S. Vigotskiyning ta’limning ikki turi: 1) spontan va 2) maxsus tashkil qilingan
turlari haqidagi fikriga muvofiq keladi. Spontan ta’limda, L. S. Vigotskiyning
obrazli tili bilan aytganda, bola "o’z dasturi bo’yicha" harakat qiladi. Atrof-
asosida o’zlashtiriladi. So’zlovchi til haqidagi bilim asosida nutqiy faoliyatga
kirishsa-yu, lekin nutqiy tajriba asosida hosil bo’ladigan bilimga yetarli ega
bo’lmasa, uning lingvistik kopmetensiyaga to’liq ega emasligi bilinib qoladi.
48
maxsus dastur asosida puxta o’rganadi. Movarounnahr va Xurosonda ulamo
sifatida katta izzat-ikromga sazovor bo’ladi. Lekin bir o’tirishda birgina harakati
bilan musulmon emasligini sezdirib qo’yadi. Yoqimli musiqa ovozidan
huzurlanib, oyog’ining uchini tebratadi. Sahrq ahli musiqadan zavqlanganini
oyoq uchini qimirlatish orqali emas, boshini gorizontal chayqash orqali
ifodalaydi.
Demak, nutqiy kopmetensiya nutqiy tajriba va til haqidagi bilim
munosabati bir butunligi asosida shakllanadi. Shunday ekan, o’quvchilarning
nutqiy kopmetensiyasini shakllantirish jarayonida bu ikki tomonning o’zaro
munosabatini hisobga olish katta ahamiyatga ega. Aytaylik, nutqiy jarayonda
nutq oqimi bilan birgalikda unga qo’shimcha ravishda qo’llaniladigan
so’zlovchining yuz, ko’l, ko’z, lab harakatlari, ovozning baland-pastligi singari
turli xil paralingvistik vositalardan foydalanish malaka va ko’nikmasi spontan,
bolalarda nutqiy muhitni bevosita kuzatish asosida "o’z dasturi bo’yicha"
shakllansa, nutq oqimini to’g’ri ishga solish malaka va ko’nikmasi maxsus
dastur asosida o’qish mahsuli sifatida maydonga keladi.
Nutqiy kopmetensiya – o’quvchining notanish matnni ifodali o’qiy olish,
o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og’zaki qayta bayon qila
olish, fikrni yozma ravishda izchil ifodalay olish darajasi hisoblanadi.
Masalan: 8-sinfda (1-chorak, 1-dars) "So’zdan so’zning farqi bor"
mavzuiga doir (1-mashq) "Mukofot va jazo" hikoyati berilgan. Matn mazmuni:
Qadimda podsholardan biri tush ko’rib munajjimlardan bashoratini so’raydi.
Birinchi munajjim aqlli bo’lsada, dag’al so’zli dilozor edi. Munajjim tushga
shunday ta’bir beradi: "Podshohim, barcha do’st-yorlaringiz vafot etadi,
o’zingiz yolg’iz qolasiz", deydi.
Podshoning vaziri shunday ta’bir beradi: "Podshohim, ko’rgan tushingiz
muborak bo’lsin. Sadaqalar bering, bandilarni zindondan ozod qiling. Siz uzoq
umr ko’rasiz", deydi. Podsho vazirini mukofotlaydi.
O’quvchi matnni o’qish orqali undan xulosa chiqarish, shirin va muloyim
so’zlash, so’z tanlash, o’ylab gapirish haqida maqollar, hikmatli so’zlardan
49
foydalanib fikrini og’zaki va yozma ravishda izchil ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: