Davlat ulushi
|
83,15 %
|
336936 aksiya
|
926 574 000 so‘m
|
Mehnat jamoasi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kiritilgan ulush:
|
16,85%
|
68 276 aksiya
|
187 759 000 so‘m
|
Jamiyat tomonidan chiqarilgan va muomalada bo‘lgan aksiyalar, har biri nominal qiymati 2750 so‘mga teng bo‘lgan qiymatda, 405 212 dona miqdorida egasi yozilgan oddiy aksiyalar ko‘rinishida chiqarilgandir, ya’ni bunday turdagi aksiya egalari jamiyat yil yakunida oladigan foydasiga ko‘ra dividend olish imkoniga egadirlar. Shundan “O‘zeltexsanoat” DAK ning ulushi 83,15 %, ya’ni 336936 aksiya sohibi bo‘lib, uning puldagi qiymati 926 574 000 so‘mga tengdir. Mehnat jamoasi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kiritilgan ulush miqdori 16,85 % ga tashkil etib, bu 68 276 aksiyaga tengdir.
“FOTON” aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining qaroriga ko‘ra, mazkur jamiyat oddiy va imtiyozli aksiyalarni, korporativ obligatsiyalarni va qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish huquqiga egadir.
Korxona tomonidan chiqariladigan aksiyalarni joylashtirishga qo‘shimcha ravishda ham ochiq, ham yopiq obuna yo‘li bilan amalga oshirishga haqlidir. Jamiyat tomonidan chiqarilgan qo‘shimcha, ya’ni e’lon qilingan aksiyalarning
miqdori 10 788 261 dona oddiy aksiyalarni tashkil qilib, unda har bir aksiyaning nominal qiymati 2750 so‘mga tengdir.
Aksiya bo‘linmasdir. Agar aksiya umumiy mulk huquqi asosida bir nechta shaxsga tegishli bo‘lsa, bu shaxslarning barchasi bir aksiyador deb e'tirof etiladi va aksiya bilan tasdiqlangan huquqlardan o‘zlarining umumiy vakili orqali foydalanadi. Bir turdagi aksiya unga egalik qiluvchi har bir aksiyadorga shu turdagi aksiyalarning boshqa egalari bilan bir xil bo‘lgan hajmdagi huquqlarni beradi.
“FOTON” aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat sohasi: radioelektron apparatlar uchun elektron texnik buyumlar ishlab chiqish va ishlab chiqarish, radioelektronika, tekshiruv kassa mashinalari va elektron tarozilar asosida maishiy texnika buyumlarini ishlab chiqarish.
“FOTON” AJ tomonidan chiqariladigan mahsulotlarni tayyorlashni quyidagilar ta’minlaydi:
asosiy ishlab chiqarish sexlari (№ 2,5,13,50, NPK, OKB sexlari);
yordamchi ishlab chiqarish sexlari (№19,20, TSK);
-materiallar, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlar saqlanuvchi omborlar;
ma’muriy, texnik, hisob-kitob ishlarini bajaruvchi zavod boshqaruvi.
Korxonaning tashkiliy tuzilishi umumiy hisobda ham, alohida bo‘linmalar faoliyati jihatidan qaraganda ham barcha zaruriy jarayonlar, sifat menejmenti talablariga muvofiq xalqaro standart ISO 9001-2008 ga asosan funksiyalar va tadbirlarning bajarilishini ta’minlaydi.
Korxona o‘z temir yo‘l tarmog‘iga ega emas. Mahsulotlarni yetkazib berish, qabul qilish va komplektlash havo yo‘llari orqali amalga oshiriladi. Televizorlar ishlab chiqarishning butlovchi buyumlari temir yo‘l transporti orqali keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |