Shanxay hamkorlik tashkiloti 1996 yilda Shanxayda, 1997 yilda Moskvada bo’lib
o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston,
Tojikiston davlat
rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni
mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi.
Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi.
2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib
o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
qatnashdi va O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga to’la huquqli a’zo bo’lishi
to’g’risida bayonot imzolandi.
O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi
Shanxay hamkorlik tashkiloti - ShHT, deb o’zgartirildi. O’zbekiston uning
asoschilaridan biri bo’ldi. ______________________________________________
2001 yil iyunda bo’lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish
to’g’risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash
borasidagi Shanxay konventsiyasi imzolandi.
2002 yil 6-7 iyun kunlari ShHT ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-
Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida ShHTga a’zo
davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati - ShHT Xartiyasi,
ShHTga a’zo davlatlar o’rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi.
2003 yil 29 may kuni Moskvada bo’lib o’tgan sammitda ShHT ning doimiy amal
qiluvchi idoralari - Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi
(MATT) ijroiya qo’mitasini ishga tushirishga qaror qildi. Bu tashkilotlar 2004 yil
yanvardan boshlab ish boshladilar.
2004 yil 17 iyun kuni Toshkentda ShHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti
bo’lib o’tdi. Unda ikki asosiy masala - xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha
muzokaralar bo’ldi. Sammitda 2004 yil mart oyida O’zbekistonda sodir etilgan
terrorchilik harakati nafaqat O’zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida
vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik
kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo’lganligi,
terrorchilarning bazalarini yo’qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni
moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va
bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu
orqali terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan.
ShHT ning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish
masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda ShHT ga a’zo mamlakatlarni xavfsizlik
orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy
hamkorlikning quyidagi yo’nalishlarini rag’batlantirishga kelishib olindi: > transport
infratuzilmasini rivojlantirish; tabiiy mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish;
> suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish;
> ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
> fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
> investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi
to’siq va muammolarni bartaraf etish.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi XU Tszintao Xitoy hukumati ShHT doirasadagi
iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln. AQSh dollari miqdorida kredit
ajratishini ma’lum qildi.
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, ShHT ning vakolatlari va immunitetlari
to’g’risidagi konventsiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy
aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitim, tashkilot va uning organlari
faoliyatiga doir hujjatlar - jami o’nta hujjat imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |