Bmt ning ming yillik rivojlanish maqsadlari va barqaror rivojlanish maqsadlari. Birlashgan millatlar tashkiloti bmt



Download 275 Kb.
bet19/21
Sana03.07.2022
Hajmi275 Kb.
#735029
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
BMT ning ming yillik rivojlanish maqsadlari va barqaror rivojlanish maqsadlari.

Tinchlik oʻrnatish faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1999-yilning soʻngida Bosh kotib BMTga aʼzo davlatlar va xalqaro fuqaro xizmatchilarni xalqaro hamjamiyatning 1994-yil Ruandadagi genotsidning va 1995-yili Srebrenitsa qulashining oldini olish borasidagi oʻrinishlari besamar ketganligini eʼtirof etishga chaqirdi. Bundan keyingi tinchlik oʻrnatish operatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha amaliy va amalga oshirilishi mumkin takliflarni ishlab chiqish uchun maxsus tanlab olingan ekspertlar kengashi chaqirildi va 2000-yil avgustida, Mingyillik sammiti arafasida BMTga aʼzo davlatlarga mazkur kengash raisi Laxdara Braximi nomi bilan atalgan „Braximi Maʼruzasi“ joʻnatildi. Kengash xalqaro hamjamiyat tomonidan baʼzi tinchlikni taʼminlash operatsiyalari, shunchaki, „mendan ketguncha, egasiga yetguncha“ qabilida, hatto, adolatli ishni amalga oshirishga irodasi boʻlmaganda ham yoki qanday tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi haqida kelishib olinmasdan turib, amalga oshirilgan, degan fikrga keldi. Toʻgʻrisini aytganda, Braximi Maʼruzasi chala-yarim choralardan voz kechib, istakni haqiqat oʻrnida koʻrishdan aniq va keng miqyosda qoʻllab-quvvatlanadigan amaliy rejalarga oʻtishga chorladi. Kengash, muvaffaqiyatli harakatlarga zamin yoʻq boʻlsa, yaxshisi, umuman hech qanday operatsiya oʻtkazmaslik lozimligini; harakatlar amalga oshiriladigan boʻlsa, operatsiyalar yaxshi taʼminlangan va kuchli madadga ega boʻlishi kerak, degan fikrni bildirdi.
Maʼruzada ishonchli harbiy ishtirokka zarurat tugʻilsa, koʻp sonli, yaxshi qurollangan va yaxshi oʻrgatilgan qoʻshin qoʻllash lozimligi tavsiya etilgan. Kengash tinchlik oʻrnatish missiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul bosh qarorgohlardagi xodimlar sonini koʻpaytirish va BMTga aʼzo davlatlar, ayniqsa, Havfsizlik Kengashi aʼzolari tomonidan siyosiy, moliyaviy va moddiy jaihatdan yanada kuchliroq qoʻllab-quvvatlanishi lozimligini isbotlab berdi. Shu bilan birga, Kengash tinchlik oʻrnatuvchilarning joylardagi va bosh qarorgohlarlardagi harakatlarini baholashning yanada qatʼiyroq andazalarini belgilab berdi.
Bosh Assambleya Tinchlikni saqlash boʻyicha operatsiyalar departamenti xodimlari sonini 50 foizga oshirish va BMTning Brindizidagi (Italiya) Moddiy-texnik taʼminot bazasini taʼminlashga qariyb 150 million AQSh dollari ajratishni maʼqullab, maʼruzaga oʻzining iliq munosabatini bildirdi. Kotibiyat maʼmuriy va taʼminot masalalarida yanada tezkorlikni taʼminlash uchun joylarga yanada kengroq vakolatlar berdi.
2001-yil 11-sentabr voqealari yuz berib, Afgʻonistonda Tolibon tuzumining qulashidan soʻng xalqaro hamjamiyat Birlashgan Millatlar Tashkilotiga siyosiy kelishuvga erishishda vositachi boʻlishni soʻrab, iltimos qildi. Bosh kotib nomi zikr etilgan maʼruzadan soʻng Laxdar Braximidan ilk bor yangi tinchlik oʻrnatish operatsiyasini rejalashtirish va amalga oshirish jarayoniga rahbarlik qilishini soʻradi. Bosh kotib, ushbu maʼruza ruhi va mohiyatidan kelib chiqib, Xavfsizlik Kengashiga joylardagi vaziyatning rivojiga BMT qay yoʻsinda yaxshiroq taʼsir koʻrsatishi zarurligi haqida xolis tavsiyalar berdi. U, „zangori kaskalarni“ joʻnatish oʻrniga, BMTga asosiy siyosiy rol berilib, bu davlatdagi siyosiy, gumanitar va rivojlanish harakatlarini birlashtirish uchun BMTning Afgʻonistonga koʻmak boʻyicha ixcham missiyasini (BMTAKM) tuzishni taklif qildi. Bonn kelishuvini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatli vositachilik, xavfli darajaga yetayotgan gumanitar haloqatning yengillashishi hamda Afgʻoniston muvaqqat maʼmuriyatining tashkil etilishi bunday yondashuvning samarasidan dalolatdir.
Yangi tinchlik oʻrnatish strategiyasi va doktrinasi 2002-yil 20-mayda Sharqiy Timor mustaqilligi eʼlon qilinishi bilan muvaffaqiyatli yakunlangan BMTning Sharqiy Timordagi Muvaqqat maʼmuriyati (BMTShTMM) va shu kabi may oyida osoyishtalikda saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzilgan Syerra-Leonda qoʻllanildi. BMTning Syerra-Leonni qoʻllab-quvvatlash missiyasi bunday burilish uchun zamin yaratish hamda 47 000 nafardan ortiq qoʻzgʻolonchini qurolsizlantirish va demobilizatsiya qilishda koʻmak berdi.

Download 275 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish