Boborahim Mashrab ijodida hallojiylik g`oyalari Reja: I. Kirish: Ishning umumiy tаvsifi II. Аsоsiy qism. I bob



Download 96,04 Kb.
bet11/13
Sana03.01.2022
Hajmi96,04 Kb.
#314723
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Boborahim mashrab ijodida hallojiylik g`oyalari

X U L O S A

Tasavvuf g`oyalari keng tarqalgandan keyin u shoirlarning qalbini rom etdi. Tasavvufning pok ilohiy ishq haqidagi, haq va haqiqat , yuksak insoniy xislatlar , kamolot kasb etish haqidagi g`oyalari she’riyat g`oyalariga aylandi , shoirlar qizg`in bir ruh , ko`ngil amri bilan irfoniy g`oyalarni kuylaydilar, hisobsiz lirik she’rlar , jahonga mashhur dostonlar , qissalar yaratildi. Tasavvufning Mutlaq Ilohga muhabbat zavqi ijod ahliga qattiq ta’sir etdi. Insoniyat g`am bilan qalbi dardga to`lgan isyonkor ruhdagi shoirlarni bir ohangraboday o`ziga tortib o`rtanishli, his-hayajonga serob ajoyib she’riyatni vujudga keltirdi. Bu she’riyatning markaziy qahramoni- Mansur Halloj e’tiqodiga imon keltirgan, o`zini barkamollik cho`qqisida ko`rgan, ruhan ozod kishi edi. Uning zavqi , iztirob- kechinmalari, xayoliy romantik olamga intilishi maxsus ifodalar va ko`p ma’noli ramziy iboralar bilan tasvirlanadigan bo`ldi.

Hallojiylik tariqati g`oyalari faqat o`zbek adabiyotida Yassaviy, Navoiy, Gadoiy singari shoirlar tomonidan talqin etilibgina qolmay, balki butun sharq adabiyoti, jahon adabiyoti vakillari e’tiborini ham o`ziga jalb etganini Shimmel, Rumiy, Fariduddin Attorlar ijodida ham ko`rish mumkin. Mansur Halloj hayoti g`oyalari bu sharq mumtoz adabiyoti vakillaridan hech birini befarq qoldirmagan. Ko`rinadiki, Mansur Halloj g`oyalari va u ilgari bu tariqatda ilgari surgan shijoat, matonat, tanlagan e’tiqodiga sadoqat, adl-u amniyatga bo`lgan yuksak muhabbat kabi umumbashariy g`oyalar yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalashdek ulug` maqsad yo`lida beminnat xizmat qila oladi.

Bu tariqat davomchisi sifatida Boborahim Mashrab alohida o`rinda turadi. Boborahim Mashrab hayoti va faoliyati nafaqat o`zbek xalqi, balki jahon adabiyotining ajralmas zarhal sahifalaridan biriga aylangan. Uning ijodiy merosi e’zozlanib, mehr bilan o`rganilib, xalqimiz orasida keng va har tomonlama targ`ib-tashviq etilmoqda. Turli tashkilotlarda o`tkazilgan ilmiy anjumanlar, nashr etilgan ilmiy kitoblar, yozilgan maqolalar va asarlar ishonchli dalillar asosida zamonamiz talablaridan kelib chiqqan holda aytilganligining hamda yaratilganligining shohididirmiz.

Mashrab o`z asarlarida davriga nisbatan ilg`or g`oyalarni bayon eta oldi. Chin insoniy sevgi, vafo va sadoqat, yor vasliga tashnalik, to`g`rilik va saxovat, hayotdan zavqlanish, umidvorlik, insonni ulug`lash va xalq g`ami, g`ariblikda vatanni qo`msash, jaholat va razolatni, zulm-zo`rlikni qoralash shoir poeziyasining g`oyaviy yo`nalishini tashkil etadi. Xalq orasida qalandardek yurib taqdiri azalga raddi badal berib tug`ilgan Boborahim Mullavali o`g`li Mashrab g`azallari asrlar davomida nasllar orasida qalblardan qalblarga qalqib ko`chib kelayotir. Buyuk iste’dodli shoirning so`zi Sharqda hamon betakror, hamon haq uchun dadil jangga kirganlarga hamdam, maslakdosh. Ammo kecha-yu kunduz mol tilagida yurgan “o`z nafsi bilan sargardon” esa qattol dushmani , ogoh etuvchi hoziru nozir bir ovoz.

Mustaqillik davri boshlanishi bilan Mashrab ijodiyoti va mashrabshunoslikda ham yangi davr boshlandi. Uzoq muddatli tanaffusdan so`ng xalqimiz bu ulug` zotning asarlarini bemalol o`qib-o`rganish imkoniga erishdi. Mashrab she’riyatiga bag`ishlab qator tadqiqotlar yaratildi.

Hozirga qadar Mashrab she’rlari zamondoshlarimiz uchun ibrat bo`lib, adolatparvarlik, qalb pokligi, mehnatsevarlik borasidagi keng ko`lamli faoliyatlarimiz uchun o`rnak bo`lishi mumkin. Boborahim Mashrabning she’riy merosini tiklash, uni keng kitobxonlar ommasiga yaxshi bir guldasta sifatida taqdim etish, albatta, mushkul va mas’uliyatli ishdir.

Biz mazkur kichik tadqiqotimizda o`zbek adabiyotining yirik vakili Boborahim Mashrab ijodiga diqqatimizni qaratdik. Tadqiqot obyekti bo`lgan Mashrab ijodi shu bugunga qadar adabiy jamoatchilik tomonidan o`z bahosini olib kelgan. Adibning g`azallari, muxammas hamda musaddaslari kitobxonlar tomonidan iliq kutib olingan va shu bugunga qadar shoirning bu g`azallari o`z o`quvchilarini topib kelmoqda. Bitiruv malakaviy ishimizda e’tiborni Mashrabning Mansur Halloj tariqati va taqdiridan ta`sirlanib bitgan baytlariga qaratdik. Mashrab ijodiga mansub misralarni tahlil qilar ekanmiz, quyidagicha xulosaga keldik:

1.Boborahim Mashrab mumtoz adabiyot maydonida o`ziga xos o`ringa ega.Shoirning adabiy merosi o`zbek mumtoz adabiyotining go`zal olamini,badiiy-estetik tasvir jilolarini, salobatini ko`rsatishi bilan xarakterlidir. Mashrab g`azallarida Mansur Halloj hamda uning ayanchli qismati misolida mutaassib din peshvolari, nobakor, boylikka, mansabga o`ch saroy a’yonlari, shu bilan birga, “dili tig`i sitamdin pora bo`lgan xalq” hayotini ko`rsatgan.

2.Boborahim Mashrabning asarlarida keltirilgan baytlar o`zining didaktik mohiyati bilan buyuk istiqbol sari odimlayotgan istiqlol davri yoshlarini tarbiyalashda muhim manbalar sirasidan hisoblanadi.

3. Umumta’lim maktablarida Mashrab g`azallari mazmunini o`rganish shunday tashkil etilishi kerakki, natijada o`quvchilar baytlarning asl mohiyatini tushunib, ulardan axloqiy-ta’limiy, tarbiyaviy xulosalarga ega bo`lishlari mumkin bo`lsin.Shunda ularning amaliy ko`nikmalari yuqori bo`ladi va o`quvchi xotirasiga mustahkam o`rnashadi. Dars samaradorligini oshirish, DTSning bajarilishini ta’minlash maqsadida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.



4.“Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi o`nlab mumtoz adib va allomalarimizning ijodida ona tilimizning lug`at boyligi, badiiy imkoniyatlari, uning go`zalligi va nafosati yanada yorqin namoyon bo`lganini ta’kidlash lozim” [36,1]. O`quvchilarni ana shu imkoniyatlar bilan tanishtirish lozim.

5.Zamonaviy innovatsion texnologiya, iloji boricha, o`quvchilarning tafakkurini faollashtirishga yo`naltirilgan. Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilarga mavzu ustida bevosita o`zlari mustaqil faoliyat ko`rsatishlari, mantiqiy fikrlashlari va ma’lum xulosalar chiqarishi uchun imkoniyat yaratsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Umumta’lim maktablarida g`azallar tahlili o`rganilar ekan, uni ilmiy va didaktik tahlil etib, xulosalar chiqarishga uriniladi. Ulardan kerakli xulosalar chiqarish uchun shoirning tarjimayi holi bilan tanish bo`lish talab etiladi. Shundagina u yoki bu hayotiy hodisaga shoir qanday munosabatda bo`lganligidan xabardor bo`lish mumkin. Shuning uchun o`qituvchi o`quvchilarga mavzu ustida bevosita o`zlari mustaqil faoliyat ko`rsatishlari, mantiqiy fikrlashlari va ma’lum xulosalar chiqarishi uchun imkoniyat yaratish kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




Download 96,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish