Bob. Korporativ strategiya va ijtimoiy mas’uliyat
4.1. Korporativ strategiya mazmuni va mohiyati
Biznes iqlimning o‘zgarishiga qo‘yidagilar kiradi:
-markazlashtirishni yo‘qotish;
-biznes iqlimning beqarorligi, globallashuv;
-texnologiyalarning tez o‘zgarishi;
-jamoatchilikning hulqqa va poraxo‘rlikka qarshi katta e’tibori (masalan, «Korporativ ijtimoiy mas’uliyat haqida ming yillikning jamoatchilik fikri» so‘rovi natijalari);
mehnat kuchining va bozorlarning xilma-xilligi;
ommaviy axborot vositalarining izlanishlari.
Ayrim joriy masalalar o‘z ichiga qo‘yidagilarni qamrab oladi:
o‘z maqsadlari bo‘yicha ishlatilmayotgan mablag‘lar;
qonunlarning amaliyotga nomuvofiqligi;
poraxo‘rlik vaziyati, juda past tadbirkorlik faoliyati;
aksiyadorning faolligi – Kuzatuv kengashi, kompaniya rahbariyati hisob berib turishi lozim;
Sifat va unumdorlikka xodimning munosabati. «Shaxsiy fikr va guruh yoki rahbariyat fikriga ergashish»
Ilgari investorlar o‘z diqqatini investitsiyalar uchun odatiy bo‘lgan tavakkalchiliklarda jamlar edi:
investitsiyalarning moliyaviy qaytishi;
siyosiy barqarorlik / samaradorlik;
boshqariladigan sug‘urta siyosati;
rivojlangan moliyaviy tuzilma;
Hozirgi paytda investorlar ko‘proq quyidagilarga e’tibor bermoqda:
korporativ rahbariyat;
ijtimoiy mas’uliyat.
Zaif korporativ boshqaruv korporatsiyalarga investitsiyalarning kelishini cheklaydi va oqibatda o‘sish va rivojlanishni ham cheklaydi. Korporativ rahbariyatning samaradorligiga ko‘r-ko‘rona ishonish kerak emas. Korporativ boshqaruv global kapital uchun kurashishda tobora muhimroq omil bo‘lib bormoqda. O’z ixtiyori bilan qabul qilingan «Biznes hulq kodeksi» qonuniy va hulqqa muvofiqlikni quvvatlashda rahbariyatni yaxshilash jarayonidagi birinchi qadam bo‘lmoqda.
Korporatsiyalarning moliyaviy siyosati korporatsiyaning umumiy strategiyasining bir bo‘lagi bulib, uning maqsad va vazifalariga tu0ri kelishi lozim. Korporpatsiyaning rivojlantirish strategiyasi barcha mablag‘larning samarali taqsimlanishi va foydalanishini ta’minlaydi: moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, shuningdek yer va texnologiyalarining raqobotlilik muhitida barqarorlik darajasini saqlaydi.
Shuning uchun, birinchi navbatda, boshqaruvning tezkor shaklini (tahlilsiz qarorlarni qabul qilish) qo‘llangandan kura, tahlil va bashorat orqali boshqarishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. (rasm)
UMUMIY STRATEGIYA
Tashkillashtirish strategiyasi
|
Moliyaviy strategiya
|
Ishlab chiqarish strategiya
|
Marketing strategiya
|
Brend strategiya
|
Korporatsiya strategiyasini ishlab chiqish mahsulotni ishlab chiqarish, bozorni rivojlantirish, xatarlarni baholash, korporpotsiyalarning moliyaviy xo‘jalik tahlili asosida aniqlangan holati,korporatsiyalarning kuchli va zaif tomonlari buyicha bashoratlarini amalga oshirish asosida tuzilishi lozim. (rasm ). Bizning fikrimizcha, korporatsiyalarning umumiy strategiyasi korporativ birlashmalarning turiga ham bog‘liqdir.
Korporasiyalar strategiyasini ishlab chiqish
Do'stlaringiz bilan baham: |