Mamlakatga kirib kelish shartlari: pasport. Milliy valuta
— ‹! lira!». Mahalliy bayramlar: ‹! Yangi yil!» — l - yanvar,
«Kreshcheniye» — 6- yanvar, «• Pasxa», «• Ozodlik kuni» — 25- aprel, ‹! Mehnatkashlar kuni+ — l- may, ‹! Respublika kuni» — 2- iyun, «Barcha avliyolar kuni» — 1 - noyabr,
‹Milliy birlik kuni!» — 5- noyabr, ‹! Rojdestvo!» — 25- dekabr,
«Avliyo Stiven kuni» — 26- dekabr.
ISPANIYA YA PORTUGALIYA
Ispaniya — Umumiy maydoni — 504750 kv. km. Aholisining soni — 39 million 220 ming kishi. Poytaxti
— Madrid shahri. Savodxonlik darajasi — 96%. Ichki
milliy mahsulotning umumiy hajmi 565 milliard AQSH dollari (jon boshiga 14622 AQSH dollari).
Qadimda bu mintaqa Iberiya deb nomlangan. Dunyoning eng yirik turistik markazlaridan biri hisob- lanadi. Asosiy tashriflar O‘rta yer dengizi qirg‘oqlari va Balear orollariga to‘g‘ri keladi. Kanar orollarida sayyohlar asosan qishda dam oladilar. Turizm ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin jadal rivojlana boshladi. Agar 1950-yili tashrif buyurgan turistlarning soni 3 million bo‘lgan bo‘lsa, 1990- yili ularning soni 34,3 millionga yetdi. Turizm rivojlanishi tufayli 1960- yillarning o‘rtasida — 500 ming, 1975- yili — 1 million, 1990- yili esa 2 milliondan ortiq yangi ish joylari tashkil etildi. 1970- yillarning o‘rtasida yirik za monav iy qurilish faollashdi. 1980- yillarda Benidorm, Salou, Torremolinos va Balear orollaridagi kurortlar qayta ta’mirlandi. 1992- yilli Barselonada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlar i va Sevilya shahridagi Butunjahon ko‘rgazmasi — ‹Ekspo-92» ta’sirida turizm yangi turtki oldi. Shu yillari poytaxt — Madrid Yevropaning madaniy markazi deb tan olindi. Shaharning yirik otellari: «• Rits»,
« Villa Magna», «•Xyusa Prinsessm», «• Menfız», «•Ambassadon»,
‹ Monkloa!», ‹! Vash ington va boshqalar. Barse lona shahrining otellari: «•Xyusa Palas», «• Madjestik», «• Regina» va boshqalar. Sevilya shahrining otellari, «Alfonso XIII»,
‹Sol Makarena!» va boshqalar. Ispaniyaning eng mashhur kurortlari: Almeriya, Kosta Brava, Tossa de Mar, Blanes, Kosta del Maresme, Santa Susana, Kalella, Sitjes, Salou, Aventura, Kambrils, Tarragona, Peniskola, Kosta Blanka va boshqalar. Ispaniyaga tegishli va turizm tizimida juda muhim o‘rin egallaydigan mintaqa — Mayorka oroli hisoblanadi. Bu yerda sayyohlarni «• Riu Festival», «• Melya
Konfort Belven» va boshqa otellar qabul qilishga shaylangan. Ichki turistlarni qabul qilish bo‘yicha Valensiya shahri 1 - o‘rinda turadi.
Ispan taomnomasida dengiz taomlari katta o‘rin egal- laydi. Achchiq so‘uslardan «chilindron», «romesko», «•aloli»
va boshqalari juda mashhur. Maxsus pivoxonalardagi gazaklar bepul tortiq etiladi. Tabiiy hol, Ispaniya haqida ma’1umot berar ekanmiz, ‹!korrida!», ya’ni buqalar jangi haqida gapirib o‘tmasdan iloji yo‘q. Sayyohlarni o‘ziga jalb etuvchi mahalliy unsurlardan biri aynan shudir. Shu bilan birga Ispaniyaning o‘zida «korrida›ga munosabat turlicha. Ayniqsa keyingi yillarda Ispaniyada hayvonlarni himoya qilish harakatlari kuchayganda, «korrida›ni taqiqlovchi markazlar ham paydo bo‘lmoqda. Shu sabab, agar Ispaniyaga borib qolsangiz, ‹korrida» to‘g‘risida o‘z fikrlaringizni bayon etmaganingiz ma’qu1 bo‘ladi. Yana bir mahalliy xususiyatlardan biri — ispanlar deyarli ingliz tilida gaplashmaydilar. Bizning maslahatimiz — Ispaniyaga borishdan oldin, hech bo‘lmasa, oddiy ispancha jumlalarni o‘rganib oling.
Do'stlaringiz bilan baham: |