VIII bob. M ovarounnahr va X orazm m o‘g‘ullar bosqini davrida
293
U diplomatik mohirlik yo‘lini topa olmaydi, g ‘o ‘rlik va noshudlik
qiladi. Muhammad qulay payt poylab yurt xoini Mahmud Yalavochni
o ‘z huzuriga chaqiradi: «Sening xoning Xitoy yurtini olgani
rostmu, deb bir qimmatbaho dumi bozusindin chiqarib Mahmud
Yalavochga beradi»1. Xorazmshoh Mahmud Yalavochni xorazmlik
b oiganligi uchun Chingizxon huzuridagi o ‘zining ayg‘oqchisiga
aylantirmoqchi bo iad i. U Mahmud Yalavochdan Chingizxon
to ‘g ‘risidagi bor haqiqatni bo‘yamasdan aytishni talab qiladi.
Yozuvchi Mirmuhsinning «X o‘jand qal’asi» tarixiy romanidagi
badiiy ifodalarga qaraganda, Xorazmshohning fei-atvorini yaxshi
bilgan va shu bois undan hayiqqan Mahmud Yalavoch ayyorlik
ishlatadi va tilyogiam alik qiladi: «Tavba qildim, ulug‘ sulton!
Meni afv et! Olampanoh sening oftob yanglig‘ qudratli lashkaring
oldida Chingizxonning lashkari bir xira shamdir, oftob-olamtob
chiqqach, yuz ming sham nuri ham bir pul b o iad i. Sham tunda
lozim, oftob hamma vaqt... Ulug‘ sulton! Men beimon emasman!
Aslim ulug‘ va muqaddas xorazmlik. Sening qudrating oldida bosh
egurman. Unda yer-suvim, mol-mulkim Chingizxon tasarrufidagi
tuproqda bo‘lg‘oni sababli uning xizmatidaman. Dilimda ona
tuproq manfaati hukmron. Yana bir karra ona tuproq manfaati
haqqi, qasam ichib aytadurmenki, meni g ‘azabingga duchor etma,
men faqat Yalavochmen... Elchiga o iim yo‘q..»2. Muhammad
Xorazmshoh o ‘zicha muammoni go‘yo hamirdan qilni sug‘urgandek
hal qilgan o ‘ylab Chingizxon bilan shartnoma tuzishga rozilik
berib, elchilami qimmatbaho zarbof to ‘nlar bilan siylab jo ‘natib
yuboradi. Aslida Xorazmshoh Muhammad diplomatiya bobida katta
m agiubiyatga uchragan edi. Chunki Mahmud Yalavoch Chingizxon
huzuriga qaytib borgach, Xorazmshoh bilan ikki o ‘rtada sodir
b o ig a n muloqotni oqizmay-tomizmay o ‘z xo‘jasiga yetkazgan
edi. Chingizxon Mahmud Yalavochning sadoqatli xizmatidan va
Xorazmshoh Muhammad ustidan o ‘zi kutganiga qaraganda ham
diplomatik g ‘alabaga erishganligidan mamnun b o ia d i va Mahmud
Yalavochni Xorazmshoh Muhammad siylagan sovg‘aga qaraganda
ham qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlab, unga minnatdorchilik
bildiradi.
Istiqbolda rejalashtirilgan diplomatik tadbirlaming maqsadga
muvofiq rivojlanayotganligidan batamom qoniqish hosil qilgan
1 Абулгозий. Шажараи турк, 61-бет.
2 Мирмуусин. Хужанд калъаси. 124-бет.
294
VA TA N T A R IX I
ayyor Chingizxon fursatni boy bermasdan hech narsa k o ‘rmagandek
o ‘z minnatdorchiligini izhop etish va ikki buyuk davlat o ‘rtasida
tuziladigan shartnomani tezlashtirish maqsadida zudlik bilan
Xorazmga juda katta savdo va elchilar karvonini j o ‘natadi. Mirzo
Ulug‘bekning bergan m a'lum otlariga qaraganda, bu karvon «besh
yuz nafar musulmon savdogar»dan iborat bo‘lgan. Karvon sarbonlari
va o ‘rda elchilari qilib Muhammad Xorazmiy, Umar va Yusuflar
tayinlangan. Elchilar orqali Xorazmshohga yo‘llangan maktubda
quyidagilar yozilgan edi: «Ul tarafdan bozorgonlar bu diyorga
kelishdi. Ularga qay tarzda e ’zozi ikrom ko ‘rsatilganini o ‘zlari
aytishi mumkin. Ular nimani mushohada qilgan bo‘lsalar, bayon
qilsalar kerak. Bu tomondan ham bir musulmon jamoasi turli mol-u
gazlama, mushk-u chiniy, tansiq buyumlar, zar-u nuqra, k o ‘plab jun
kiyimlar, javohir-u tansuqot bilan ul diyor sari yo‘naldilar. Bu ahd-u
paymonda osmon-u zamin egasi ro ‘yi zamin mamlakatlarini bizga va
senga tortiq qildi. Xudo bandalari borib kelishib, obodonchilik bilan
m ashg‘ul bo‘lmoqlari lozim. Biz-u sening, ular davri sultonlarining
saxovatidan xursand va bahravor boiurlarki, zamon mardumi bizu
sening duoyi jonimizni qilib yashaydilar»1.
Savdo karvoni Urganjga yetib bora olmaydi. Uni 0 ‘tror shahar
hokimi Inalxon buyrug‘i bilan ushlab qoladilar. Yozma manbalaming
guvohlik berishicha, Inalxon oltmish yoshlarga borgan. cho‘qqi
soqol, baland b o ‘yli, oriq va chayir odam bo‘lgan. U Xorazmshoh
Muhammadning b o ia si, y a’ni Turkon xotunga qarindosh boiganidan
G ‘oyirxon laqabini olgan. Savdo karvonidagi jam oa a ’zolaridan biri
hindi b o ‘lib, ilgari juda mashhur b o ig a n ekan. Inalxonni u ilgari tanir
edi. Shu bois ilgarigi odati bo'yicha hindi Inolchuq deb murojaat
qilibdi. Bu so‘z shahar hokimi lavozimida b o ig a n Inalxonga qattiq
botibdi. Shu bahona tufayli elchilar va barcha savdo karvoni a ’zolari
qirg‘in qilinadi, qimmatbaho mollar talanadi. Mirzo Ulugbbek «... bu
ishni dev k o ‘rsa ham lol qolardi», deb b o ig a n voqeaga baho beradi.
Faqat bir tuyakash tasodifan o iim d an saqlanib qoladi va
Chingizxon huzuriga borib, b o ig a n voqeani so'zlab beradi. Bu
qotillikni eshitgan Chingizxon, yozma manbalaming guvohlik
berishicha, qattiq g ‘azabdan y ig ia b yuboradi. Keyin u bir baland
tog‘ cho'qqisiga ko'tarilib, bo‘yniga kamari osilgan holda boshyalang
osmonga iltijo qilib yerga yiqiladi.
■
Do'stlaringiz bilan baham: