Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
269
Ba’zilarini Humoyunning odamlari, ba’zilarini Xo‘ja Kalonbekning navkarlari ta’qib 
etmoqda. Lekin ularning otlari ertalabdan beri u yoqdan-bu yoqqa chopib, charchab 
qolgan. Tohirlarning tobinda dam olib turgan otlari jangdan toliqib qolgan otliqlardan 
o‘tib, yovga birpasda yetib oldi. 
Yengilgan qo‘shin bo‘linib-bo‘linib qochayotgan bo‘lsa ham cho‘g‘i juda katta ekani 
Tohirga yaqin borganda bilindi. Har to‘pda yetti ming-sakkiz ming keladigan qo‘shin. 
Ularga nisbatan quvib kelayotganlarning to‘pi juda kichik. Yovning har to‘pida qator-
qator fillar kelayapti. Lekin ularning orasida oq fil yo‘q. Balki Ibrohim fildan tushib, ot 
minib ketayotgandir? 
Qosimtoy bilan Tohir o‘zaro maslahatlashishdi-yu, yovning kichikroq ko‘ringan bir to‘pini 
ikki yonidan aylanib o‘tib, oldilaridan to‘sib chiqishdi va bir suruv filni egalari bilan asir 
olishdi. Ularning orasida Ibrohim Lodi yo‘q edi. 
Qosimtoy filbonlarni hind tarjimon orqali so‘roq qila boshladi. 
— Ayt, Ibrohim Lodining qaysi to‘pda ketayotganini ko‘rsatib bersa ozod qilamen! 
Filbonlardan biri orqada qolgan jang maydonini ko‘rsatib, kuyib-pishib allanarsa dedi: 
— Ibrohim mingan fil yaralanib yiqilgan emish, uning o‘zi o‘lganmish, — dedi tarjimon. 
Lekin Qosimtoy bunga ishonmadi: 
— Bizning odamlar Ibrohimning qochganini ko‘rgan. So‘ra, rostini aytsin, bo‘lmasa boshi 
kesilgay! 
Birinchi filbon yana avvalgi gapini takrorladi. Chindan ham Ibrohim jang maydonida 
o‘lgan edi. Lekin Qosimtoy filbonning gapidan ko‘ra boya Boburga axborot bergan 
yasovulning gapiga ko‘proq ishonar edi. Qosimtoy siqishtira bergandan keyin boshqa bir 
filbon tusmol bilan Ibrohimning daryo bo‘ylab ketib borayotgan katta to‘pda ekanini 
aytdi. Uchinchi bir filbon o‘ng tomonda ketayotgan to‘pni ko‘rsatdi. 
Qosimtoy hamma filbonlarni fillari bilan birga maxsus navkarlarga topshirib, Boburning 
ixtiyoriga yubordi. Keyin daryo bo‘ylab chekinayotgan to‘pning ketidan tushdilar. Bu 
to‘pda fil mingan, ot mingan va Lodi qo‘shinining eng jangovar qismi hisoblanadigan 
rajputlar ko‘p edi. Qosimtoy daryo tomonda, Bobobek bilan Tohir o‘ngdan aylanib o‘tib, 
ularning yo‘llarini to‘sib chiqdilar. Rajputlar ta’qib etayotganlarning nisbatan oz ekanligini 
ko‘rdilaru kamonlariga o‘q o‘rnatib, qilich yalang‘ochlab, dadil jang qila boshladilar. 
Tohir kamoniga o‘q o‘rnatib otayotganda singan barmog‘ining jonsizlanib, ishlamay 
qolganini sezdi. O‘qning uchini boshqa barmoqlari bilan tutib, kamonni tortib otdi. O‘q 
qilich yalang‘ochlab kelayotgan qora bir odamning ko‘zi aralash yuziga tegdi. O‘q yegan 
rajput bir qo‘li bilan yuzini changallab, otdan yiqilib tushdi. Bu orada polvontaxlit bir 
rajput Tohirga yaqin kelib qoldi. Tohir kamoniga qayta o‘q o‘rnatishga ulgurmasligini 
sezdi-yu, qilichini sug‘urdi. Rajput polvoni oltita keskir tig‘i bor chakra degan qurolini 
ko‘tardi. Tohir uning chakra tutgan qo‘liga qarab qilich sermadi. Qilich chakraga qarsillab 
tekkanda Tohirning singan boshmaldog‘idan badaniga shunday og‘riq tarqaldiki, vujudi 
zirqirab ketdi. Shishib ketgan boshmaldoq qilichning dastasini qo‘lidan qanday chiqarib 
yuborganini bilmaydi. Faqat qilich yerga uchib tushganini ko‘rib, belidan xanjarini 
olmoqchi bo‘ldi, lekin ulgurmadi. Olti tig‘li keskir chakra uning bo‘yni va o‘ng yelkasiga 
shunday bir zarb bilan urildiki, kiftidan engagigacha hamma joyini qiymalab 
tashlaganday tuyuldi. Tohir ko‘zi tinib otning yoli ustiga ko‘kragi bilan tushganda 
chakraning yana bir zarbasi uning zirhli kiyimiga qarsillab urildi. Tohir dahshatli og‘riq 
ichida: «Endi bu meni otdan yiqitmaguncha qo‘ymaydi! — deb o‘yladi. U otdan yiqilsa 
jasadi tuyoqlar tagida qanday majaqlanishini tasavvur qildi-yu: — Tezroq hushimdan 
ketsam edi!» — dedi. 
Shu payt Mamat yetib kelib, dastasi uzun oyboltani chakra ko‘targan rajputning qo‘liga 
urdi. Chakra yerga tushib ketdi. Mamat qonga belanib, egardan sirg‘alib tusha boshlagan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish