MUNDARIJA KIRISH 4
BOB. MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISH STRATEGIYALA- RINING NAZARIY ASOSLARI 8
Mehnat resurslarini boshqarishning mazmuni va mohiyati 8
Mehnat resurslarini boshqarish strategiyalarining asosiy turlari va ularning shakllanishi 12
Mehnat resurslarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar tajribasi 24
Birinchi bob bo‘yicha xulosa 32
BOB. “FOTON” AKSIYADORLIK JAMIYATI FAOLIYATIDA MEHNAT RESURSLARINI BOSHQARISH AMALIYOTI 33
“FOTON” AJ ning mulkchilik shakli, tashkiliy tuzilishi, asosiy faoliyat yo‘nalishi 33
“FOTON” AJ ning boshqaruv strukturasi va mehnat resurslari bilan ishlash hamda ularning malakasini oshirish 38
Korxona faoliyatining samaradorligini baholaydigan ijtimoiy-iqtisodiy va moliyaviy holatini tahlili 47
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa 54
Xulosa va takliflar 68
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 71
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Korxona hayotida mehnat resurslarini boshqarish uning samaradorligini oshirishdek muhim sohalardan biri hisoblanadi, “Mehnat resurslarini boshqarish” tushunchasining o‘zi esa yetarlicha keng ko‘lamda, ya’ni iqtisodiy-statistikdan tortib, falsafiy-psixologik talqin etiladi.
Mehnat resurslarini boshqarish tizimi kadrlar bilan bog‘liq ish usullarining uzluksiz takomillashtirilishi hamda mamlakatimiz va xorij ilm-fan yutuqlaridan, eng yaxshi ishlab chiqarish tajribalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. Mehnat resurslari, ya’ni yollanma ishchilar, ish beruvchilar va tashkilotning boshqa xodimlarini boshqarishning mohiyati, boshqaruv obyekti va subyekti tomonidan tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va huquqiy munosabatlarning o‘rnatilishidan iboratdir. Bunday munosabatlar asosida, ishchilardan maksimal darajada foydalanishni ko‘zlovchi hamda ularning qiziqishlari, xulq-atvori va faoliyatiga ta’sir etuvchi tamoyillar, usullar hamda shakllar yotadi.
Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, odamlarning hayot darajasi va uning sifatini oshirish borasida yildan yilga keng ko‘lamli o‘zini samarasini ko‘rsatayotgan ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov o‘zining 2016 yil 16 yanvar kuni so‘zlagan nutqida shunday deb ta’kidlaydi: “Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishi biz uchun eng muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lgan – aholi bandligini ta’minlash, avvalambor, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratdi.
2015 yilda mamlakatimizda 980 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil qilingan bo‘lsa, shuning 60 foizdan ortig‘i qishloq joylarda yaratildi.
Bu borada, 2016 yilda aholi bandligini ta’minlash masalasi eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi. 2016 yilda 990 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallanmoqda, jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasini izchil rivojlantirish hisobidan 660 mingdan ziyod ish o‘rni
yaratiladi. 2016 yilda oliy o‘quv yurtlari, litsey va kollejlarning 510 mingdan ortiq
Kurs ish bilan ta’minlashi lozim”1.
Bugungi kunda, rivojlangan va qator rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning rasmiy maqsadlaridan biri milliy tovarlar va xizmatlar raqobatbardoshligini ta'minlashga, aholi turmush darajasi va uning bandligini oshirishga qaratilgan boshqaruv strategiyalarini yaratish hisoblanadi.
O‘zbekistondagi ko‘pchilik korxonalarning hozirgi iqtisodiy vaziyat voqeliklariga tayyor emasligi birinchi navbatda o‘tmishdagi, reja topshiriqlari bilan to‘liq belgilab qo‘yilgan va cheklangan tashqi muhit boshqaruvning strategik shakllantirishni rag‘batlantirmagan, ko‘pincha esa hatto bunga to‘sqinlik qilgani bilan izohlanadi. Strategik boshqaruvga qaratilmagan va ular tomonidan boshqarilmaydigan korxona jadal rivojlanayotgan yangi muhitga kirganida, tabiiyki, ziddiyat yuzaga keladi. Bu ziddiyat yo doimiy ravishda tezkorlik bilan real sharoitlarga moslashish, yo kelgusi o‘zgarishlarni bashorat qilish va ularga mos tarzda javob choralari ko‘rish usullarini, ya'ni strategik boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqishga imkon beruvchi maxsus boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Korxona muvaffaqiyatini unda band bo‘lgan xodimlar belgilab beradi. Aynan shuning uchun ham korxonani boshqarishning zamonaviy konsepsiyasi boshqaruv faoliyatining ko‘p sonli funksional sohalari ichidan aynan ishlab chiqarishni tarkibiy qismi bo‘lmish kadrlar – mehnat resurslariga alohida urg‘u beradi.
Mavzuning dolzarbligi to‘g‘risida so‘z yuritadigan bo‘lsak, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ichki va tashqi moliyaviy munosabatlarining murakkab va ko‘p qirraligi uning menejerlar tomonidan inson resurslarini strategik boshqarishni tashkil etish zarurligini anglatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |