Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
276
— Olmos emish. 
Bobur nur jilvasiga cho‘mib o‘ynayotgan toshni qo‘liga olib salmoqlab ko‘rdi: 
— Vazni yetti-sakkiz misqol kelur. Nahot shunchalik katta olmos bo‘lsa? 
— Men bir muqayyim*ni chaqirib ko‘rsatdim. Mash-hur Ko‘hinur* olmosi shu, dedi. 
Olamda bundan katta olmos yo‘q emish. Bahosi sandiq-sandiq oltinlardan baland emish. 
— Men Bangola podshosi Sulton Aloviddinda ulug‘ bir olmos bor deb eshitgan edim. 
Ta’rif qilgan edilarki, shu bitta olmos katta bir mamlakatning bir oylik sarfu xarajatini 
ko‘targay. 
— Muqayyimning aytishicha, mana bu olmosning qiymati tamomi olamning ikki yarim 
kunlik sarfiga barobar ekan. 
— Sen buni qaerdan olding? 
Humoyun o‘ng‘aysizlanib jilmaydi-yu: 
— Gvalior rojasining xaylxonasida peshkash qildilar,— dedi. 
— Nechun? 
Humoyun voqeani hikoya qilar ekan, Bobur Gvalior viloyatida yuz yildan beri hokimlik 
qilib, juda katta boylik orttirgan roja Bikramadit’yaning hashamatli qasrini ko‘z oldiga 
keltirdi. Bikramadit’ya Ibrohim Lodiga bo‘ysunmasdan, u bilan uzoq vaqt urush qilgan, 
oxiri Gvaliorni Ibrohimga berib, o‘zi Shamsobod degan joyga ko‘chib ketgan va ko‘p 
o‘tmay vafot etgan edi. Panipatdagi g‘alabadan keyin Humoyun boshliq ilg‘orlar Dehlidan 
o‘tib borib ko‘p qasrlarni ishg‘ol qildilar. Shu qasrlardan birida o‘lib ketgan o‘sha rojaning 
bo‘y yetgan ikki qiz, bir o‘g‘li va ularning onalari yashab turgan edi. 
Rojaning yigirma yoshlardagi o‘g‘li Humoyunni yaxshi qarshi oldi: 
— Sizlarning dushmanlaringiz bo‘lgan Ibrohim Lodi bizning ham dushmanimiz edi, uning 
mag‘lub bo‘lganidan biz shodmiz, — dedi. — Endi ruxsat beringizlar, biz Shamsoboddan 
ona yurtimiz Gvaliorga qaytib ketaylik. 
Humoyun ham yosh roja bilan iliq muomala qildi-yu, lekin Gvaliorga ko‘chib ketish 
uchun o‘zi ruxsat bera olmasligini, podshohni kutish kerakligini aytdi. O‘sha kecha Vays 
degan bir bek ellikkacha yigiti bilan rojaning qasrida tunadi. Humoyunning o‘zi qasrning 
hovlisidagi boqqa chodir tiktirib, kechasi chodirda uxlab yotganda ichkarida ko‘tarilgan 
to‘polonni eshitib uyg‘onib ketdi. Qo‘rchilarini yoniga olib, qasr ichiga chopib kirsa, Vays-
bekning yigitlaridan biri eshik oldida qonga belanib o‘lib yotibdi. Qandillarda shamlar 
yonib turibdi. Ikkinchi qavatning zinapoyasida turgan o‘n sakkiz yoshli go‘zal qiz 
chuvalib yotgan ipak sarisini titroq qo‘llari bilan olib, yalang‘och yelkasiga yopishga 
urinyapti. Rojaning o‘g‘lini besh-oltita navkarlar o‘rtaga olib, qo‘lidagi qilichini urib 
tushirishdi. 
Ma’lum bo‘lishicha, Vaysbek rojaning shu qizini yoqtirib qolib, navkarlari yordamida o‘z 
bo‘lmasiga kuch bilan olib keltirmoqchi bo‘lgan. Qizning akasi qilich yalang‘ochlab 
himoyaga chiqqan. Qizni ko‘tarib ketmoqchi bo‘lgan navkarni qilich bilan urib yiqitgan. 
Endi buning qasdiga navkarlar yosh rojaning o‘zini o‘ldirmoqchi edilar. 
Humoyun gap nimadaligini surishtirib bilgach, nav-karlarga: 
— Rojani bo‘shating! — deb buyurdi. — O‘z singillarini bunchalik mardona himoya qilgan 
yigit ehtiromga sazovor. Podshoh hazratlari bunday kishilar bilan yaxshi muomalada 
bo‘lishni buyurgan edilar. Farmoni oliyni unutgan shahvatparast Vaysbek hibsga olinsin! 
Qizni iliklamoqchi bo‘lgan navkarlar o‘n darra kaltaklansin! 
Xos navkarlar bu buyruqni bajarmagunlaricha Humoyun ularning tepasidan ketmay 
turdi. Bu orada zinapoyadan yosh rojaning onasi qo‘lida kichkina sadaf quticha bilan 
tushib keldi. U oliy tabaqaning o‘qimishli ayollaridan edi, ko‘p tillarni bilardi, Humoyunga 
forschalab gapirdi: 
— Shahzoda, mening bisotimdagi eng katta boyligim— mana shu qutichaning ichida. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish