Boborahim Mashrab hayoti va ijodi. G’azallari Dars rejasi



Download 50 Kb.
Sana08.09.2017
Hajmi50 Kb.

Aim.uz

Boborahim Mashrab hayoti va ijodi. G’azallari

Dars rejasi:

1. Mashrabning dunyoga kelishi.

2. Mashrab hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi manbalar.

3. Mashrabning ilohiy kechinmalari va umuminsoniy fazilatlar.



Tayanch so’z va iboralar: Valibobo, taqvodor muallim, g’ayritabiiy odatlari,ustozlari, valiylik xislatlarining namoyon bo’lishi, shoirning o’limi bilan bog’liq voqealar, shoir lirikasi, g’azallarining badiiy xususiyatlari.

Boborahim Mashrab hijriy 1050 (milodiy 1640)-yili Namanganda kambag’al kosib Valibobo bo’zchi xonadonida tug’ildi. U otasidan yosh yetim qoldi. Boborahim maktab ta’imini namanganlik taqvodor muallim qo’lida oldi. Mashrab yoshligidan majnuntabiat, qalandarvash, so’fisurat qiyofa kasb etib boradi. Uning g’ayritabiiy odatlari, so’zlari, yurgan yo’lida aytadigan bayt-u g’azallari ota-onasi va xaloyiqni hayron qoldiradi. Onasi ne orzu havaslar bilan o’g’liga yangi liboslar kiygizsa, Mashrab duch kelgan ojiza bechoralarga kiyimlarini yechib berar va o’zi yalong’och yurar edi.

O’g’illaridagi bu xislatlarni tushunmay, ota-ona xavotirga tushib, Mashrabni o’sha davrdagi yirik taqvodor, pir-u murshidlardan biri – mullo Bozor oxundga uchrashtiradilar. Mashrab “xosayi Xudoyi taolo” bo’lmish ilmi qaybdan “Zo’r masala” so’rab, mullo Bozor oxundni ham lol qoldiradi.

Mashrab Tangri taoloning muhabbati yo’lida o’rtangan chinakam devonavor oshiq ekanligini birinchi bo’lib mullo Bozor oxund payqaydi. Chunki Mashrab yurgan yo’lida oshikona bayt-u g’azallar aytib, muhabbat bozorini qizdirayotgan qalandar bo’lib yetishayotgan edi.

Qo’lum oling, yo pirim, manda toqat qolmadi,

Yo’lga soling, yo pirim, menda holat qolmadi..

Kimyonazar Ofoq xoja Mashrabdagi ilohiy iste’dodga ravnaq bag’ishlaydi.

Ofod xoja dargohida Mashrab yetti yil xizmat qildi. Uch yol o’tin tashidi, yana uch yil mashqda suv tashidi, bir yil ostonada yotdi. Bu yetti yilni u atigi bitta po’stin kiyib o’tkazdi. Yozda uning charmini kiysa, qishda yungini kiyar edi. Muridlik burchi, pirning parvarishi va Tangri muhabbatiga muassar bo’lish shunday riyozat chekishni taqozo etardi. Mashrab riyozat, ziyorat va sayr-u sayohatda davom etib, g’amgin-u parishon ahvolda Yorkentga boradi, Hazrat Ali Karamullohu vajxaning avlodlaridan hazrat imom Ja’fari Sodiq raziyallohu anhuni ziyorat etish uchun Hutan viloyatida musofir bo’ladi. Hutan oxundlari ilmixol – ilohiyot sirlarini bilish ilmidagi salohiyoti bilan dog’da qoldiradi. Mashrab Haylaga borganida, uning boshidan Navoiyning qahramoni Shayx San’on sarguzashtidek ishq savdosi Iyla hukmdori Kuntojixonning qizi Ofoq bilan munosabatda kechadi. Mashrabdagi sidq-u safo tarsozodalarni maftun etadi, unga ixlos va muhabbat samarasi o’laroq Kuntoji, uning xotini, qizi Ofoq islom diniga iymon keltirib, musulmonchilikni qabul qiladilar.

Qazo hukmiga muvofiq, Mashrab o’z ajalini izlab Balxga shahriga boradi va Mahmud Qatag’on saroyida xiyla karomatlar ko’rsatadi. Mashrab, o’ziga ayon bo’lganidek, kushandasi Mahmud qatag’on ekanligini unga takror va takror ochiq oydin aytadi ham: “ey Mahmudxon, g’alat aytursan, mani sarnavishtimda ajalim sening qo’lingda bitilgan. Maning vasiyatim sanga shulki, mani jasadimni bir balandroq yerga chiqorib qo’ygil, toleyi har kim ko’rsa, yiroqdan duoyi xayr qilib o’tgay”. Mahmud Qatag’on garchi shoh Mashrabning bir tola sochini ham qilishni xohlamasa ham, jahl ustida uni 1711-yili Balx shahrida dorga ostirib yuboradi. Mashrabning bashoratiga ko’ra, Mahmudxonning o’zi ham uch kundan keyin halokatli o’lim topadi. Mashrabning qabri Ishkonmish degan yerdadir.

Boborahim Mashrabning adabiy merosi bizga alohida va mukammal devon holida yetib kelmagan. U “Devoni Mashrab” qissalari, bayozlar va turli majmualar tarkibida parokanda holatda saqlangan. Mashrabning tarqoq she’riy merosi 1979-1980 yillarda filologiya fanlari doktorlari, professorlar Abduqodir Hayitmetov va Abdurashid Abdug’afurov, filologiya fanlari nomzodlari Vaxob Rahmonov hamda Komiljon Isroilovlar tomonidan umumlashtirilib, asarlar to’plami tarzida bir necha bor nashr etilgan.

Mashrabning nisbatan mukammal asarlar to’plami Jaloddin Yusupov tomonidan G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti orqali “O’zbek adabiyoti bo’stoni” sarlavhasida “Mehribonim, qaydasan” nomi bilan 1990-yili nashr etildi. Kitobdan shoirning g’azal, mustazod, murabba’, musaddas, musabba’ turlaridagi asarlari o’rin olgan. Hali keng kitobzxonlar ommasiga yetib bormagan “Mabdayi nur” va “Kimyo” kabi falsafiy-badiiy asarlar ham Boborahim Mashrab merosiga mansub deb topilgan.

Mashrab she’riyatining g’oyaviy olamida insonparvarlik eng yuksak o’rinda turadi. Mashrab “Anal – Xaq” – “Men – Xudoman” ta’limOtini yaratgan Mansuri Xalloj yo’lidan borib, inson martabasini iloh darajasida yuqori ko’targan adabiy siymodir. Mashrabning insonga muhabbati umumbashariy mohiyatga ega.

Tavofi olami dil qil har bashardin sen,

Agar bir yuilni sen buzsang, yuzar Ka’ba buzulmazmu?

Jahongashta Mashrabning dunyoqarashicha, har bir insonning dil olami tavof etishga, e’zozlashga sazovor. Chunki Tangri jiamiki mavjudod ichra eng mukarram zot etib insoniyatni yaratgan. O’zidagi eng go’zal fazilatlarni unda mujassamlashtirgan. Inson dilida o’ziga nisbatan otashin muhabbat uyg’otgan. Binobarin, odamzod yuragida Olloh muhabbati mavjud ekan, u Ka’ba singari muqaddas, muborakdir. Odamning dil olamiga kirishi Ka’bani ziyorat etishdek savob. Odamning dilini og’ritish Ka’bani vayron etishdek gunohi azim. Mashrabning insonparvarlik nuqtayi nazaricha, insonni sevish, Ollohga muhabbat bog’lash, insoniy kamolotga yerishish Haqning sifalarini hosil qilish, haqiqatga erishish bilan barobar.

Insonga mehr, dili g’amgin xaloyiq maylini sevish Mashrabga azaldan bag’ishlangan tuyg’udir.

Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, Boborahim Mashrab valiyona karomatlar sohibi, o’ziga xos dunyoqarashli mutafakkir shoir edi. Shu bilan birga, she’rlar Mashrab oddiy inson ekanligidan guvohlik berib turadi. Mashrab she’rlaridagi har bir so’z “dargohi azaldan” ruhimizga mujdalar yetkazib turadi.
(“O’rtar”)

Agar oshiqlig’im aytsam, kuyub jon-u jahon o’rtar,

Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o’rtar.
Kishiga ishq o’tidin zarraye yetsa, bo’lur giryon,

Bo’lub besbr-u betoqat, yurak bag’ri chunon o’rtar.


Nechuk toqat qilay, do’stlar, bu dard ila bo’llub hayron,

G’amim boshqa, alam boshqa, yuragimni f’ig’on o’rtar.


Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,

“Nigoro!” deb oting aytsamki, shavqingdan zabon o’rtar.


Qay-yu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,

Tilim lol-u, ko’zum giryon, so’ngakalrni nihon o’rtar.


Na qattig’ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo’ldim,

Mening ohim o’tig’a bul zamin-u osmon o’rtar.


Yurakda dard-u ham qat-qaki, menda qolmadi toqat,

Agar bir zarrasin bul vaqr desam, ishqi bayon o’rtar.


Bu dard ila xarob o’ldum, kelib holimni so’rmassan,

Unum chiqsa yurakdin, bu tan-u jon, ustixon o’rtar.


Bu Mashrab dardini jonoki, hech kim boshig’a solma,

Agar mashnarda oh ursam, bihishti jovidon o’rtar.


Nazorat savollari

1. Mashrabning bolalikdagi xulq-atvoriga e’tibor bering. Unda qanday ilohiy belgilar namoyon bo’ladi?

2. Mashrabning o’limi qanday yuz bergan? Bu voqea haqida qanday qo’shimcha tafsilotlarni eshitgansiz?

3. Xalqparvarlik g’oyasi Mashrab she’rlarida qanday ifodalangan?

4. Mashrab nafs illatini qanday talqin etadi?
Topshiriqlar

1. Mullo Bozor oxundning Mashrab qismatiga ta’sirini so’zlab bering.

2. Mashrabning Ofoq xoja dargohidagi sarguzashtlarini so’zlab bering.

3. Mashrab g’azallaridan birini yoddan aytib bering.




Aim.uz


Каталог: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa