ALISHER NAVOIY
(1 4 4 1 1 5 0 1 )
A lisher Navoiy o ‘zbek xalqining
ulug‘ shoiri va mutafakkiri, olim va
davlat arbobi, jahon adabiyotining N i
zomiy Ganjaviy, Amir Xisrav Dehlaviy,
Firdavsiy, Abdurahmon Jomiy singari
ulug‘ siymolaridan biridir. U 1441-yil
9-fevralda Hirotda tug‘ilgan. Alisheming
otasi G ‘iyosiddin Kichkina va bir ne-
cha
qarindoshlari
temuriylarga
yaqin
amaldorlardan, buvilari esa temuriy shah-
zodalaming enagalaridan bo‘lgan. Atoqli
muarrih Mirxond o ‘zining «Ravzat us-
safo» asarida «Amir Alisheming bobosi Amir Temuming o ‘g ‘li
Umarshayx bilan ko‘kaltosh edi», deb yozadi. Navoiy go‘dakligidan
boshlab temuriy shahzodalar bilan birga tarbiya topadi. Uni to ‘rt
yoshidayoq o ‘qishga beradilar. Alisher Husayn Boyqaro bilan
birga o ‘qiydi. Yoshlik chog‘idan boshlab san’at va adabiyotga
mehr qo‘yib, Farididdin Attor, Qosim Anvar va boshqa mashhur
shoirlaming she’rlarini yod olishni mashq qiladi. Husayn Boyqaro
bilan birga o ‘qishlik uzoqqa bormaydi. 1447-yilda Shohruh vafotidan
so‘ng boshlanib ketgan toj-u taxt kurashi natijasida Navoiylar oilasi
Iroqning Taft shahriga ko‘chib ketadi. U yerda yosh Alisher mashhur
tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy suhbatida b o ‘ladi. Ali Yazdiy
Alisheming aqli, zehni va fahm-farosatidan hayratlanadi. 1452-yilda
Abulqosim Bobur Hirotni egallagach, mamlakatda osoyishtalik va
tartib o‘matiladi. G ‘iyosiddin oilasi bilan Hirotga qaytadi va Sabzavor
hokimligiga tayinlanadi. Yetti yoshligidan sheriyat ishqiga mubtalo
bo‘lgan Alisher o ‘qishni davom ettiradi. U o‘qib yurgan kezlarida
462
V ATAN T A R IX I
adabiyotdan tashqari musiqa, rasm, hattotlikka ham qiziqadi. 0 ‘zbek
va fors-tojik shoirlarining ijodlarini zo‘r havas bilan o ‘rgangan
Alisher Farididdin Attor, Xisrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviy,
Yassaviy, Lutfiy va Abdurahmon Jomiy singari ulug‘ siymolami
ustoz deb biladi. Zahiriddin Bobur, Davlatshoh Samarqandiy,
Mirxond, Xondamir, Sulton Husayn Boyqaro, Kamoliddin Behzod
va boshqalami faxr bilan zamondoshim deb ataydi.
1456-1464-yillarda Alisher Navoiy Mashhadda yashaydi va
Xuroson podshosi Abulqosim Bobuming xizmatida bo‘ladi. Bu yerda
uning shoirlik qobiliyati ko‘zga yorqin tashlanadi. 0 ‘zi shoir b o ‘lgan
Abulqosim Bobur va uning saroyidagi atoqli shoirlar Alisheming
yuksak va noyob zehni va qobiliyatiga yuqori baho beradilar.
Tarixchi Xondamiming guvohlik berishicha, yosh Alisheming:
Orazin yopqoch ко ‘zimdin sochilur har lahzayosh,
Bo 'ylakim, pay do bo ‘lur yulduz, nihon bo ‘Ig'och quyosh,
deb boshlanadigan g ‘azalini Mavlono Lutfiy quyidagicha baholagan
ekan: «.„Agar muyassar bo‘lsa edi, o ‘zimning o ‘n-o‘n ikki ming
forsiy va turkiydagi baytlarimni birgina shu g ‘azalga almashtirardim
va bu ishning yuzaga chiqishini zo‘r muvaffaqiyat hisoblardim».
Alisher otadan yosh yetim qoladi. Abulqosim Bobur yosh
Alisherga ota o ‘miga otalik qiladi. 15 yoshidan boshlab Alisher
maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro bilan birga Abulqosim Bobur
saroyida xizmatda bo‘ladi, 1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etadi.
Navoiy Mashhadda qolib, o ‘qishni davom ettiradi, mantiq (logika),
falsafa, riyoziyot (matematika) va boshqa fanlami qunt bilan
o ‘rganadi.
Navoiy Mashhadda ikki tilda she’rlar ijod qilishni davom ettiradi
va «zullisonayn» (ikki til egasi) nomi bilan shuhrat qozonadi. 0 ‘zbek
tilida ijod etgan she’rlariga «Navoiy» («navo» so‘zidan), fors-tojik
tilidagi she’rlariga esa «Foniy» («fano» so‘zidan) tahallusini beradi.
Abulqosim Bobur vafotidan so‘ng Xuroson Abusaid hukm-
ronligiga o ‘tadi. Mansab va davlat orzusida yurgan Husayn Boyqaro
Marvga ketadi va taxt d a’vogarligi uchun bu yerda kuch to ‘plashga
kirishadi.
Yoshlikdan Husayin Boyqaro bilan qadrdon do‘st bo‘lgan Alisher
Hirot hukmdori Abusaidga qarshi bosh k o ‘targan badaxshoniylarga
xayrixohlik izhor qiladi. Bundan g‘azablangan Abusaid Alisher
Navoiyni 1466-yilda Hirotdan Samarqandga badarg‘a qiladi. Navoiy
Samarqandda uch yil g ‘oyat og‘ir moddiy sharoitda ilim oladi. Vafoiy
X bob. XIV asm ing ikkinchi yarmi - XV asrda M ovarounnahr va
X urosonda m adaniy hayot
463
tahallusi bilan yaxshigina she’rlar yozib elga taniladi. Samarqandning
m a’rifatparvar hokimi Ahmad Hojibek, olim Fazlulloh Abullays
va boshqalar Alisher Navoiyga homiylik qiladilar va katta yordam
ko‘rsatadilar. Ayniqsa, o ‘z zamonasining mashhur olimlaridan
hisoblangan Fazlulloh Abullays Alisheming zehni va qobiliyatiga
tan berib, unga katta yordam beradi, mudarrislik qiladi va Navoiyni
o ‘ziga farzand deb biladi. Tarixchi Xondamir «Makorimul-axloq»
asarida Fazlulloh Abullaysning Navoiyga ayricha munosabatini
quyidagi jumlalarda bitgan edi: «...Xoja janoblari Oliy Hazratning
o ‘tkir zehnli ekanini har vaqt maqtar edi va boshqa o ‘quvchilardan
uni ortiq ko‘rar edi». Botir Valixo‘jayev «Alisher Navoiyning
Samarqanddagi qadamjolari» maqolasida Xoja Fazlulloh Abullays
haqida quyidagi m a’lumotlami beradi: «Zamonasining Abu Xanifasi
(fiqh olimi), obni Hojibi (arab tilshunosi), Abu Ali ibn Sinosi deb
e ’tirof etilgan Xoja Fazlulloh Abullays haqida hozircha m a’lum
bo‘lgan m a’lumotlar shular. Alisher Navoiy ana shu alloma qoshida
ikki yil huquqshunoslik, arab tili va adabiyoti, she’rshunoslikdan
saboq oldi...»1
Temuriylar sulolasining m a’muriy va yirik madaniy mar-
kazlaridan biri bo‘lgan Samarqand Alisher Navoiy faoliyatining
shakllanishida g ‘oyat katta ro ‘l
Do'stlaringiz bilan baham: |