Sulfoxlorlash va sulfooksidlash. Konsentrlangan sulfat kislota to’yingan uglevodorodlarga oddiy sharoitda ta’sir etmaydi. Qizdirilganda esa ularni oksidlab yuboradi. Katta molekulr massaga ega bo’lgan alkanlar tutovchi sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishishlari mumkin:
Alifatik sulfokislotalarning ahamiyati katta bo’lganligi sababli sulfokislotalarni olish usullari ishlab chiqarilgan. Bular sulfoxlorlash va sulfooksidlash reaksiyalaridir:
a
) sulfoxlorlash
b) sulfooksidlash
S
ulfoxlorlash reaksiyasi past haroratda va oson boradi. Reaksiya tarkibida ikkilamchi uglerod atomlari bo’lgan uglevodorodlar bilan oson, faqat birlamchi uglerod atomlarigina bo’lgan uglevodorodlar bilan qiyinroq boradi. Reaksiya radikal zanjirli mexanizm bilan sodir bo’lib, uni quyidagicha tasavvur etish mumkin:
Alkansulfokislotalar va sulfoxloridlar sanoatda sintetik yuvuvchi vositalar, sirt aktiv moddalar olishda katta ahamiyatga ega.
3.2. NEFTDAGI ARENLAR VA GIBRID BIRIKMALAR. AROMATIK UGLEVODORODLARNING MANBALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |