Shuningdek, BMT vakillari bolalarni kichik yoshdan boshlab rivojlantirish masalalari nihoyatda katta ahamiyatga egaligi bois loyiha tomonidan qamrab olingan tumanlarda bu borada yangi yondashuvlarni amaliyotga tadbiq etib hozirda mavjud bo’lgan tegishli muassasalarni takomillashtirish zarurligini alohida ta’kidlaydilar. BMT vakillari Mo’ynoq tumani hududida joylashgan 13-bolalar bog’chasi hamda Konliko’l tumani Janakala qishlog’ida joylashgan 11-bolalar bog’chasiga tashrif berib mahalliy aholining infratuzilmani takomillashtirish borasidagi ehtiyojlari to’g’risida ma’lumot olishga muvaffaq bo’lishdi.

BMT uchun energiya samaradorligini oshirish masalalari ustuvor ahamiyatga egaligi bois, BMT vakillari Konliko’l tumanining Besko’pir qishlog’i hududida joylashgan ta’mirlanib zamonaviy energiya jihatidan samarador bo’lgan/energiyani tejovchi texnologiyalar bilan jihozlangan tajribaviy maktabga ham tashrif buyurdilar. Mazkur tajribaviy loyihaning natijalari faqatgina energiya jihatidan samarador bo’lgan quruvchilik usullarini qo’llash orqali maktabning energiya iste’molini 50 foizdan ham ortiqroq hajmga qisqartirish mumkinligini ko’rsatdi.
O’zbekiston BMTning Taraqqiyot dasturi, YUNISEF, Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti, BMTning qochoqlar ishlari bo’yicha agentligi va boshqa institutlari bilan O’zbekiston hududidagi qirg’izistonlik qochoqlarga yordam ko’rsatish borasida yaqindan hamkorlik qildi.

O’zbekistonning Qirg’iziston janubidagi zo’ravonlik qurbonlariga yordam ko’rsatish borasidagi tadbirlari hamda uning oqilona va vazmin siyosati jahon hamjamiyati tomonidan yuqori baholandi. Bir qator davlatlar rahbarlari, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, Qirg’iziston prezidenti O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovga 2010 yil iyun oyida Qirg’iziston janubidagi fojiali voqyealar oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish borasidagi O’zbekistonning konstruktiv sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirishdi.