10. BAHOUDDIN NAQSHBAND (1319-1389)
VA NAQSHBANDIYA TARIQATI
Sohibqiron Amir Temuming islom himoyachisi sifatida yurgiz-
gan siyosati soyasida so‘fiylik tariqati o ‘lka hayotida katta mavqega
ega bo‘ladi. Buni biz Temur va temuriylar davrida Bahouddin
N aqshband
va uning izdoshlari faoliyatida yorqin ko‘ramiz.
Ollohning muruvvatiga muyassar bo‘lgan, komil inson, ulug‘
avliyo va vali — Xoja Bahouddin Naqshbanddir. U zoti ulug‘ning
asli ismlari Sayid Muhammad Bahouddin ibn Sayid Jamoliddindir.
Xoja Bahouddin Naqshband Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon
qishlog‘ida tavallud topgan. Bahouddinning o ‘zi ham temir va
boshqa narsalarga gul soluvchi b o ‘lgan. Shu sababdan u kishining
laqabi «Naqshband» bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |