Tozalash qazilmagohlarini mahkamlash
Kon jinslari yumshoq, bo‘sh bo‘lganda tirgak mahkamlash inshootlari qo‘llanilganda ishlarning xavfsizligini ta’minlash uchun g‘ovak qatlam (plast) larda tozalash zaboyining shipi, tik qazilmalarda esa osma va yotma yonlar mahkamlanishi kerak.
Mahkamlash yog‘och, to‘r, to‘rli shtangalar yordamida bajarilishi kerak.
Tik va qiya ruda tanalarini tirgak mahkamlash tizimi yordamida qazishda o‘yiladigan bo‘shliq kengligi 3 m dan oshmasligi kerak.
Tozalash zaboylarini mahkamlash mazkur Qoidalarning 62-bandida ko‘zda tutilgan tartibda tuzilgan va tasdiqlangan mahkamlash pasportiga muvofiq bajarilishi kerak.
Tozalash zaboyidagi shikastlangan mahkamlash inshootlarini tiklash boshqa ishlardan oldin bajarilishi kerak.
Kirish qazilmasi mavjud bo‘lgan qatlamlar, qavat osti, o‘yma shtrek (orta)lar kesishgan joylar kirish o‘ymasi boshlangunga qadar mustahkam mahkamlanishi kerak.
Bo‘sh rudalarda stanokli mahkamlash inshootlari yordamida qazish tizimida zaboy shiplari portlatish ishlari bajarilgandan keyin doimiy mahkamlash inshootlari o‘rnatilgunga qadar vaqtinchalik mahkamlash inshootlari bilan tutib turilishi kerak.
Ishchilarning tozalash qazilmagohlari bo‘ylab harakatlanishi
Tozalash zaboylari bilan aloqa mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq jihozlangan yurish bo‘linmalari orqali amalga oshirilishi kerak. YUrish bo‘linmalari doim rudadan tozalab turilishi va foydalanish uchun yaroqli holatda bo‘lishi kerak.
Tik va qiya ruda tanalarida tirgak mahkamlash inshootlari yordamida qazish tizimida ishchilar tozalash zaboyiga ko‘chirilgan kirish joyi orqali kirishlari va kamardan kamarga faqat narvonlar bo‘ylab harakatlanishlari kerak.
Mustahkam zamindan tashkil topgan o‘ymalarda kamarlar ishchilarning kamardan kamarga o‘tishlari uchun narvonlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Qiya qatlamni bekitish paytida kameraga kirish ta’qiqlanadi.
Qavat osti o‘pirish yordamida qazish tizimida skreper blokchasini o‘rnatish uchun o‘pirilayotgan bo‘shliqqa kirish ta’qiqlanadi. Blokcha strelaga mahkamlanishi kerak.
Qavat osti shtreklar yordamida qazish tizimida ochiq kamerada odamlarning bo‘lishi ruxsat etilmaydi.
Majburiy qavatli o‘pirish yordamida qazish tizimida ishchilarning qazilmalardan massivni qirqish va o‘pirish paytida hosil bo‘lgan bo‘shliqlarga chiqishi ta’qiqlanadi.
Ruda otboykasi uchun chuqur quduqlarni burg‘ilash ishlari bajariladigan qavat va qavatosti qazilmalardan kameraga chiqish joylari to‘silgan bo‘lishi kerak.
Qavat osti shtreklar bilan qazib olish tizimida:
a) qavat osti va mustahkam rudalarning zaxodkalari kengligi kamida 2,0 m va balandligi ko‘pi bilan 2,5 m bo‘lishi kerak. Zaxodka etagi gorizontal bo‘lishi kerak. «YOpiq» zaxodkalarning balandligi 3 m gacha bo‘lishi ruxsat etiladi;
b) juda mustahkam rudalarni qazib olishda qavatostilarning ship-kamar holatida joylashishi ruxsat etiladi, kamar old qismining maksimal balandligi 6 m dan oshmasligi kerak;
v) qavat osti qazilmagohlar(treklar, ortalar)dan rudani otboyka qilishda, agar oldindan tayyorlangan shtangali shpur dastalaridan kam bo‘lmagan miqdordagi o‘yiqlar bo‘lmasa, qazilmalardan kameraga shtangali shpur dastalarini portlatish ta’qiqlanadi.
Qavat-qavat o‘pirib qazib olish tizimida:
a) zaxodka kengligi va balandlik 3m dan oshmasligi kerak;
b) blokni ishlash bir vaqtning o‘zida bir nechta qavatda olib borilishi mumkin, bunda bitta qavatda olib borilayotgan ishlar ikkinchi qavatdagiga nisbatan elastik to‘shama (mat) va jinslarning normal tushishini ta’minlovchi masofada, lekin kamida 10 m orqada bo‘lishi kerak.
Qavatosti o‘pirish yordamida bir vaqtning o‘zida bir nechta qavatosti ishlanayotganda har qaysi yuqori qavatosti pastkisiga nisbatan loyihada belgilangan, lekin bitta qavatosti balandligiga teng uzunlikdan kam bo‘lmagan masofada oldinda bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |