Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet272/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
272
— Kim u? — deb o‘shqirdi-yu, Humoyun tomonga hamla qildi. 
Hindubek ham qilichini sug‘urib oldinga chiqdi: 
— Siz Yor Husaynbek bo‘lsangiz, bu oliy zot Bobur podshohning o‘g‘illari mirzo 
Humoyundirlar! 
Yor Husaynbek bu gapga ishongisi kelmay Humoyunga ko‘zlarini olaytirib tikildi. U eng 
avval Humoyunning egnidagi arg‘uvoniy to‘nni tanidi. Yoqalariga durlar qadalgan bu to‘n 
— Boburniki edi. Humoyun Panipat jangi arafasida Ibrohim Lodining Hamidxon degan 
lashkarboshisi bilan olishib, uni yenggan, uch yuzdan ortiq odamini asir olib kelgan edi. 
Bobur o‘g‘lining bu jasoratiga qoyil bo‘lib, egnidagi shohona to‘nini o‘g‘liga kiydirgan, 
buni hamma beklar, shu jumladan, Yor Husaynbek ham ko‘rgan edi. O‘sha to‘n hozir 
ham Humoyunning egnida edi — uning xipcha gavdasiga bir oz katta kelib, yelkalari 
osilibroq turar edi. 
— Amirzodam, men sizni tanimabmen! — Yor Hu-saynbek qo‘lida qilichi bilan bir qadam 
orqaga chekindi. 
— Qilichni topshiring! — buyurdi Humoyun. 
— Amirzodam, men hazrat otangizga sodiq xizmat qilgan beklardanmen! 
— Ibodatxonada sug‘urilgan qilichni men podshoh hazratlariga eltib topshirishim kerak! 
— dedi Humoyun.— Siz yo‘lto‘sarlikdan tavba qilib, hazrati oliyning xizmatiga kirgan 
ekansiz. Bugun yana talonchilik ko‘chasiga qaytmishsiz. Podshoh hazratlari 
ziyoratgohlarda nojo‘ya harakat sodir bo‘lmasin deb, buyurmagan edilarmi? Nechun 
nazarni bunchalik past qildingiz, bek? Yog‘iy xazinalaridan barcha jangchilar o‘z 
ulushlarini olgaylar! Bu xazina sizga ham yetib ortgay! Ibrohim Lodining odamlari shu 
haykalning peshonasidagi yoqutga tegmagan ekanlar. Ular qilmagan pastkashlikni qilish 
bizga isnod emasmi? Oling qilichini! Mana bu nokas yigitlarni tutib hibsga elting! Toki 
boshqa yigitlarimizga ibrat bo‘lsin! 
Xos navkarlar bu buyruqni bajarganlaridan keyin Humoyun Hindubekka barahmanni va 
uning qavmlarini ko‘rsatdi-da: 
— Janob bek, podshoh hazratlari bizga tayinlagan gaplarni bularga tarjima qilib bering, 
— dedi. Bularning dini boshqa. Lekin biz barcha g‘ayridinlarni bir xudoning bandalari deb 
bilurmiz. Biz Hindistonga yaxshi niyatlar bilan keldik. Bu muazzam kishvarni hindlar 
bilan birga obod qilmoqchimiz. Kimki bizga hamkor bo‘lsa, hamkorlik qilurmiz! 
Hindubek tarjima qilgan bu so‘zlarni barahman va uning qavmlari bosh irg‘ab, ta’zim 
qilib eshitdilar. Shahzoda va uning odamlari chiqib ketgandan keyin esa barahman yana 
buddaning haykali oldiga ibodatga kelib, butun minnatdorchiligini unga ayta boshladi. 
Muqaddas yoqutni olmoqchi bo‘lgan nokasning qo‘lidan o‘q yeb jazolanishi buddaning 
irodasi bilan bo‘lganiga barahman o‘z qavmlarini ishontirishi zarur edi. 
_______________ 
* B a r a h m a n — hindlarning ruhoniysi.
4 
Uzoq Sirdaryo vohalarida endi lola barg yozadigan salqin hamal oyida Jamna bo‘ylari avji 
saraton paytidagidek issiq edi. Kuni bo‘yi oftobda otliq yurib badani misday qizib ketgan 
Bobur kechki payt salqinroq joy izlab Jamna daryosining bo‘yiga keldi. 
Kunning issig‘idan tashqari peshindan so‘ng ichilgan aroqning tafti ham uning ichini 
yondirmoqda edi. Kobulda ko‘p ichib o‘rgangan beklar Panipatdagi g‘alaba sharafiga har 
kuni bir-ikki joyda ziyofat berishib, uni taklif qilishardi. Issiq va sernam havoda ustma-
ust ichilayotgan chog‘ir va aroqlar Boburning yuragini behalovat qilib, kechalari uyqusini 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish