Bmtda Bosh Assambleyasida ilk marotaba o‘zbek tilida nutq yangradi



Download 270,77 Kb.
bet1/4
Sana30.06.2022
Hajmi270,77 Kb.
#721616
  1   2   3   4
Bog'liq
BMT 75-sessiya


Bugun, 23 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida chiqish qildi. Unda davlat rahbari mintaqa va global miqyosda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, barqaror taraqqiyot, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash kabi masalalarda o‘z tashabbuslarini ilgari surdi.
Ushbu tarixiy ahamiyatga ega chiqishni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalar kuzatib borishdi.

BMTda Bosh Assambleyasida ilk marotaba o‘zbek tilida nutq yangradi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z nutqini koronavirus pandemiyasi mavzusidan boshladi.
«Bunday global falokat sayyoramizda so‘nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko‘rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o‘zaro bog‘liq ekanini, o‘rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o‘ta muhimligini isbotladi.
Shu yo‘lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o‘zaro sa’y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik.
Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta’minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir.
Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning o‘z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim», dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘zbekistonda koronavirus qayd etilgan dastlabki kunlardan boshlab barcha sa’y-harakat va resurslar bu xavfli kasallikni jilovlash va eng asosiysi – odamlar hayotini saqlab qolishga qaratilgani ta’kidlandi. Pandemiyaning salbiy oqibatlarini yumshatish uchun ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash tizimlari keskin kuchaytirilayotgani, aholiga, iqtisodiyot tarmoqlari va biznesga manzilli ko‘mak ko‘rsatilayotgani, shu maqsadda maxsus jamg‘armalar tuzilgani qayd etib o‘tildi.
Prezident fursatdan foydalanib, sinovli damlarda beg‘araz yordam ko‘rsatgan barcha do‘st va hamkorlarga chuqur minnatdorlik izhor etgan.
«Biz xalqaro hamjamiyatning pandemiyaga qarshi samarali kurashish bo‘yicha barcha harakatlarini, jumladan, zarur dori-darmon hamda vaksinalar ishlab chiqish va ulardan keng foydalanishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Shuningdek, Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblarining bugungi inqirozli vaziyatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan sammitni o‘tkazish bo‘yicha taklifini ma’qullaymiz», degan davlat rahbari.

Davlatimiz rahbarining chiqishidan so‘ng, TATU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Xayrulla Umarov Universitet professor-o‘qituvchilariga ushbu nutq jahon siyosiy maydonida qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi, prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi murakkab vaziyatda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon siyosiy-iqtisodiy maydonidagi tub islohotlarga to‘xtalib o‘tganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
X.Umarov Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi o‘zbek tilidagi chiqishi milliy tilimiz, milliy davlatchiligimiz muhim ahamiyatga ega ekanligini va bu orqali Ona-tilimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi
23.09.2020

Muhtaram Rais Vo’lkan Bozkir janoblari!
Muhtaram Bosh kotib Antoniu Guterrish janoblari!
Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!
Xonimlar va janoblar!
Bosh Assambleyaning yetmish beshinchi sessiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarixida birinchi marta butunlay yangi formatda – koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn muloqot rejimida bo’lib o’tmoqda.
Bunday global falokat sayyoramizda so’nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko’rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat yer yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o’zaro bog’liq ekanini, o’rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o’ta muhimligini isbotladi.
SHu yo’lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o’zaro sahy-harakatlarini birlashtirish, umumiy mashuliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik.
Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini tahminlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir.
Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida 
Download 270,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish