Mavzu: Boshlang`ich sinfda o`quv tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qilishning asosiy qonun qoidalari
MUNDARIJA
KIRISH ..............................................................................................................3
1. Bob. Guruh rahbari yuritadigan hujjatlar quyidagilardan iborat.
1.1. Sinf rahbari ish faoliyatini tashkil etishng shart-sharoitlari.......................7
1.2.Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati. ..9
2.Bob. SINF RAHBATINING ASOSIY QONUN QOIDALARI
2.1. Zamonaviy sinf rahbariga qo’yiladigan talablar. .......................................19
2.2. Barkamol avlodni tarbiyalash- sinf rahbarining bosh maqsadi. ..............25
XULOSA. ...........................................................................................................38
DABIYOTLAR RO’YXATI. ............................................................................39
Kirish.
Istiqlol sharofati tufayli jahonga qayta yuz ochgan mustaqil diyorimizda barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat qaratilmoqda, O’zbekistonning kelajagi bo’lmish yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni jismonan sog’lom, baquvvat, ma’naviy barkamol etib voyaga yetkazishga prezidentimizning o’zlari shaxsan bosh-qosh bo’lmoqda. Yurtboshimizning “Biz o’z iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho’qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak”, degan so’zlari buning yorqin dalilidir. Kelajagimiz poydevori bailimdarajalarida yaratilar ekan, ya’ni yurt kelajagi farzandlarga bog’liq ekan, buning uchun har qaysi ota-ona,murabbiy, ustoz har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’ra bilishi zarur.
Sinf rahbari maktab o’qituvchilar jamoasi va pedagogika kengashining a’zosidir. Umumiy o’rta ta’limda tarbiyalanuvchilarga alohida pedagogic ta’sir tizimida sinf rahabri faoliyati alohida o’rin egallaydi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan sinf rahbari faoliyati samaradorligini oshirishga imkon beruvchi me’yoriy hujjat- Nizom 2007-yil 20-yanvardagi 19-buyruq asosida taqdim etildi.
Sinf rahbari uchun Nizom dasturulamal bo’lib, uni barkamol avlod ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda:
1.o’qituvchilar
2. bolalar yetakchisi
3. psixolog
4. ota-onalar
5. ta’lim muassasasi maktab direktori orqali
6.voyaga yetmaganlar komissiyasi
7.mahalla.
8. huquq-targ’ibot idoralari va turli ijtimoiy jamoalar bilan hamkorlik qiladi.
Boshlang’ich sinflarda sinf o’qituvchisi rahbar hisoblanadi. 5-9 sinflarda rahbarlikka tajribali, faol, o’z burch va ma’suliyatini his etadigan o’qituvchi ta’yinlanadi.
Nizom quyidagi bo’limlardan iborat:
Sinf rahbarining vazifalari.
ota-ona va mahalla bilan hamkorlik.
o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
o’quvchini o’zini-o’zi boshqaruv tizimini takomillashtirish.
ta’lim muassasasi, pedagogic jamoa bilan birga ishlash.
sinf rahbarining huquqlari.
sinf rahbari ishlarini rejalashtirish va tashkil etish.
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi davrda o’quv muassasalari va ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga juda katta ijtimoiy ahamiyatga molik vazifalar qo’yilmoqda. Shuning uchun ham yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirish, g’oyaviy va siyosiy jihatdan chiniqtirish, yuksak axloqiy fazilatga ega qilish, ularni mehnatga va ongli kasb tanlashga tayyorlash lozim. Bu vazifalarni amalgam oshirish va hal qilishda esa sinf rahbarining o’rni benihoya katta. Chunki u bir sinf sharoitida tarbiyaviy vazifalarni amalgam oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi. Sinf rahbari ta’lim muassasasida “universal pedagog” bo’la olishi lozim. Buning uchun esa sinf rahbaring ish faoliyati, vazifalari va ularga qo’yiladigan talablar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |