LCD (Liquid Crystal Display - Suyuq kristall displey) Displey:
LCD ekran bu maxsus elektron modul bo’lib, ma’lumotni ko’rsatish uchun foydalaniladi. Hozirgi kunda ushbu qurilmalardan turli o’lchamlarda foydalanib kelinmoqda. 16X2 o’lchamdagi LCD displey turli xildagi elektron va radioqurilmalarda foydalaniladi. Ushbu qurilma iqtisodiy jihatdan samarador va oson dasturlanadi. 16X2 o’lchamining ma’nosi bir qatorga 16 ta simvol joylashadi va shunday qatordan ikkitasi ushbu displey ekranida joylashadi. Har bir simvol 5X7 pikselli matrisa o’lchamida bo’ladi (3.7-rasm).
3.7-rasm: LCD displeyning PIN diagrammasi
Do'stlaringiz bilan baham: |