Tadqiqotning maqsadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ta’limda til
kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish muammosini yoritib berishdan
iborat.
Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot oldiga qo’yilgan asosiy vazifalar
quyidagilardan iborat:
1. Kompetensiyalarning fan va turmushga kirib kelishini yoritish.
2. Hozirgi zamon o’qituvchisi kompetentligiga qo’yiladigan talablarni
yoritish.
3. Til ta’limiga oid kopmetensiyalarning o’ziga xosligini aniqlash.
4. Ona tili o’qituvchilarining kompetentligi darajasiga qo’yiladigan
talablarni izohlash.
5. O’quvchilarning til kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish
yo’llarini o’rganish.
6. Ona tili o’quv fani bo’yicha shakllantirilishi zarur bo’lgan tayanch va
fanga oid kompetensiyalarni tahlil qilish.
7. Til kopmetensiyalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan topshiriqlar
tizimini ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |