ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
“HOZIRGI ADABIY JARAYON” FANIDAN
KURS ISHI MAVZULARI VA ULARNI BAJARISH
BO`YICHA TAVSIYALAR
1.
Kurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy maslahatlar
Talabalar adabiyotshunoslik fanining qonun-qoidalarini o’rganib,
ma’lum adabiy nazariy bilimga ega bo’lganlaridan so’ng yoki bu o’rganish oxirlashayotgan
jarayonda mustaqil va ijodiy yozma ish hisoblanadigan kurs ishlari yozadilar. Kurs ishlari
ularning adabiyotshunoslik sohasida orttirayotgan bilimlarini mustahkamlaydi, to’ldiradi va
referat, ilmiy ma’ruza,
ilmiy axborot, ilmiy hisobot, maqola, taqriz, malakaviy bitiruv ishi
yozishlarida zaruriy bosqich vazifasini o’taydi. Ayni paytda, kurs
ishi talabaning nazariy va
amaliy bilimini mustaqil ishlata olish darajasini, adabiy asarni tahlil qilish jarayonida uni
qanchalik qo’llay olish san’atini ham ko’rsatadi.
Talaba kurs ishini bajarishga kirishishdan oldin o’zi tanlagan
mavzuning talab
va ehtiyojlaridan kelib chiqib, unga doir barcha adabiyotlar (badiiy, ilmiy,
uslubiy)ni, kundalik matbuot («Sharq yulduzi», «O’zbek tili va adabiyoti», «Muloqot»,
«Tafakkur», «Jahon adabiyoti» kabi jurnallar, «O’zbekiston adabiyoti va san’ati», «Yozuvchi»,
«Mohiyat», «Xalq so’zi», «Turkiston» kabi gazetalar)ni o’rganadi. Mavzu mohiyatiga aloqador
materiallarni saralaydi, zaruriy fakt va dalillarning kartotekasini tuzadi. O’rganish natijasida
yuzaga kelgan fikr-mulohazalardan turtki olib, ularning saragini sarakka, puchagini puchakka
ajratadi va shu jarayonda o’zining mustaqil fikrlarini, qarashlarini, munosabatini aniqlashtiradi.
O’zinikini bosh va asosli g’oya-masala
qilib oladi-da, ana shu muammoni yechish yo’liga
kirishadi, ijodiy fikrlarini dalillashga, asoslashga, chuqurlashtirishga xizmat qiladigan o’zga
fikrlaridan yoki badiiy matndan iqtiboslar keltiradi (Iqtibos keltirganda shu sahifaning ostida-
asarning muallifi, nomi,
nashr etilgan joyi, (nashriyotning nomi), yili, oyi (chislosi), sahifasi
ko’rsatiladi). Mantiqiy izchillikka tayangan holda, fikr-mulohazalar (gaplar) takroriga yo’l
qo’ymasdan, mavzuning mohiyati bosqichma-bosqich (ketma-ket) dalillar,
isbotlar asosida
ob’ektiv tarzda ochib boriladi. Shu asosda kurs ishi mustaqil va birbutun asar holiga kelguncha
tahrir etiladi, tuzatiladi, to’ldiriladi, ortiqcha va ahamiyati kam mulohazalar chiqarib
tashlanadi…
Kurs ishi kompozisiyasi «Kirish», «Asosiy qism», «Xulosa» va «Foydalanilgan
adabiyotlar»dan iborat bo’ladi. «Kirish»da tanlangan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, ahamiyati
yoritilib, uning materiali va ishlanganlik darajasi ixchamlik bilan bayon qilinadi. «Asosiy
qism»da mavzuning asosiy mazmuni, ya’ni talabaning shu mavzu bo’yicha aytmoqchi bo’lgan
asosli fikrlari aniq va mantiqli tarzda isbotini va ijrosini topadi. Ob’ektivlik, to’liqlik, qisqalik,
ijodkorlik va ma’nodorlik barq urib turadi. «Xulosa»da yuqoridagi qismlardan kelib chiquvchi
umumlashma, ayni paytda, salmoqli (ahamiyatli) fikrlar bir yoki ikki sahifada o’z aksini topadi.
Eng so’nggi qismda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (asar muallifi, nomi, nashr qilingan joyi,
yili, sahifalari soni) ko’rsatiladi.
Kurs ishining so’nggi varianti tayyor bo’lgach, u chiroyli kalligrafiya
asosida bir xil
siyohda oqqa ko’chiriladi.
Kurs ishi talabaning o’z dastxatini va boshqalarnikiga o’xshamaydigan fikr-mulohaza
yuritish yo’lini ro’yi-rost ko’rsatishi shart. Uning yutuq va kamchiliklari o’z navbatida kurs ishi
rahbari tomonidan baholanishi va DTS (Davlat ta’lim standarti) talablariga mos yo’nalishda
talaba ijodining rivojiga turtki beradigan maslahatlarni qamrashi lozim.
Kurs ishining hajmi qo’lyozmada 15-20 betlar atrofida bo’lishi, u talabalarning o’quv-
tadqiqot ishlari talablariga javob berishi va texnik jihatdan to’la rasmiylashtirilishi talab etiladi.
Kurs ishining titul sahifasi qo’yidagicha to’ldiriladi (namuna):
Do'stlaringiz bilan baham: