Suv bug`i bilan konversiyalash. Yuqori haroratda metan suv bug`i bilan reaksiyaga kirishadi: СН4 + Н2О СО + 3Н2 – Q. Hosil bo`lgan gaz sintez – gaz deb ataladi. Sintez – gaz (CO + nН2) olish reaksiyasi endotermik bo`lib, reaksiyani amalga oshirish uchun kerak bo`lgan issiqlik – metanning bir qismini yoqish natijasida hosil qilinadi:
СН4 + О2 СО2 + 2Н2О + Q
Eslatma: Sintez - gaz ko`mirni yer ostida gazоfikatsiyalash yo`li bilan ham olinadi:
С + О2 СО2 + Q;
C + H2О СО + 2Н2
Hosil bo`lgan sintez - gazlar aralashmasi metil spirti olishga, vodorod olishga va gidroformillash reaksiyasi orqali sun'iy benzin olishga va boshqa moddalar olishga ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |