birinchi turistik guruhning safarini tashkil etdi. 1870- yili Alp tog‘lariga birinchi temir yo‘l o‘tkazilishi bilan turizmning rivojlanishi yanada jadallashdi. Mashhur sog‘lomlashtirish kurortlari Sankt Moris hamda Bad-Ishl bunyod etildi. 1920- yillargacha yozgi turizm ustun edi. Bundan keyingi davrda tog‘ chang‘i sporti rivojlanishi munosabati bilan qishki turizm rivojlana boshladi. Shunga qaramasdan 1990- yillarning boshida barcha sayyohlarning 57% yozgi mavsumga to‘g‘ri keldi. Turistlarning asosiy qismi Germaniyadan tashrif buyuradi. Keyingi o‘rinlarda Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Italiya, AQSH, Yaponiya, Ispaniya va Avstriya turadi. 1980- yillarning o‘rtalarida shveytsar frankining kuchayishi uzoq muddatli turistik tashriflarni qisqartirdi. Qisqa muddatga kelgan sayyohlarning soni oshdi. Xalqaro turizm Shveyt-
sariya xazinasiga har yili 13 milliard shveytsar franki olib keladi. Bu ko‘rsatkich mamlakat milliy daromadining 8% ini tashkil etib, 14 aholini ish bilan ta’min1aydi.
Shveytsariyaliklarning o‘zlari ham sayohat qilishni yoq- tiradilar. Ularning 60a asosan O‘rta yer dengizi havzasida dam olib, 10 milliard shveytsar frankiga yaqin mablag‘ni chet eIda sarflaydi. Shunday qilib xalqaro turizmga tushayotgan daromad 3 milliard shveytsar frankini tashkil etadi.
Mintaqaning relefı mahalliy uysozlikka o‘z ta’sirini
ko‘rsatgan. Mamlakatning tog‘ qismida terrasasimon binokorlik asosiy xususiyatlardan biri bo‘lib, o‘rmonlar orasidagi uylar, peyzajga o‘ziga xos jozibani kasb etadi. Odatda, uylarda deraza ko‘p bo‘lib, maxsus idishlarda rang-barang gullar yetishtiriladi.
Shveytsariyaliklar tozalik va ozodalikka juda katta e’tibor berishadi. Mamlakat ko‘chalari changyutgich yordamida tozalanishining o‘zi fıkrimizning tasdig‘i bo‘1a oladi.
Shaharliklarning asosiy taomi makkajo‘xoridan tayyorlangan ovqatlar hisoblanadi. Makkajo‘xorili quyuq bo‘tqa — ‹polenta!» juda mashhur. Shveytsariyaliklar pishloqdan turli xildagi taomlar ham tayyorlaydilar. Pishloqning oliy navlari — «•emmental» hamda «•gryuyen» (bu bizda ‹shveytsar pish1og‘i› deb nomlanadi) eksport qilinadi. Ichimliklardan sutli kofe ko‘p iste’mol qilinadi. Sport o‘yinlaridan kegli, qishki turlardan tog‘ chang‘isi, bobsley va alpinizm mashhur. Ijtimoiy bayramlardan l - avgust — Shveytsariya davlatining tashkil topgan kuni keng nishonlanadi.
Yirik otellar Syurix shahrida joylashgan: « Glokenxof»,
‹Bristol!› va boshqalar turistlarni qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |