Qattiq parafin uglevodorodlar. C16 va undan yuqori parafin uglevodorodlar normal sharoitda qattiq holatda bo`ladi. Geksadekan (C16N34) 18,10C da eriydi, texnik nomi setan.
Qattiq parafinlar hamma neft tarkibida mavjud bo`lib, odatda kam miqdorda (0,1-5 %), parafinli neftlarda esa 7-12 % gacha bo`lishi mumkin. Qattiq parafinlar neft tarkibida erigan holda yoki muallaq kristall holatda bo`ladi. Nisbatan quyi parafin uglevodorodlarni (chiziqli strukturali) parafinlar deyiladi. Yuqori molekulyar qattiq parafin uglevodorodlarni esa serezinlar deyiladi. Sanoatda turli moylar va yoqilg`ilar tarkibidagi parafin uglevodorodlar deparafinlash jarayonida ajratib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |