Blueprint Plans



Download 247,11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.01.2022
Hajmi247,11 Kb.
#418888
Bog'liq
doniyor ishpulatov



O’tkan kunlar
Tayyorladi: Ishpulatov Doniyor



1920-yillar boshida Abdulla Qodiriy birinchi oʻzbek romani 
boʻlmish „Oʻtkan kunlar“ni yozadi. 1922-yili ilk bor „Inqilob“ 
jurnalida chop etilib,[3] 1926-yilda esa alohida kitob holida 
chiqadi.


Roman 19-asr voqealarini oʻz ichiga qamrab olgan. Murakkab 
tarixiy hodisalar romanning bosh qahramonlari Otabek va 
Kumushbibining fojiaviy sevgi qissasi atrofida ifodalangan. 



Voqelar rivoji mahalliy hukmdorlarning hokimiyat uchun qonli kurashlari 
muhitida kechadi. Boshqa yirik epik asarlardagi kabi „Oʻtkan kunlar“da ham 
hikoyanavislikning koʻp planliligi, ikkilamchi sujetlar mavjudligi, ketma-ket avj 
oluvchi va fojiali yakun topuvchi voqealar bilan toʻqnashamiz.


Ilgʻor fikrlarni olgʻa suruvchi Otabek obrazi romanning gʻoyaviy va kompozitsion 
markazi hisoblanadi. U ochiqcha savdodagi eskirgan iqtisodiy munosabatlarga 
qarshi chiqib, oila va turmush muammolariga yangi qarashga amal qilardi. 
Otabek va eskilikka yopishib olib, yurt rivojini ortga suruvchi kuchlar oʻrtasida 
mojaro sodir boʻladi. Abdulla Qodiriy oʻz qahramoni nomidan oʻzining shaxsiy 
oʻy-fikrlarini soʻzlaydi



Yozuvchi bir vaqtning oʻzida oʻzbek ayolining taqdirini ham 
kuzatib boradi. Rahm-shavqatsiz anʼanalar, jumladan 
koʻpxotinlik, Kumush va Zaynabning oʻrtasida oʻlimga olib 
boruvchi xusumatga sabab boʻladi. Yozuvchi oʻzgacha 
muhabbat va samimiyat bilan goʻzal, Otabekka boʻlgan sof va 
butun vujudini qamrab oluvchi sevgi ila hayot sinovlarini yengib 
oʻtuvchi Kumush obrazini yaratadi. Biroq fojia roʻy berishi 
muqarrar. U kundoshi tomonidan zaharlanib, Otabek esa 
Vatanini himoya qilib, hayotdan koʻz yumishadi.[4]



Oʻtkan kunlar“ oʻziga xos va iqtidorli oʻzbek adabiyotining oltin fondiga kirib, yangi 
realistik nasrga asos soldi. Keyinchalik mashhur sharqshunos akademik Yevgeniy 
Bertels: „Qodiriy romanlari butun tarkibi bilan oʻziga xos uslubda yozilgan oʻzbek 
romanlaridir. Dunyoda beshta, yaʼni: fransuz, rus, ingliz, nemis va hind romanchiligi 
maktablari bor edi. Endi oltinchisini, yaʼni oʻzbek romanchilik maktabini Abdulla 
Qodiriy yaratib berdi“, deb yozgan.[5]


Turkman yozuvchisi Xidir Deryayev shunday yozadi: „Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan 
kunlar“ romani menda bir umrga unutilmas taassurot qoldirgan va ilhom 
bagʻishlagan. Shundan keyin menda turkman xalqining oʻtmishi haqida roman 
yozish ishtiyoqi tugʻildi. Katta niyat bilan „Qismat“ romanim ustida ish boshladim“[6]





„Oʻtkan kunlar“ romani xalq tomonidan qanchalik sevib oʻqilsa, 
shoʻro hukumati ideologlari, kommunistik partiyaga moyil kishilar, 
adabiy tanqidchilar tomonidan shunchalik qoralangan. 
Tanqidlarning asosini asarning markscha-lenincha gʻoyalarga zid 
ekanligi, asarda burjua sinfiy kurashi, boylar tomonidan 
kambagʻallarni ezish sahnalari koʻrsatilmaganligi, oʻzbekning 
oʻtmishi bezab koʻrsatilganligi va bu bezaklar sovetlar 
qoralayotgan inqilobgacha boʻlgan davrni odamlar koʻziga juda 
chiroyli qilib koʻrsatishi kabi iddaolar tashkil etadi.


1928-yilda rus tanqidchisi Mixail Sheverdin „Oʻtkan kunlar“ 
asari haqidagi tanqidiy maqolasiga xulosa oʻrnida 
shunday yozadi: „Romanni rus tilida chop etish kerakmi? 
– Bizningcha, kerak. Masala – qanday chop etishda. Uni 
ekzotik tipdagi qiziqarli asar sifatida chop etishga qarshi 
kurashmoq kerak. U bizga oʻzbeklarning turmushi, 
qiziqishlari va oʻsib kelayotgan oʻzbek adabiyoti bilan 
tanishish vositasi sifatida kerak. Lekin bu nashrni oʻzbek 
tilidagi qayta nashr kabi biroz boshqacharoq tarzda – eng 
avvalo davrning asl holatini yorituvchi, savdo kapitalining 
rolini ochib beruvchi, muallifning oʻtmishni 
ideallashtirishga urinishlari qanchalar xato ekanini 
koʻrsatuvchi tanqidiy maqola kerak


Abdulla Qodiriy ijodining muhim хislati-tariхiy burilishlar davrida хalq ichida bo’layotgan
katta хodisalar tasviriga murojaat yetishidir. Bu хislat, ayniqsa uning yirik tariхiy prozasida
yaqqol ko’rinadi. 1922 yilda parchalari bosilib, 1926 yil boshlarida nashrdan chiqqan «O’tgan
kunlar» romani yaqin o’tmishning yeng og’ir, yeng qora kunlari bo’lgan «Хon zamonlariga»
bag’ishlangan yedi. «O’tgan kunlar» ham mazmun, ham shakl, ham uslub jihatidan butun O’rta
Osiyo хalqlari adabiyotida tom ma’noda novator bo’lib, katta ijtimoiy qiziqish tug’dirdi.
Mashhur sharqshunos E.YE.Bertels «O’tgan kunlar» munosabati bilan «Evropa romani,
ingliz romani, rus romani bilan bir qatorda o’zbek romanining yaratilganligi» ni yozgan yedi.
Ulkan qozoq yozuvchisi, o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan namoyondasi Muхtor Avezov
fikricha, «O’tgan kunlar» romani bilan Abdulla Qodiriy 20-yillarda «Sharqning yeng ulkan
yozuvchisi bo’lib qolgan yedi».
Abdulla Qodiriy ongli ravishda novatorlik yo’li bilan bordi va izlanishlari samarali bo’ldi. U
o’zbek romanchilik maktabini yaratdi.


«Modomiki biz yangi davrga oyoq qo’ydik, - deb yozgan yedi u o’sha romanga so’z
boshisida-bas, har yo’sinda ham yangi davrning yangiliklari ketidan yergashamiz va 
shunga
o’хshash dostonchilik, romanchilik va hikoyachiliklarda ham yangi asarlar yaratishga, 
хalqimizni
shu zamonning «Tohir va Zuhra» lari, «Chor darvesh» lari, «Farhod va Shirin» lari,
«Bahromgo’r» lari bilan tanishtirishga o’zimizda majburiyat his yetamiz». Yozuvchining 
fikricha
«O’tgan kunlar» romani «yangi zamon romanchiligi bilan tanishuv yo’lida kichkina bir 
tajriba,
yana to’g’rirog’i, bir havas» yedi. Ammo o’zbek adabiyotida to’ng’ich roman 
bo’lgan-«O’tgan
kunlar» bir milliy adabiyotda hozirgi zamon ma’nosidagi etuk adabiyotimizning 
g’alabasigina
bo’lib qolmay, butun o’zbek mumtoz adabiyotidan abadiy o’rin oldi. «O’tgan kunlar» da
o’zbeklar va boshqa


O’rta Osiyo хalqlari hayotining XIX asr birinchi yarmidagi 
manzarasi yoritilgan. Feodallik
zulmi, hukmdorlarning хalqlar va qabilalar orasiga nizo 
solishi, ularni bir-biriga tezlashi, buning
fojiali oqibatlari, bu fojiani ko’rib, mamlakatni manfaatparast 
хonlar va beklar
beboshligidan хalos qilishni orzu yetgan ilg’or kishilarning 
boshiga tushgan kulfatlar «O’tgan
kunlar» ning mazmunini tashkil yetdi.
Davr uchun juda хarakterli va ijtimoiy taraqqiyotga bevosita 
aloqador voqealar Abdulla Qodiriy
tomonidan san’atkorona tasvirlab bergani uchun «O’tgan 
kunlar» o’zbek хalqi va O’rta
Osiyo хalqlari adabiyotida yangi davr ochdi.


O’tmish хodisalariga asar yaratilgan zamonning ilg’or mafkurasi nuqtai 
nazaridan baho
berishga intilish Qodiriy ijodiyotidagi tub burilishlaridagi alomatlaridan 
biridir. Turkistonda
feodal mustamlaka zulmini ag’darib tashlab yangi mustaqil hayot 
qurishga intiladi.
«O’tgan kunlar» o’tmishni ana shu yangi hayotga intilish nuqtai 
nazaridan baholash ruhi
bilan sug’orilgan Abdulla Qodiriy feodal davrni mehnatkashlar uchun 
zulm, baхtsiz хorlik davri
sifatida qoralaydi. O’tmishga shunday baho ma’rifat jihatdangina yemas, 
ijtimoiy va siyosiy
jihatdan ham katta aktual ahamiyatga yega yedi.


Zamonasining ijtimoiy yehtiyojlarini sezgan Abdulla Qodiriy uchun 
birdan-bir to’g’ri yo’l-
haqqoniy tasvir yo’li bilan boradi. Abdulla Qodiriy davrning hayot 
manzarasini, oddiy
kishilarning taqdirini tasvirlash orqali yaratishi хarakterlidir, bu yesa 
etuk
romanchilik хususiyatidir.
«Tariх bizga vog’ealarni, uni avra tomonidan, sahna tomonidan 
ko’rsatadi. Ichkarida
bo’layotgan хodisalar ustidagi pardani ko’tarib tashlaydiki, bu 
хodisalar orqasida haligi bizga
ko’rsatilayotgan voqealar manbai ham, ularning kundalik oddiy 
hayotda qanday ro’y berishi ham
bekinib qoladi.



Document Outline

  • Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11
  • Slide 12
  • Slide 13

Download 247,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish