Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


 Эшонқул Н. Маймун етаклаган одам. Қисса ва ҳикоялар. –Т.: Янги аср авлоди, 2004. - 48-49-



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

2
 Эшонқул Н. Маймун етаклаган одам. Қисса ва ҳикоялар. –Т.: Янги аср авлоди, 2004. - 48-49-
бетлар. 


bo’lmish san’at ham unga xizmat qilsa-chi? Unda hammayoqda yovuzlik 
yaratiladi, hatto insonning o’zi shu yovuzlikning ijodkoriga aylanadi! 
Asarda chol vujudidagi yovuzlikdan dunyoga kelgan o’g’illarining shu taxlit 
yovuzlik ijodkorlariga aylanishlari haqqoniy va ta’sirchan manzaralarda 
gavdalantirilgan. Inson bolasi ijod etgan yovuzliklar hatto yaratganni lol qoldiradi! 
Ana shuni anglab yetgan ota o’sha yovuzlik zurriyotini vujudida o’stirayotgan, 
yovuzlik onasi bo’lmish qizini bo’g’ib o’ldiradi. O’g’illari esa o’zlari e’tiqod 
qo’ygan yovuzlik domiga g’arq bo’ladilar. Yovuzlik ulardan har birining qalbiga 
joylashib olgan edi. Ana shu yovuzlik timsollari: cho’qqisoqol, cholning o’zi, 
uning farzandlari... Goho ulardan har biri o’zini, bir-birining kim ekanini 
anglashga urinadilar, ammo oxir-oqibat qora rang quyuqlashgan qorong’ulik 
qa’rida singishib, yaxlit bir qiyofaga birlashadilar, shayton bolalariga aylanadilar! 
“Otam kim o’zi? Mening qonimda kimning qoni oqayapti? Nega uni 
ko’rsam qalbim quvonchu shodliklarga to’ladi? Nega u o’z otam, rahnamomday 
tuyuladi, nega uni ko’rsam unga qul bo’lgim keladi, etaklarini o’pgim, unga xush 
yoqish uchun itday hurgim, yaltoqlangim keladi?” – kabi o’zligini taftish etuvchi 
savollar ham asta-sekin barham topib, har birining vujudida yovuzlikka tobelik 
qaror topadi. Ammo, asbob buzilsa, uni tuzatish uchun ustaga olib borishadi. Qalbi 
buzilgan, shayton shogirdiga balki shaytonning zurriyotiga yo quliga aylangan 
insonni tuzatish kimning qo’lidan keladi? Iblis bilan bir to’shakda uxlab yotgan 
ushbu dunyoni-chi? “Qora kitob”ni o’qigan kitobxon qalbi qora kitob 
ko’chalaridan o’tgandagi tasavvurlari, tuyg’ulari g’alayoniga to’lib-toshadi. Bu 
g’alayon “Muolaja”ni o’qiganda yanada kuchayadi. Qarshimizdagi uchta kasalning 
dardi, ularni bu darddan forig’ qilish uchun qo’llangan ajabtovur muolajalar haqida 
so’zlab berayotgan muloyim chehrali professor hikoyasi inson ongu shuuri 
yovuzlik yaratishga nechog’li ustasi farang ekaniga yana bir karra ishontiradi va lol 
qoldiradi! Zarracha achinish hissidan bebahra, diydasi tosh, nomigina inson 
bo’lmish odamsimon maxluqlar “shifoxonasi”, u yerda amalga oshirilgan 
muolajalar, bunday muolajadan kutiladigan natijalar insonni qullikka mahkum 
etishni bosh muddao qilib belgilagan yovuz tuzumni to’la idrok etishimiz uchun 
yetarli. Endigina “muolaja” boshlashga kirishilayotgan palladagi barzangi qiyofasi 
betob erki va haq-huquqi uchun kurashayotgan insonlarni bukish, irodasini 
sindirish nechog’li qiyin, ayni chog’da oson ekanini namoyon qiladi. Professor 
so’zlari bilan aytganda, bu ish eng “ibtidoiy” usulda amalga oshiriladi. Natijada, 
o’n kunlar ichida u kaltakni ko’rsa yelkasini ushlaydigan, o’zini olib qochadigan, 
so’ng har xivchin tushganda dodlay boshlaydigan bo’ladi. Ikkinchi bosqichda 
savalash terining qip-qizil go’shti chiqib qolguncha davom etadi. So’ng zax, sovuq 
xonada saqlangach, bemorning yaralari obdon gazak oladi. Uchinchi davr eng og’ir 
davr: savalash yana davom ettiriladi, kasal faryod qiladi, xayolidagi orzulari, 
“dunyosi” asta-sekin parchalana boshlaydi. Keyingi muolajalar kasalni xushyor 
torttiradi, endi u kaltakka o’rganib qoladi, xatto kaltak xumor ham qilib turadi. 
Shovqin muolajasidan ham foydalaniladi, ya’ni kuchli faryod ovozlarini tinimsiz 
eshitish kasalni faryod chekishga undaydi. Shundan keyingina, u uchinchi kasal 
kabi o’zini yaxshi his qila boshlaydi, u kabi faqat qulluq qiladi va qorindan boshqa 
g’amni tuymaydi.


Manzaraga diqqat qiling: avvalgi qat’iyatli, bosh egmaydigan inson 
vahshiylik, yovuzlik qamchisi ostida o’zligidan ayrildi, faqat yeyish-ichish haqida 
o’ylaydigan maxluqqa aylandi!
Totalitar tuzumning mazmun mohiyatini fosh etuvchi ushbu manzaralar 
inson qadri-yu, haq-huquqlari muttasil toptalgan sharoitda, inson qadri sariq 
chaqalik qimmat kasb etmaydigan, adolat poymol qilingan, yovuzlik hukmron 
muhit manzarasini haqqoniy gavdalantirib turibdi. Bu tuzum qamchisini tutganlar, 
uni yaratgan nazariyotchilar – mafkura ijodkorlari ham eng yovuz kimsalardir. 
Ular odamlarning faryodidan huzurlanuvchi, mana shu lazzatsiz yashay 
olmaydigan yovuz maxluqning o’zi. Xivchin, tosh yotqizilgan yo’lak, temir 
eshiklar: ter, qon va yiring isi, xatto dahlizdagi botayotgan quyosh tasviri – badiiy 
detallarning bari razolatga to’la yovuz muhit, jaholat botqog’iga botgan tuzum 
hayotining ichki mazmunini to’la idrok etishimizga yordam beradi. Xaroba 
ko’rinishida qurilayotgan yangi shifoxona inshootlari undagi bemorlar ruhiyatini 
ifoda etadi. Suqrotona qiyofasi, miqti jussasi, odamga doimo iliq va sinovchan 
tikilib turadigan professor mahobatli yovuzlikni “usti yaltiroq” shaklda tutib turgan 
jamiyat buguni va kelajagining yaratuvchilaridan biri. U yaratgan bino ulkan va 
bahaybat. Xatto quyosh ham butun shaharchani yoritishga endi ojizlik qilishini 
bilganday shiftga tomon chekinmoqda; gumbazdagi osig’liq soat to’xtab qolgan; 
oyoq ostidagi xazonlar xuddi muolaja qilinayotgan kasallarning mungli 
ingrashidek ovoz beradi. Hyech shubhasiz bu – halokatga mahkum tuzumning 
qiyofasi! Yozuvchi mahorati shundaki, u mazkur qiyofa ortini bor dahshati, 
mazmun mohiyati ila gavdalantirib bera olgan. 
“Qora kitob” timsoliga uyg’unlik kasb etgan ayni shu makon ichidagi 
ramzlar, obrazlar insoniyatni halokatga olib boruvchi zulm va zo’ravonlik, 
yovuzlik va qabohat hukmronligiga qarshi kurashga da’vat etadi. Zotan, har 
qanday kurashni inson eng avvalo o’z dunyosini tozartishdan boshlamog’i lozim. 
Yovuz tuyg’ulardan qutilish esa osonlik bilan yuz bermaydi. 
Insoniyat tarixi bunga yorqin misol bo’ladi. Davrlar biri ikkinchisidan 
o’zmoqchiday shitob bilan harakat qiladi, tinimsiz o’zgaradi. Badiiy tafakkur ham 
shunday. O’zgargani sayin badiiy tasvir imkoniyatlari ham goh kengayadi, goh 
torayadi, tinch turmaydi. Shu tariqa har qanday milliy-badiiy tafakkur biridan 
keyingisiga o’tuvchi bosqichlar evolyusiyasidan tashkil topa boradi. Ana shu 
tadrijiy davomiylik ilg’ab olinsa, milliy-badiiy tafakkurning yaxlit bir jarayon 
ekanligini tasavvur etish oson ko’chadi. Mazkur yaxlit jarayon ichidagi badiiy 
tafakkur evolyusiyasi bosqichlarini aniqlash uchun esa qo’llanilayotgan badiiy 
tasvir vositalari tadrijini o’rganishga to’g’ri keladi. Chunki ijodkor shaxs dunyoni, 
insonni qanday idrok etsa, shunga yarasha badiiy tasvir vositalaridan foydalanadi, 
yangilarini kashf etadi. 
Bugun inson ongi-shuuri o’zgardi. Uning dunyoqarashi, mushohadasi, hayot 
tarzi ham yangilandi. Bu jarayon adabiyotda ham o’ziga xos ko’rinish oldi. Badiiy 
tafakkurda yuz berayotgan o’zgarishlar hikoya tarziga mutlaqo yangi islohlar 
kiritdi. Badiiy tasvir vositalaridan foydalanish imkoni ko’paydi. Natijada, batafsil 
tasvir, bayon hajmining ortishi kuzatildi. Hikoya syujeti va to’qimasini voqea-
hodisalar emas, balki badiiy timsollar, ramzlar, tashbehlar tashkil eta boshladi. 


Muayyan ohang, ritmlar uyg’unligi vositasi bilan kayfiyat uyg’otuvchi – musiqa 
asarlariga monand asarlar yaratila boshlangani o’zbek realistik nasri binobarin, 
o’zbek qissachiligi uchun yangi hodisadir. Bunday izlanishlar o’zbek qissachiligi 
badiiy tafakkurining yuzaga kelishi, shakllanishida ayni jahon adabiyoti ilg’or 
namunalarining ta’siri beqiyosligidan darak beradi. 
Demak, o’zbek qissachiligi o’ziga xos uslublar orqali rivojlanmokda, bu 
o’zbek nasrining umumbashariy badiiy tafakkur simfoniyasiga qo’shila oladigan 
milliy va umuminsoniy ohanglarga egaligidan dalolat beradi. Ayni chog’da, o’zbek 
yozuvchilarining modern adabiyoti an’analaridan foydalanishlari orqali o’zbek 
milliy badiiy tafakkuri imkoniyatlari hisobiga jahon adabiyoti ham boyib 
borayotganligini ko’rsatadi. Aniqrog’i, Sharq va G’arbning uyg’un jihatlari 
adabiyotda ham estetik uyg’unlik kashf etilishiga asos bo’ldi. Milliy qadriyatlar 
bilan umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligidan yuzaga kelgan o’zbek qissalariga xos 
epik tafakkur tarzi esa yangi hayotiy qahramonlarning badiiy kashf etilishiga ta’sir 
ko’rsatdi. Ayni shu xususiyat qissachilikka xos yetakchi taraqqiyot tendensiyasiga 
aylandi. 
Badiiyat ehtirosli fikrdan tug’iladi, ijodkor esa o’z tasavvuridagi go’zallikni 
badiiy kashf etadi – yaratadi. 
Ammo, fojiadan go’zallik yaratish mumkinmi? Fojiaviylikka burkangan 
hayot hodisalaridan go’zallik alomatlarini izlash mantiqsizlik emasmi? Bu 
savollarga yozuvchi Nazar Eshonqulning “Tun panjaralari”
1
nomli qissasidan
javob topish mumkin. “Ona-bola beo’xshov qilib yozilgan «F» harfiga quyib 
qo’yganday o’xshaydi, guyo «F» harfiga ulardan andoza olishganday. Ular menga 
o’xshab birovga foydasi tegmayotgani va umuman tegmasligi haqida ezilib o’ylab 
o’tirmaydilar, lekin chiroqni belgilangan vaqtdan ortiqcharoq yoqib yuborsang, 
boshingda turib olib, qarg’aday qag’illashni juda yaxshi bilishadi. Uyda iflos, 
besarishta bir holat hukm suradi, mening ular bilan hatto qo’shilib choy ichgim 
ham kelmaydi; nodonlik va yalqovlik o’tirib olgan yuzlariga qarab, toqat qilib 
turolmayman. Shu sababli ular meni yomon ko’rishadi – umuman ular tushlikdan 
boshqa yana nimani yaxshi ko’risharkan?”. “Men bu ayolning eshikni yopmay ham 
og’irligidan mayishib ketgan sim to’shakda xur-xur uxlab yotganini ko’rsam 
hamisha ko’z oldimga botqoqda huzur qilib yotgan semiz cho’chqa keladi”
1

Faqat yeyish-ichish hirsiga tobe odamlarning loqayd, fikrsiz, hissiz hayotini 
yozuvchi botqoqlikka o’xshatadi. Botqoqlik – bu maqsadsizlik, ezgu hissizlik, 
idroksizlik, faHmsizlik, befarqlik... o’sha botqoqlik o’z ustidagi umidsiz odamlarni 
o’z komiga tortishi aniq. Nima uchun odamlar qorong’ulikdan yoki qorong’u 
tundan qo’rqishadi? Qorong’u tun ham inson umrining bir qismi-ku? Aslida 
hayotimiz qorong’u, qo’rqinchli, jirkanch g’aflat tuniga aylanishidan qo’rqish 
kerak! Yozuvchi bizga ana shu tunni tasavvur qildiradi, uning butun dahshatini his 
qilamiz: «Atrofimizga g’aflat tuni cho’kkan. Ichimizdan chiqayotgan hid esa 
g’aflat mosliklarining hididir. hafsalasizlik va qo’rqoqlik – bular g’aflat tunining 
xibsxonalari. Biz esa mahbusmiz. Xayolimiz – hibsxonamiz. Bu hibsxonalarning 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish