Bitiruv malakaviy ishi mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo’lganligi sababli u quyidagi tarkibiy
qismlardan tuzilishi zarur:
bitiruv malakaviy ishning sar varag’i;
mundarija;
kirish qism;
asosiy qism (ilmiy izlanishning nazariy, tajriba tadqiqotlar natijasi) 2 – 3
bob yozilishi
tavsiya etiladi;
xulosa va takliflar; o’rganilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati; ilovalar.
Sar varag’ bitiruv malakaviy ishning birinchi varag’i hisoblanib belgilangan talablar
asosida to’ldiriladi (ilova № ).
Mundarijada kirish, asosiy qismning boblarining va ularga tegishli paragraflar nomlari,
ularning ishda boshlanishi joylashgan betlari va boshqa bo’limlar ko’rsatiladi. Mundarijadagi
sarlavxalar malakaviy ishning asosiy matnidagi sarlavxalar bilan bir xil bo’lishi shart.
Kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy
yangilik yoki muammolik
tomonlari aks ettiriladi, tadqiqot predmeti, obyekti, malakaviy ishda
ko’rib chiqiladigan muammolar, ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi.
Kirish qismida quyidagilar yoritilishi lozim:
tadqiqot mavzusining dolzarbligi;
ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari;
mavzuning o’rganilish darajasining qiyosiy tahlili;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqot predmeti va obyekti;
tadqiqotning ilmiy axamiyati.
Asosiy qismning tarkibi malakaviy ishning qaysi turga mansub ekanligiga bog’liq – hisob
analitik yoki bo’lmasa muammoli tadqiqotlar.
Hisob analitik ishlarda talabalar
iqtisodiyotning muayyan sohasi, hududi yoki boshqa
tarkibiy qismiga bog’lagan holda amaliyotning konkret masalasini hal etishga o’zini
bag’ishlaydi.
Muammoli tadqiqot ishlarda talabalar chuqur ilmiy izlanishlar olib borib muayyan bir
muammoni ilmiy tarzda yechilishini hal etib beradilar.
Asosiy qismning boblarini soni va mazmuni ishni turiga qarab belgilanadi. Odatda
birinchi bobda tadqiqot olib borilgan obyekt bo’yicha qisqacha ma’lumot berish bilan birga
mavzuning umumiy nazariy masalalari, mavzuga mos keladigan tashkilot, muassasa,
korxona
yoki birlashmaning qisqa tavsifnomasi berilishi lozim. Mazkur bobda quyidagi paragraflar
o’zaro mantiqiy izchillikda beriladi:
tadqiqot obyektining funksiyalari, vazifalari, sohasi;
tashkiliy tuzilma, boshqaruv tizimi, uning tashqi va ichki aloqalarining o’ziga xosligi;
tadqiqot obyektining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari;
tadqiqot obyektida mavjud kamchilik va muammolar;
muqobil vazifalarni nazariy va amaliy hal etishning umumiy usullari.
Ikkinchi bobda ko’rilayotgan masalaning hozirgi ahvoli tahlil qilinadi, amaliyot davrida
to’plangan statistik materiallar asosida tadqiqot obyektida mavjud kamchiliklarni yo’qotishga
qaratilgan takliflar va tavsiyalari asoslanishi kerak. Tajriba orttirish vaqtida yig’ilgan
hamda
tadqiqot jarayonida tahlil qilingan meteriallar hal qilinmagan masalalar, muammolarni aniqlash
va shunga muvofiq xulosalar keltiriladi. Muammoni o’rganish uslub va uslubiyati yoritiladi.
Shunday qilib, ikkinchi bob malakaviy ish mazmunining asosiy g’oyasini ifodalaydi.
Uchinchi bobda muallif tomonidan o’rganib chiqilgan materiallar tahlili asosida
erishilgan natijalar, yangiliklari, ixtirolar, me’yoriy ko’rsatkichlar, tavsiya etilayotgan texnologik
jarayonlar asoslab beriladi, shunga mos jadvallar tavsiya etiladi, taklif etilayotgan obyektni
takomillashtirish yo’llari, iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi, ilgari surilayotgan g’oya va
takliflar ilmiy jihatdan asoslanadi.
Xulosa va takliflar qismi malakaviy ishning umumiy xajmining 5-7 foizini tashkil etadi.
Unda ish mazmuni bo’yicha ishlab chiqilgan
xulosalar va aniq takliflar, erishilgan natijalar
mujassamlashtiriladi. Malakaviy ish ayrim boblardagi xulosalar va takliflar bilan ham
tugallanishi mumkin, ammo undan eng muximlari ishning oxirida, ya’ni xulosa bo’limida aks
ettirilishi kerak.
Asosiy qism tarkibi malakaviy ish rejasida beriladi. Reja quyidagilarni amalga oshirishga
imkon yaratadi:
fikrlar ketma ketligini o’zida mujassam etadi va umumlashtiradi;
matn mazmunini ochib beradi;
manba mazmunini xotirada tiklaydi;
konspekt va tezislar o’rnini bosadi;
har xil turdagi yozishmalar, ma’ruza, xabarnoma, hisobot
tuzishga yordam beradi;
amaldagi yozmani yaxshilaydi;
o’z o’zini nazorat qilishni tezlashtiradi;
e’tiborning bir nuqtada bo’lishligiga va mashg’ulotlarni rag’batlantirishga imkon beradi;
yaxshi tanish matnning xotirada paydo bo’lishida foydalaniladiBitiruv malakaviy ishni
yozish uslubi
Reja tuzish tamoyillari
Tayyor ilmiy matnni
1) matnni mazmuniga qarab bloklarga
bo`lish;
2) har bir ajratilgan blokning
mazmuniy bosh fikrini aniqlash;
3) rejada bo`limni matnning boshqa
bo`limlar
bilan mantiqiy butunlikka
bog`lovchi, ajratib turadigan ma`nilokni
ifoda etish.
Yaratilayotgan ilmiy matnni
1) yaratilayotgan ilmiy matnning
tarkibini uning uch bo`limi (kirish, asosiy
qism, xulosa) orqali ifodalash;
2) har bir bo`lim bosh fikrini aniqlash;
3) mantiqiy birligini tashkil etuvchi
rejaga kiritiluvchi savollarni aniqlash
REja turi va tarkibi
Asosiy qismlardan tashkil
topadi
1. ...
2. ...
Do'stlaringiz bilan baham: