5
judo bo’lishi muqarrar”
3
Har bir xalqning xalqligini, mavjudligini ta’minlovchi
va namoyon etuvchi ma’naviy-ma’rifiy xazina tildir. Demak, ona tili –
millatning o’zligini ko’rsatuvchi eng muhim, eng ulug’, eng muqaddas vosita.
O’quvchilarni milliy istiqlol, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida
tarbiyalashda barcha fanlar qatori ona tili ham katta imkoniyatlarga ega. “Ona
tili
- milliy ma’naviyat va mafkura, milliy ruh, madaniyat va qadriyatlarning
ulkan xazinasi", “Ona tili-millat tafakkurini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va
ifodalovchi eng asosiy vosita”jumlalari yangi dastur va darsliklar kontseptual
asoslarining dastlabki bandlari hisoblanadi.
4
Ta’lim bo’g’inlarida davlat tili sanalgan ona tilining alohida o’rni bor.
O’zbek tili ona tilimizning juda boy, ma’nodor, jozibali va rang-barangligi
Navoiy zamonidayoq isbotlangan.
Birinchi Prezidentimiz aytganlaridek, qadriyatlarimiz, e’tiqod va
tafakkurimiz, urf-odat va an’analarimiz, boy ilmiy, tarixiy merosimizni asrab-
avaylash va chuqur o’rganish orqaligina ma’naviy olamimizni yuksaltirishimiz
mumkin bo’ladi.
5
Ona tili hayotni bilish, yoshlarda axloqiy tushunchalarni shakllantirish,
yosh avlodning shaxsiy sifatlarini tarbiyalash vositasi bo’lib xizmat qiladi. Ona
tili mazkur tilning egasi bo’lgan xalqning tarixi, madaniyati, urf-odati, adabiyoti
hamda san’atini bilish, o’rganish vositasi hamdir. Ona tili o’quv fanlarining
asosidir. Ona tilini o’rganish juda katta ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
ahamiyatga ega. Shaxsning tarbiyalanganlik darajasi ham tilni bilish bilan
belgilanadi. Jamiyat rivojlangan sari ona tili o’qitishning maqsad va vazifalari
ham takomillashib boradi. Ona tili ta’limi o’z oldiga yoshlarda mustaqil va
ijodiy fikrlash, og’zaki hamda yozma nutq ko’nikmalarini shakllantirish va
rivojlantirish, ularda til sezgirligini tarbiyalash maqsadini qo’yadi.
Umumiy o’rta ta’lim tizimidagi fanlar orasida milliy mafkura g’oyalarini
3
И.Каримов, “Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар”, Тошкент, 2000, б.45
4
Qarang.“Ta’lim taraqqiyoti”, 1999, 1-maxsus son, 64-bet.
5
Каримов И.А. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада
юксалтиришдир. – 2009 йилнинг aсoсий якунлaри вa 2010 йилдa Ўзбeкистoнни ижтимoий-иқтисoдий
6
o’quvchilarga singdirishda o’zbek xalqi milliy ruhini o’zida mujassam etgan
“Ona tili” fanining alohida o’rni bor.
Ma’lumki, o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishdan maqsad, ularda tez
o’zgarayotgan dunyoda o’z o’rnini topish, jamiyatda qiynalmasdan yashashi
uchun zarur bo’lgan hayotiy ko’nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
Ta’lim berish jarayonida har bir pedagog qanday qilib, qanday usullar
bilan dars jarayonida o’quvchilarni faollashtirish mumkin degan haqli savol
tug’iladi.
Davlat ta’lim standartlari talablariga asoslangan holda mustaqil
O’zbekistonning yosh avlodiga ta’lim-tarbiya berish o’qituvchilarga ma’suliyatli
vazifalarni yuklaydi. Hozirgi vaqtda o’qituvchilar oldida fan asoslarini
o’qitishning
ilmiy-nazariy
saviyasini
ko’tarish,
o’qitish
usullarini
takomillashtirish
natijasida
dars
samaradorligini
oshirish
va
sifatini
yaxshilashdek ishlar turibdi va bu vazifalarni bajarishda yangi pedagogik
izlanish natijalarini amaliyotda joriy qilish dolzarb muammolardan biridir.
Xususan, ona tili fanini o’qitishda muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish bilan
dars o’tilsa, maqsadga mos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: