404
Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim o‘rin tutib, u
o‘z ichiga
pul-kredit sohasidagi inqiroz, valyuta inqirozi, birja inqirozi va
boshqalarni oladi. Hozirgi vaqtda AQSH va Evropaning
aksariyat mamlakatlarida
ro‘y berayotgan inqiroz ham dastlab moliya sohasida boshlanib, keyinchalik ishlab
chiqarish sohasiga ham tutashib ketdi.
Pul-kredit sohasidagi inqiroz.
Mamlakatda pul-kredit tizimining tang
ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti qisqaradi. Aksiya va
obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi
natijasida banklar sinib, yalpi
holda bankrotlikka uchraydilar.
Valyuta inqirozi.
Bunda milliy valyutaning obro‘si tushib ketadi. Bankda
valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi.
Birja inqirozi.
Bu tanglik birjada qimmatli qog‘ozlar
kursining tezda tushib
ketishi, ularni emissiya qilishni qisqarishi, fond birjalari faoliyatidagi chuqur
tushkunlikda ifodalanadi.
Ekologik inqiroz.
Atrof-muhitni eng avvalo inson sog‘lig‘ini yo‘qotish,
umrini qisqartirishga olib keladigan darajada
vaziyatni vujudga kelishida
ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Tarmoqlar inqirozi.
Bu milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab,
ishlab chiqarishning tarkibiy o‘zgarishi yoki normal xo‘jalik aloqalarining buzilishi
tufayli yuz beradi.
Tarkibiy inqirozlar.
Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir ko‘rinishi yoki uning
bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari
bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi.
Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar
va shu jumladan iqtisodiy
faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar
arafasidagi xarid qilish, iste'mol tovarlarining faollik sur'atida,
asosan chakana
savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, avtomobil
sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo‘ladi.
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya'ni uzoq
muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning ortishi
yoki pasayishiga bog‘liq. Bu erda shuni ta'kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda
(masalan AQSH) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o‘sish bilan tavsiflansa,
boshqalari uchun iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi xos.
Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko‘plab
qarashlar mavjud
bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pchilik iqtisodchilar ishlab chiqarish va bandlik
darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi,
deb tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: