М ирю Улугбек.
Турт улус тарихи. 127-бет.
V III bob. M ovarounnahr va X orazm m o‘g‘ullar bosqini davrida
295
Iqtidorli olim Mahmud Sattorov «Jaloliddin Manguberdi»
maqolasida hikoya qilishicha, Chingizxon ikki davlat chegarasida
ro‘y bergan bunday mudhish va dushmanlikdan iborat b o ‘lgan
voqeani juda og‘irliq andisha va sabot bilan qarshi oladi. Nasaviyning
m a’lumotlariga qaraganda:
«M o‘g ‘ul xoqoni bu voqealardan
ta ’sirlanib, uch kun o ‘z xonasida qamalib, toat-ibodat qiladi: Ey
Xudo, o'zing guvohsan, men Alouddinga tinch qo‘shnichilik,
osoyishtalikni taklif etayotirman. U har gal takliflarimga katta
jinoyat — odam o ‘ldirish bilan javob qilmoqda. Xorazmshohning
ulkan davlati, 400 minglik lashkari, o ‘z askarlarim va nihoyat tarix
oldida mening gunohim yo‘q. Urushni u boshladi. Men o ‘zimni,
qon va jon berib yaratgan davlatimni, xalqlarimni himoya qilishga
majburman» (Chingizxon odamlarga m a’naviy ta’sir qilishning mohir
ustasi bo‘lganidan uning bu xatti-harakati qo‘shinidagi askarlaming
ruhiy holatiga ta ’sir ko‘rsatish maqsadini ko‘zlaganligi ehtimoldan
uzoq emas).
Shundan so‘ng Chingizxon urushning boshlanishi bobidagi
barcha gunohlardan o ‘zini soqit qiladigan va aybni Xorazmshoh
Muhammad gardaniga yuklaydigan so‘nggi imkoniyatni ham q o id an
chiqarmaydi. U Xorazmshoh huzuriga Ibn Kafraj Bug‘ro (uning otasi
sulton Takash amirlaridan bo‘lgan) va totomi elchi qilib jo ‘natgan.
Elchilar Shahobiddin an-Nasaviy bergan m a’lumotlarga qaraganda,
Xorazmshoh Muhammadga Chingizxonning quyidagi mazmunda
nomasini
olib borganlar:
«Sen
savdogarlaming
bexavf-xatar
bo‘lm og‘ini, ularga hech kim hujum qilmasligini yozib, o ‘z qo‘ling
bilan imzolangan va’dani bergan eding. Lekin xiyonatkorona yo‘l
tutding va so‘zingni buzding. Bu ishning islom sultoni tomonidan
qilingani yana ham yomondir Inalxon qilgan ish sening amring bilan
b o ‘lmaganini tasdiqlasang, u holda Inalxonni menga tutib ber, toki
biz uni jazolaylik. Aks holda, eng aziz qalblami larzon qiladigan va
nayzalaming sopi sinadigan urush bo‘ladi»'. Bundan g ‘azablangan
Xorazmshoh Muhammad Chingizxonga bosiqlik va o ‘ylovlik
bilan javob berish u yoqda tursin, elchi Ibn Kafraj Bug‘roni qatl
etishga buyruq beradi. Uning ikki hamrohini esa soqolini qirdirib
orqaga jo ‘nattirib yuboradi. Bu voqeadan so‘ng Chingizxon bilan
Xorazmshoh Muhammad o ‘rtasidagi munosabatlami urush-qirg‘in
orqali hal qilishdan boshqa yo‘l qolmaydi. Xullas, Xorazmshoh
1 Мирмух,син.
Х уж анд калъаси, 136-бет.
296
VA TA N T A R IX I
Muhammad o ‘zining uzoqni k o ia bilmas kaltabin siyosati tufayli
ikki o ‘rtada boshlangan urushning aybdori sifatida tarixga kiradi.
Chingizxon Xorazmshoh Muhammadga qarshi urushga tayyor-
garlik ko‘rib, Xorazmga so‘nggi elchini yuborish bilan bir vaqtning
o ‘zida o ‘zining eski dushmani Kuchlukxon hokimlik qilayotgan
Qoraxitoyni bosib olishga qaror qiladi. Bu, Chingizxonning fikricha,
uning so‘l qanoti xavfsizligini ta ’minlar va Xorazmshohga qarshi
olib boriladigan urushda uning ahamiyati katta edi. Chingiz
xon lashkarboshisi Jebe boshchiligida 20 ming kishilik qo‘shin
j o ‘natadi. Masalaning mohiyati shundaki, tarixchi Z. Buniyotovning
yozishicha, Kuchlukxon bilan Xorazm ham urush holatida b o ‘lgan.
Chunki xristianlik va buddaviylikni qabul qilgan Kuchlukxon
musulmonlami zo ‘rlab islom dinidan qaytarishga uringan. Q ur’on va
shariatga amal qiluvchilami ayovsiz jazolagan, azon aytib namozga
chaqirishlami taqiqlagan. Musulmon dini peshvolarini zindonlarga
tashlab, madrasa darvozalariga osgan. Z. Buniyotov: «Mana shu
voqealarga Xorazmshohning munosabati hayron qolarlidir. U
eng katta musulmon davlatining yetakchisi bo‘la turib, shundoq
ko‘zi oldida jabr ko‘rayotgan musulmonlami himoya qilishni
xayoliga keltirmay, xalifa Nosirga qarshi umshish bilan band edi.
Sharqdan kelgan Chingizxon boshchiligidagi buddaviy m o‘g ‘ullar
buddaviy Kuchlukxon tomonidan jabrlangan Qoshg‘ar va X o‘ton
musulmonlarini himoya qilishlari yanada hayratlanarlidir»1, —
deydi. Bundan xursand bo‘lgan va m o‘g ‘ullar tomonidan gijgijlangan
musulmonlar Kuchlukxon jangchilari joylashgan uylarga hujum qilib,
ulami o ‘ldiradilar. Hatto Pomirdagi mahalliy ovchilar m o‘g ‘ullardan
qochayotgan Kuchlukxonni tutib olib ularga taqdim qilishgan.
M o‘g ‘ullar uning boshini kesib olib ketishgan. Ana shu tariqa
o ‘sha davrda savdo, dehqonchilik va mexanika san’ati rivojlangan
Qoraxitoy yerlari Chingizxon davlati hududlariga qo‘shib olinadi.
Chingizxon qo‘shinlarining Qoraxitoy hududlarini egallaganlik-
laridan xabar topgan va Samarqandda kattagina kuch to ‘plashga
muvaffaq b o ig a n Xorazmshoh Muhammad m o‘g ‘ullar lashkariga
qarshi jang harakatlarini boshlab yuboradi. Mirzo Ulug‘bekning
yozishicha, m o‘g ‘ullar Xorazmshoh Muhammad qo‘shinlariga
qarshi jang qilmasdan chekinib borishardi. Shu paytda m o‘g ‘ullar
qo‘shiniga, A bulg‘oziy m aium otiga qaraganda, Jo ‘chi boshchilik
1 Буниятов З.М. Государство Хорезмшахов-Ануштегинидов. Стр. 130-131.
V III bob. M ovarounnahr va X orazm m o'g'ullar bosqini davrida
297
qilgan. U Muhammad qo‘shinlariga do‘stona munosabatda bo‘lib,
Xorazmshohga: «Ey shahriyor, yoshlik etib, mulloga ishonib,
komronlik (hovliqish, baxtiyor deb bilish — R.Sh. Sh.K.) qilmagin.
Ey shahriyor, dilimizni g ‘amga solma, o ‘z joningga qasdimizni
qo‘zg‘ama, Chingizxon bu diyorga bizni boshqa ish bilan jo ‘natgan.
Lashkarpanoh u shohdan Xorazmshoh bilan urushmoq ijozatini
olmaganmiz»,1 degan. Bu gapdan Xorazmshoh Muhammad g ‘azabga
kelib: «Agar Chingizxon senga men bilan jang qilmaslikni buyurgan
bo‘lsa, Xudo menga senga hujum qilishni buyurayapti va men
budparastlami qirib tashlab, uning mehrini qozonmoqchiman»2,
deb javob qiladi. Jang qilishga majbur etilgan m o‘g ‘ullar oz sonli
bo‘lsalar-da, shunday mardonavor jang qiladilarki, bu jangda
Xorazmshoh Muhammad o ‘zining 20 ming askaridan judo bo iad i,
sultonning o ‘zi yaralanib, m o‘g ‘ul askarlari qurshovida qoladi.
Faqat sulton Jaloliddinning o ‘z vaqtida yetib kelishi Xorazmshoh
Muhammadni halokatdan saqlab qoladi. M o‘g ‘ullar bilan b o ig a n
jang Xorazmshohda juda katta tassurot qoldiradi. U o ‘z yaqinlariga:
«Men hech qachon bunday ajoyib qo‘shinlami ko‘rgan emasman»,
degan ekan. Chingizxonning o ‘g ‘li Jo‘chi ham jang maydonida
Jaloliddin Manguberdining arslondek ot surishiga qoyil qolib,
b o ig a n voqealami birma-bir Chingizxonga so‘zlab berganligi haqida
m aium otlar bor.
Qoraxitoyni o ‘z davlati tarkibiga kiritib olgan Chingizxon
1218-yilda qurultoy chaqiradi. Qurultoyda muhokama qilingan
asosiy masala Xorazmshoh Muhammad bilan boiadigan urush va
unga tayyorgarlik k o ‘rishdan iborat edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |