Bob. Ekskursiya xizmatida obyektlarni hikoya qilish usullari



Download 286,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana23.07.2022
Hajmi286,48 Kb.
#841565
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ekskursiya xizmatida obyektlarni hikoya qilish va ko\'rsatish usullari

Tasvirlash usuli
ekskursantlar ongida obyektning shakl-shamoyili, hajmi, 
qanday materialdan tayyorlanganligi, atrofdagi obyektlarga nisbatan joylashuvi 
haqida to‗ri taasurotlar hosil bo‗lishiga yordam beradi. Tasvirlash usuliga aniqlik
konkretlik xosdir. Mazkur usul obyektning tashqi qismidagi o‗ziga xosligini gid 
tomonidan bayon etilishini nazarda tutadi. 
Tavsiflash (harakteristika berish) usuli
predmet, hodisa, shaxsning sifati va 
farq qiluvchi xossasini aniqlashga qaratilgan. Ekskursiya jarayonida obyekt va 
shaxslarning so‗zli tavsifi (harakteristikasi) beriladi. 
Tasvirlash usulidan farqli ravishda tavsiflash usulida obyekt va uning o‗rnini 
aniqlashda bir qator xususiyat va xossalari sanab o‗tilib, obyektni o‗xshash obyektlar 
orasidan ajratadi yoki aksincha, ular bilan uyunlashtiradi.
Tasvirlash usulida obyektning faqatgina tashqi qismlariga e‘tibor qaratilsa, 
tavsiflash usulida uning ichki tomoni, ya‘ni ko‗z ilamas xossalari, qadr - qimmati, 
mualliflik yondashuvining o‗ziga xosligi, jozibadorligiga to‗xtalib o‗tiladi. Misol 
tariqasida Samarqanddagi «Registon» maydonini bezab turgan «Tillakori» 
madrasasini qisqacha tavsifini berib o‗tishimiz mumkin: Tillakori XV asrda 
poydevori qisman saqlanib qolgan karvonsaroy ustida qurilgan, imorat ham madrasa 
va ham shahar masjidi vazifasini o‗tagan. Masjid ko‗pgina gallereyani birikitiruvchi 
yagona markaziy katta zalga ega bo‗lib, hujralar bilan o‗ralgan ko‗rkam hovli ham 
mavjud. Aylana ustidagi tashqi feruza rang gumbaz bizning davrimizda tugal holga 
aylantirilgan. Mehrob yoniga baland marmar minbar qurilgandir. Obidani mozaik 
bezatishda sariq, yashil o‗ymakorlik san‘ati jilolari keltirilgan. Masjidning ichki 
qismi kundal texnikasi asosidagi oltin suvi yuritilgan gulli o‗simlik bezaklari (uni 
Tillakori –Oltin bilan bezatilgan) bilan boyitilgan. Tillakorining sharqida 
Shayboniylar daxmasi joylashgan (XVI asr boshida ko‗chani to‗rilash natijasida 
o‗zining ilk o‗rniga qaytarilgan). Mazkur baland bo‗yli, to‗riburchakli, marmarli 
maydonda o‗z vaqtida Shayboniylarning Samarqanddagi avlodi qabrlari qo‗nim 


79 
topgan. Madrasa ta‘surotga boydir. Uni bir ko‗rish bilan bir umr esda saqlash 
mumkin. 
Reportaj usuli
jurnalistika janriga xos bo‗lib, ayni damda gid ko‗z oldida sodir 
bo‗layotgan hodisani tezkorlik bilan yetkazib berishdan iborat. Mazkur janrni 
qo‗llayotgan jurnalist har doim sodir bo‗layotgan voqea yoki hodisaning guvohiga 
aylanadi. Gid ekskursiya xizmati davomida ekskursantlar guvohi bo‗layotgan hodisa, 
jarayonni sharhlab boradi (masalan, hamirni bo‗lakchalarga ajratib, «Samarqandcha» 
nonni yasayotgan nonvoy harakatlari), ekskursantlar esa ko‗z o‗ngida jarayon 
rivojlanib borayotganligini kuzatadilar.

Download 286,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish