

o ‘tdi.  Bu  davrda  Ashros  ibn  Abdulla  As-Sulomiy  noib  b o iib .  u  ikki 

tomonlama  siyosat  olib  borib,  mahalliy  aholining  g ‘azabiga  duchor 

boigandi.  U  dastlab musulmon dinini qabul qilgan fuqarolardan hech 

qanday  soliq  olinmaydi,  deb  Xuroson  va  Movarounnahr  aholisining 

ishonchiga  sazovor  b o ig a n   edi.  Ashros  arablar  kuchi  islomda, 

islomni  qabul  qilgan  mahalliy  xalq  arablarga  hech  qanday  qarshilik 

qilmaydi,  deb  o ‘ylagandi.  So‘gdiylar  uning  v a’dasiga  ishonib  tezda 

islom diniga kirgan va musulmon boigandilar.

Masalani  qiziq  tomoni  shundaki,  ilgari  xalq  tomonida  turib 

arablarga  qarshi  kurashgan  Samarqand  hokimi  G ‘urak  endi  Ashros 

siyosatiga  qarshi  chiqadi.  Taboriy  m aium otlariga  qaraganda  u 

Ashrosga  xat  yozadi.  Bu  xatda  musulmonlikka  o ‘tganlarga  nisbatan 

tutilgan  siyosat  xirojning  y o ‘qolib  ketishiga  sabab  b o id i,  xiroj 

oladigan  odam  qolmadi,  deb  uni  ogohlantirgan  emish.  Shundan 

so‘ng  Ashros  G ‘urakning  haq  ekanligiga  g ‘oyatda  ishonch  hosil 

qilibdi  va  ilgarigi  «kuch  islomda»,  degan  fikr  o ‘miga,  «arablar 

hukmronligining  kuchi  —   xirojda»,  degan  shiomi  ilgari  suribdi. 

Ana  shu  asnoda Ashros  islomni  qabul  qilgan  va  qilmaganlardan  ham 

bir  xilda,  aw algidek  soliq  yig‘averishni  buyuribdi.  Bu  tezda  sug‘d 

aholisining  keskin  noroziligiga  sabab  b o iib ,  katta  qo‘zg‘olonlaming 

boshlanishiga olib kelgan.  Samarqandda boshlangan bu qo‘zg ‘olonda 

yetti  ming  kishi  qatnashgan.  Q o‘zg‘olon  kengayib  Buxoroga 

tarqalgan.  Samarqand  va  Buxorodagi  qo‘zg ‘olon  qatnashchilari 

o ‘zlarining  musulmonlikdan  chiqib  eski  dinlariga  qaytganliklarini 

ochiq-oydin  e ’lon  qilganlar.  Turklar  qo‘zg ‘olonchilami  qoilab-quv- 

vatlab,  ularga  yordam  berganlar.  Q o‘zg‘olon  hamma  yemi  qarnrab 

olgan.



V  bob.  A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson

149


Ayniqsa,  728-yil  arablar  uchun  juda  og‘ir  bo'lganligi  qayd 

etiladi.  Q o‘zg ‘olonchilar  ulami  juda  ko‘plab  hududlardan  haydab 

chiqarganlar.  Faqat  g ‘urakning  ikkiyuzlamalik  va  sotqinlik  siyosati 

tufayli  Dobussiya  va  Samarqand  arablar  q o iid a   qolgan.  G ‘urak 

bu  ozodlik  kurashida  katta  rol  o ‘ynashi  mumkin  edi.  Ammo  u 

bu  yo‘lni  tanlamadi.  Faqat  729-yilda  juda  katta  urinishlardan 

so‘ng  arablar  yana  Buxoroni  qaytarib  olishga  muvaffaq  bo‘ldilar. 

Turklaming  qo‘zg‘olonchilarga  ko‘rsatgan  yordamidan  ta’sirlangan 

G ‘urak  kechikib  b o ‘lsada,  arablar  bilan  aloqani  uzdi  va  sug‘dliklar 

qo‘zg‘oloniga  qo‘shildi.  Bu  uning  ilgarigi  obro‘sining  tiklanishiga 

sabab  bo‘ldi.  Taboriy,  ayniqsa,  Kesh  atrofida  arablarga  qarshi  Shosh, 

Farg‘ona  qo‘shinlari  va  turk  lashkarlarining  qahramonlarcha  jang 

qilganligini  alohida  ko‘rsatadi.  Bu  olib  borilgan janglar  Samarqand, 

Buxoro  va  boshqa joylam i  istisno  qilganda  Movarounnahr  xalqining 

yana  besh  yil  mobaynida  arablar  hukmronligiga  b o ‘ysunmagan 

jasoratidan bir namunadir.

736-737-yillarda  Tohariston  va  Sug‘dda  arablarga  qarshi 

yana  qo‘zg‘olon  ko‘tarildi.  Natijada  arablar  juda  og‘ir  ahvolga 

tushib  qoladilar.  O g‘ir  vaziyatdan  qutulish  maqsadida  Xuroson 

va  Movarounnahming  noiblari  va  amirlari  bir  necha  marta 

o ‘zgartiriladi.  Xususan  Nasr  ibn  Sayyor  (738-748)  davrida 

k o ‘rilgan  tadbirlar  tufayli  arab  istilochilari  o ik a d a  o ‘z  mavqelarini 

mustahkamlash  imkonyatiga  ega  b o ‘ldilar.  U  qo‘zg ‘olonchilami 

bostirshi  uchun  Samarqand,  Shosh,  Farob  va  Farg‘onaga  bir  necha 

bor  qo‘shinlar  tortib  bordi.  Nasr  ibn  Sayyoming  noiblik  davri  0 ‘rta 

Osiyo  yerlarining  arablar  tomonidan  istilo  qilinishi  tarixida  yangi 

va  so‘nggi  davrdir.  U  m a’lum  bir  muddat  davomida  mamlakatda 

nisbiy  osoyishtalik  o ‘m ata oldi.  Nasr bunga  qanday  erishdi?  Avvalo, 

u  oqsuyak  dehqonlar  o ‘rtasidagi  nizolardan  foydalandi,  ulaming 

ko‘pchiligini  o ‘z  tomoniga  og‘dirib  oldi.  Oqsuyak  dehqonlar, 

lashkarboshilar  imtiyozlarini  saqlashga  alohida  e ’tibor  berdi,  ular 

o ‘rtasida 

qon-qardoshlik 

va 


qarindosh-urug‘chilik 

aloqalarini 

o ‘matishni  har taraflama  qoilab-quvvatladi.  0 ‘zi  bu  sohada  namuna 

k o ‘rsatib,  Tog'shoda  Buxorxudotning  qiziga  uylandi.  Va  nihoyat 

Nasr  ibn  Sayyor  moliyaviy  islohot  o ‘tkazdi.  Unga ko‘ra  islom  dinini 

qabul  qilgan  barcha  kishilar  ju z ’ya  soliqlaridan  ozod  qilindilar  va 

barcha  musulmonlar  huquq  jihatdan  tenglashtirildi.  Yer  egasi  esa 

qaysi  e’tiqodda bo iishidan qat’i nazar,  xiroj  solig‘  to iash i  shart qilib 

qo‘yildi.



150

VATAN  TARIXI

Albatta,  Nasr  ibn  Sayyor  davridagi  o ‘lka  osoyishtaligi  vaqtin- 

chalik va  nisbiy  xarakterda  edi.  Xalifalikning  sharqiy mustamlakalari 

hisoblangan  0 ‘rta  Osiyo  hududlari  erk  va  ozodlik  uchun  kurashga 

bel  bog‘lagan  avlod-ajdodlarimizning  ulug‘vor  yangi  chiqishlari 

arafasida turar edi.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish