Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/318
Sana04.06.2022
Hajmi1,14 Mb.
#635107
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   318
Bog'liq
yulduzli tunlar ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
267
yaqinlashishini kutmoqda. Uning o‘ng qanotiga o‘g‘li Humoyun javobgar edi. Xo‘ja 
Kalonbek, Hindubek kabi eng sinalgan beklar barcha navkarlari bilan Humoyunning 
ixtiyoriga berilgan. Markazni to‘pchilar va to‘fangandozlar egallagan. Har ikki qanotning 
ikki chetida to‘lg‘ama uchun ajratilgan otliqlar tayyor turibdi. Ibrohimning harbiy fillar 
himoyasiga tayanib urushadigan qo‘shinida piyodalar ko‘pligi va saflar tig‘iz bo‘lishi 
ma’lum edi. Bunday hollarda Shayboniyxon tajribadan o‘tkazgan to‘lg‘ama usuli qo‘l 
kelishini Bobur yaxshi bilardi. U ham Shayboniyxonga o‘xshab to‘lg‘amaga ajratilgan 
askarlarga otlarning eng chopqirlarini saralab bergan edi. 
Tohir ichki beklar va xos navkarlar bilan birga podshohdan orqada turibdi. Boburning ikki 
yonini aloqachi beklar, yasovullar va choparlar egallaganlar. Bobur ularga ish buyurar 
ekan, ovozi ichki bir kuch va ishonch bilan jaranglab eshitilardi. «Shu odamning 
panohida necha qirg‘inlardan omon chiqding, — dedi Tohir o‘ziga-o‘zi tasalli berib. — 
Bobur mirzo bor ekan, senga hech nima qilmaydi». 
Daryo bilan shahar oralig‘ini to‘ldirib vahimali qora bulutga o‘xshab kelayotgan Ibrohim 
Lodining qo‘shini qarshisida harakatsiz tek turib kutish og‘ir edi. Ko‘pchilik bek va 
navkarlar fursatni boy berib qo‘yayotgandek sabrsizlanishar, lekin Bobur: 
— Hech kim buyruqsiz qo‘zg‘almasin! — deb hammani qattiq tutib turardi. 
Ibrohim Lodi Boburning qo‘zg‘almasdan kutib turganini, ikki orada yuzlab aravalardan 
yasalgan mustahkam devor va chuqur xandaqlar borligini ko‘rdi-yu, qo‘shinini 
to‘xtatdi. Lashkarboshilarni chaqirib, asosiy zarbani yovning o‘ng qanotiga berish va 
shahar tomondan aylanib o‘tish haqida buyruq berdi. Biroq yuz ming qo‘shinga to yangi 
buyruqni tarqatib, uni shahar tomonga burguncha ancha vaqt o‘tdi. 
Bobur darhol mana shu vaqtdan foydalandi. Uning buyrug‘i bilan to‘lg‘amaga ajratilgan 
ikki ming otliq joyidan qo‘zg‘aldi. Chopqir otlar yov qo‘shinining ikki qanotiga tegmay 
o‘tdi-yu, bexavotir kelayotgan orqadagi otliqlar va piyodalarga hamla qildi. 
Humoyun boshliq to‘rt ming otliq o‘ng tomondan yovning yo‘lini to‘sib chiqdi. Chap qanot 
ham jangga tushdi. Markazdagi aravalarning ora-orasidan to‘plar ustma-ust o‘q yog‘dira 
boshladilar. 
To‘rt tomondan yashin tezligida birvarakayiga qilingan hamlani tepadan kuzatib turgan 
Tohir Boburning sarkardalik tajribasiga o‘zicha qoyil bo‘lib qo‘ydi. U harbiy san’atni faqat 
do‘stlaridan emas, dushmanlaridan ham o‘rgangan edi. Bobur to‘p va miltiq ishlatishning 
ahamiyatini birinchi marta ittifoqdosh Shoh Ismoilga qarab bilgan bo‘lsa, to‘lg‘ama 
ishlatishda ashaddiy yovlari Shayboniyxon va Ubaydullaxonning tajribasini o‘zlashtirgan 
edi. U achchiq mag‘lubiyatlar jarayonida orttirgan barcha harbiy tajribalarini bugun 
go‘yo yagona bir mushtga tugib, maydonga ustalik bilan tashladi-yu, tashabbusni darhol 
qo‘lga oldi. 
Boburning butun rejasi — yov qo‘shinini to‘rt tomondan o‘rab olishga va qanotlarini 
ichkariga qayirib tashlashga qaratilgan edi. Lekin o‘rab olingan yov Bobur qo‘shiniga 
nisbatan yetti-sakkiz barobar ko‘p edi, chopqir otlar bahaybat fillarning bir zarbasidan 
yumalab yiqilib ketardi. Shu sababli Ibrohim Lodi askarlari hali o‘ngda, hali so‘lda Bobur 
qo‘shinining halqasini yorib chiqardi. Bobur yonida turgan aloqachi beklar va yaso-
vullarni ketma-ket jang maydoniga choptirar, yovning qo‘li baland kela boshlagan 
qanotlarga markazdan ko‘mak yubortirar edi. U markazni yovga ataylab ochiq 
qoldirmoqda edi, chunki hali harakatsiz turgan aravalar va to‘fanglar markazga qo‘yilgan 
edi. 
Ikki tomondan va orqadan ustma-ust zarba berilavergandan keyin Ibrohim Lodining 
asosiy kuchlari va harbiy fillari markazga tashlandilar. Shunda Bobur aravalarning 
g‘ildiraklari tagidagi yog‘ochlarni olishni buyurdi. 
Yetti yuz arava joyidan qo‘zg‘alib yov qo‘shinining ro‘parasidan chiqdi. Aravalar ustidan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish