SKANDINAVIYA MAMLARATLARI
Bu mintaqa aholisining soni unchalik katta bo‘lmagani bilan, turistik soha ancha rivojlangan. Mahalliy aholining ta’til kunlari 5 haftadan ortadi. Mahalliy sayyohlar, o‘z uyidan unchalik uzoq bo‘lmagan yerda dam olishni xush
ko‘radi. Tashqi turizmda faol dam olishga katta e’tibor beriladi. Masalan, shvedlarning 70a turli xil sport musobaqalarida (suzish, baliq ov lash, alpinizm va boshqalar) qatnashadilar. 1980- yillardan boshlab biznes turlarining soni orta boshladi. XIX asrdan boshlab, Shimoliy Amerika bilan madaniy aloqalar faollashgani sababli, AQSH va Kanada yo‘nalishi ham ancha mashhur. Shvetsiya — Mamlakatning maydoni — 449964 kv. km, aholisining soni — 8 million 928 ming kishini tashkil
etadi. Aholining 92a shvedlardan iborat. Poytaxti Stokgolm shahri. Urbanizatsiya darajasi 83a. Savodxonlik darajasi 99%. Ichki milliy mahsulotning umumiy hajmi 177,3 milliard AQSH dollari (jon boshiga 20270 AQSH dollari). Ushbu mintaqa tarkibiga 2000 dan ortiq orollar kiradi. 1990- y. Shvetsiya, Upsala shahri bilan birga, barcha xorijiy turistlarning 24% ni, ichki sayyohlarning 17 ni qabul qildi. Turizmning asosiy markazi poytaxt Stokgolmda joylashgan. Bu shahar 1252- yildan tarixiy yilnomalarda tilga olinadi. Mamlakatning yana bir mashhur turistik mintaqasi ‹Oltin qirg‘oq» bo‘lib, bu hududga 13,7% tashqi turistlar, hamda 14% ichki turist- larning tashrif to‘g‘ri keladi. Sayyohlar dam oladigan joy- laridan Ko‘llar mintaqasi, Glass (shisha ishlab chiqarish markazi) hamda Tunggi qirg‘oq hududlari bo‘1ib, bu yerlarga ichki sayyohlarning 10% to‘g‘ri keladi.
XX asr boshigacha 80% shvedlar qishloq mintaqalarida istiqomat qilardi. Bu xususiyat madaniyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Qurilishda mahalliy iqlim e’tiborga olingan holda qadimgi an’analar ham saqlanib qolgan. Milliy urf- odatlar, ayniqsa, saami xalqida juda qadrlanadi. Saamilar azaldan bug‘ularni boqib kun ko‘rgan. Ovqat- lanishda katta o‘rinni sutli mahsulotlar egallaydi. Ertalabki nonushta — «!fryukost» va kechki ovqat — «middag»ga qat’iy rioya qilinadi. Hozirda butun dunyoga mashhur
‹shved stoli» vatanida ham muhim hisoblanadi. Rojdestvo
bayrami Shvetsiyada «•yul» deb ataladi. Bayramdagi asosiy
taom — cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan dudlama. Rojdestvoga qadar 13- dekabrda «Avliyo Lyusi» bayrami o‘tkaziladi. Bu kuni barcha tashkilot va o‘quv yurtlarida o‘z Lyusisini, ya’ni eng go‘zal qizini tanlaydilar.
Yozda barcha skandinavlar singari shvedlar ham «Oq tunlar» davrida «Ivan kuni»ni nishonlaydilar. Shvetsiyada bu kunni «Midsomman» deb ataydilar. Odatga ko‘ra Stokgolm shahrining xiyoboni ‹Nkaflıefl»da bu kuni havaskor musiqaviy guruhlarning tanlovi o‘tkaziladi.
Stokgolmdagi yirik otellar: ‹ Fyost Hotel Amaranten+,
«Fyost Hotel Reysen», «•Skandik Hotel Englz› va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |