Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

o ‘ynaydi. 

Bu  yerda  u  atoqli  olimlar, 

san’atkorlar va Mirzo Xoja  Sug‘diy,  Sayid Qutb  Samarqandiy,  Yusuf 

Safoiy,  Shayxim  Suhayliy  kabi  o ‘sha  davming  mashhur  shoirlari 

bilan uchrashadi,  ulardan ko‘p  narsalami  o ‘rganadi  va о ‘mi kelganda 

o ‘zi ham ularga saboqlar beradi.  Samarqandda boy madaniy va ilmiy 

meros,  ayniqsa, U lug‘bek madrasasi va U lug‘bek rasadxonasi Navoiy 

hayotida  o ‘chmas  iz  qoldiradi.  Navoiy  o ‘zining  bu  taassurotlarini 

«Hamsa»sida  ifoda  etadi.  Ayni  zamonda  Navoiy  siyosat  ishlariga 

aralashadi,  ko‘plab  gunohsiz  kishilarni  o ‘lim  hukmidan  saqlab 

qoladi,  zolim  amaldorlami  qoralaydi  va  ularga  qarshi  kurashadi.  U 

tarixchi  olim  Abdurazzoq  Samarqandiy,  Davlatshoh  Muhammad 

Olim  Samarqandiy  va  boshqalarga  homiylik  qiladi.  Navoiy  Xoja 

Ubaydulloh Xoja Ahrori Vali suhbatlaridan bahramand b o iad i.

Xullas,  Samarqand Alisher Navoiyning  shakllanishida buyuk bir 

davmi  tashkil  etganidek  Samarqand,  Movarounnahr  taraqqiyotida 

ham  Alisher  Navoiy  o ‘ziga  xos  o ‘chmas  iz  qoldiradi.  Samarqandda 

ilm-fan,  san’at  va  adabiyotning  yuksak  kamolotida  Alisheming 

hissasi kattadir.

1  «Мулокот»,  1991,2-сон.




4 6 4

V A T A N   T A R IX I

1469-yilda  Navoiyning  do‘sti  Husayn  Boyqaro  Hirot  taxtiga 

o ‘tiradi.  Shu yili Alisher Navoiy ham Hirotga qaytadi.  U maktabdosh 

do‘sti  Husayn  Boyqaroni  tabriklab,  mashhur  «Hiloliya»  qasidasini 

yozadi.


Alisher  Navoiy  singari  obro‘li  va  tadbirli  kishilarga  muh- 

toj 


Husayn  Boyqaro  maktabdosh  do‘stining  Hirotga  tashrif 

buyurganligidan  xursand  bo‘ladi,  uni  saroyga  chaqirib,  muhrdorlik 

vazifasiga qo‘yadi.  Bu katta  lavozim edi,  albatta.

Navoiyning xalq orasida obro‘-e’tibori osha boradi.  U oddiy xalq 

manfaatini  hamma  narsadan  ustun  qo‘yadi,  zolim  amir-amaldorlar 

va  mamlakatni  bo‘lib  yuborishga  intilayotgan  shahzodalarga  qarshi 

kurashadi.  Navoiy  do‘sti  Husayn  Boyqaroga  qarshi  uyushtirilgan 

Yodgor  Muhammad  fitnasini  fosh  qiladi  va  uni  bartaraf  etadi. 

Navoiyning  talabi  bilan  xalq  gardaniga  haddan  tashqari  soliqlami 

oshirib,  zulmlami  kuchaytirayotgan  amaldorlar  o ‘z  vazifalaridan 

chetlatiladi.  Bunga  1470-yilda  mamlakat  poytaxtida  ko‘tarilgan 

xalq  qo‘zg‘oloni  misol  bo‘la  oladi.  Alisher  Navoiy  xalq  tomonida 

bo ‘ladi.  Xuroson  xalqini  xo‘rlagan  bek  va  amaldorlar  qattiq 

jazolanadi.  Xususan,  ana  shu  voqeadan  so‘ng  Alisheming  shuhrati 

xalq  orasida  keng  tarqaladi.  0 ‘z  hokimligining  dastlabki  yillarida 

ancha sezgir va ziyrak b o ‘lgan  Husayn Boyqaro  1472-yilda Navoiyni 

amirlik  (vazirlik)  lavozimiga tayinlaydi.  Navoiy  o ‘z  vazirlik  faoliyati 

davomida  xalq  va  mamlakat  manfaati  y o ‘lida  juda  ko‘plab  foydali 

va  ibratli  ishlami  amalga  oshiradi.  Tarixchi  Xondamiming  bergan 

m a’lumotlariga  qaraganda  Navoiy  mamlakatda  madaniyat,  qurilish 

va obodonchilik ishlarini rivojlantirishda Husayn Boyqaro tomonidan 

ajratilgan  davlat  xazinasi  m ablag‘laridan  tashqari  bevosita  o ‘zining 

shaxsiy  boyliklarini  ham  sarf  qilgan.  Buyuk  shoiming  zamondoshi, 

taniqli  forsiyzabon  shoir  Mavlono  Binoiy  o ‘zining  Navoiyga 

bag‘ishlab  yozgan  qasidasida  quyidagilami  qayd  etadi:  «Sulton 

davridagi Amir Alisheming vasfini aytmoqchiman. Men uning barcha 

fazilatlarini  tasvir  etmoqchiman.  Uning  davrida  Hirot  eng  go‘zal, 

obod  bo‘lib,  tikanzorlar  ham  bog‘ga  aylandi.  Olim-u  fozillar,  shoir-u 

san’atkorlar  shahriga  aylandi.  Adabiy  muhit  va  madaniy  hayot 

yuksaldi.  Hirotdagi  imoratlar  uni  jahondagi  barcha  shaharlardan 

chiroyli  qildi»1.

Zero,  Samarqandda  og‘ir’  iqtisodiy  qiyinchilikda  yashagan




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish