Mamlakatga kirib kelish shartlafi: pasport. Milliy valuta
«•evro». Mahalliy bayramlar: « Yangi yil» — 1- yanvar,
«Pasxa!», ‹ Mehnatkashlar kuni+ — l- may, ‹ Ozodlik kuni+,
«Bastiliya kuni» — 14- iyul, «Barcha avliyolar kuni» — l - noyabr, «• Yarashuv kuni» — 1 l - noyabr, «Rojdestvo» — 25- dekabr.
ITALIYA
Mamlakatning umumiy maydoni — 301309 kv. km. Aholisining soni — 57 million 520 ming kishi (Yevropada Germaniyadan keyin 2-o‘rinda turadi). Poytaxti — Rim shahri. Milliy jihatdan aholining 98% ni italiyaliklar tashkil etadi. Savodxonlik darajasi — 97%. Ichki milliy mahsu- lotning umumiy hajmi 1 trillion 88,6 milliard AQSH dollari (jon boshiga 19209 AQSH dollari).
XX asrda Italiya dunyoning eng yirik turistik markaz- laridan biriga aylandi. 1991- yili O‘rta yer dengizi havzasiga tashrif buyurayotgan sayyohlarning 36a aynan shu mamlakatga keldi. Italiyaning asosiy turistik zaxiralariga
tog‘lar, ko‘llar va madaniy boyliklar kiradi. Kelayot- ganlarning 45a ni Italiyaning madaniy-tarixiy boyliklari qiziqtiradi. Xalqaro turizm mamlakatning shimolida mujassamlashgan. Mehmonlarni qabul qilish bo‘yicha l - o‘rinni Venetto shahri egallaydi. Barcha turistlarning 20% shu yerga keladi. Undan keyin Toskano va Alto-Adije shaharlari turadi (har biriga 13%). 39 mlnga yaqin italiyaliklar o‘z kurortlarida dam olishni xush ko‘radilar. Emiliya-Romanya, Venetto, Toskano va Lombardiya vi- loyatlari, o‘rtacha har biri, ichki turistlarning 10% ni qabul qiladi. Mehmonxonalarning asosiy qismi (46,1 ) mam- lakatning shimoli-sharqida joylashgan. Ayniqsa, Trentino va Alto-Adije hududlarida mehmonxonalar ko‘p qurilgan. 1980- yillarda Yevropa Ittifoqi yordami bilan Italiyaning janubi Medzojorno mintaqasida yangi loyiha bo‘yicha turistik infratuzilma rivojlantirila boshlandi. Natijada qo‘shimcha 65 ming mehmonxona nomerlari tashkil etildi. Turistlarning asosiy qismi 3 yulduzli otellarda joylashadi. Shuningdek kemping, turistik qishloqlar, dam olish uylari, yoshlar markazlari, xususiy xonadonlar, alp uylar tizimi ham yaxshi rivojlangan. Tashqi turistlar asosan qo‘shni Germaniya, Fransiya. Avstriya va Shveytsariyadan tashrif buyuradilar. AQSH va Yaponiyadan kelgan sayyohlar asosan Rim, Florensiya va Venetsiya shaharlarini xush ko‘radilar. Keyingi yillarda turizmning rivojlanishiga Italiyaning ‹ Turizmning milliy boshqarmasiv katta hissa qo‘shmoqda.
Rim — mamlakatning poytaxti bo‘lib, qadimgi yod- gorliklarga juda boy. Turistlarni joylashtirishda quyidagi otellar katta ahamiyatga ega: «• Kavaleri dillon», «• Lord Bayron+, ‹ Djoli Leonardo da Vinchi!», ‹ Kuirinaye!»,
«Kommodore», «Regent», «Delta», «Forum», «• Medison» va boshqalar.
Milan shahrining asosiy otellari: ‹ Palas+, ‹ Vindzon»,
«Andreola», «• Sanpi», «• Markoni», «• Nyu- York», «Pasten»
va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |