Uglevodorod gazlarini suv bilan hosil qilgan klatrat birikmalari. Gazli gidratlar yoki suvli klatratlar ilgaridan ma'lum. 1811-yilda Devi xlorning gazli gidratini ochgan. Biroz keyinroq uglevodorod gazlarning suv bilan klatrat birikmalari izlanishlari o`tkazilgan.
Gazli klatratlar nostexiometrik qo`shma birikma bo`lib, umumiy formulasi MnH2O
M – gidrat hosil qiluvchi molekula
n – 5,67 dan katta yoki teng.
Tashqi ko`rinishi bo`yicha qattiq kristall modda bo`lib, qor yoki g`ovak muzni eslatadi. Biroq gazli gidratning kristallik panjarasi muznikidan 00C dan yuqori haroratda stabilligi bilan va ma'lum o`lchamdagi ichki yo`lakchalari bilan farqlanadi. Ushbu yo`lakchalar (g`ovakliklar) va uning o`lchamlari turli birikma molekulalari o`lchamlari uchun to`g`ri keladi. Xususan metan, etan, propan, izobutan, etilen, propilen, atsetilenlar uchun. Gazli gidratlarning tuzilishi 1940-50 – yillardagi Shtakelberg izlanishlari natijasida aniqlangan. Gidrat hosil qiluvchi ishtirokida o`zaro vodorod bog`lari bilan bog`langan suv molekulalari ikki xil tipdagi kristallik panjara hosil qilishi mumkin: 1 – tip tarkibiga elementar yacheykasi 46 suv molekulalaridan tashkil topgan o`rtacha diametri 0,52 nanometr bo`lgan dodekaedr formali 2 kichik yo`lkadan va (o`rtacha diametri 0,59 nanometr) 6 tetradekaedr formali katta yo`lkadan iborat bo`ladi. 2 – tip tarkibining elementar yacheykasi 136 suv molekulalaridan iborat bo`lib, 16 kichik diametri 0,48 nanometr va 8 katta diametri 0,68 nanometr yo`lkalardan tarkib topgandir. Agarda "mehmon" molekulasining maksimal o`lchami 0,48 nm dan kam bo`lsa, ikkinchi tip kristallik struktura hamma yo`lkalari to`lib ketishi mumkin. Ushbu hol gaz gidratlarining umumiy formulasidagi n ning qiymati minimal qiymat 5,67 ga teng deb qabul qilinadi.
Metan va C2 – uglevodorodlar birinchi tip tuzilishli gazli gidrat hosil qiladi. Propilen va izobutanlar M17 H2O tarkibli gidratlar hosil qiladi va 2 – tip tarkibining faqat katta g`ovaklarini to`ldiradi. Butan va yuqori gomologlar molekulalarining o`lchami 0,69 nm dan ortiq bo`lgani uchun ular gidrat hosil qilishi jarayonida qatnashmaydilar. Turli birikmalar molekulasi gidrat hosil qilishda ishtirok etishi va aralash gaz gidratlarini vujudga keltirishi mumkin. Gidratlar hosil bo`lishi bilan quvur va apparaturalar to`lib boradi. Ushbu holat neft qazib chiqarish, gaz va neftkimyo sanoatida va ularning turli jarayonlarida sodir bo`lishi mumkin.
Gidrat hosil bo`lishining oldini olish uchun va hosil bo`lgan gidrat to`siqlarini yo`qotish uchun quyidagi usullarni ishlatish mumkin:
1. Haroratni ko`tarish (gazni issiq suv yoki bug` bilan qizdirish).
2. Bosimni pasaytirish.
3. Gaz tarkibidagi suv miqdorini quritish, muzlatish yoki maxsus qo`shimchalar (glikollar, spirtlar) qo`llab suv bug`ining parsial bosimini pasaytirish.
Dengiz yoki okean suvini chuchuklashtirishda gazli gidratlardan foydalanish taklif qilingan. Masalan, dengiz suvi bilan suyuq propan aralashtirilsa, gidratlar hosil bo`ladi, suvda erigan tuzlar esa gidrat panjarasiga kirolmay qoladi.
Gidrat holida tabiiy hamda inert gazlarni saqlash – gazli gidratlarni boshqacha qo`llash imkoniyatlarini ham ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |