Saylov tizimi O’zbekistonda demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etildi. 1991
yil 18 noyabrda "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida", 1993 yil 28
dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida" va 1994 yil may
oyida "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida" hamda "Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to’g’risida" qonunlar qabul qilindi.
Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to’lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega
ekanligi, O’zbekiston Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilishi mustahkamlab qo’yilgan. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. 35 yoshdan kam bo’lmagan fuqaro O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to’lganlar Oliy Majlisga, 21 yoshga to’lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning o’zida ikkidan ortiq vakillik organlarining deputati bo’lishi mumkin emas.
Ommaviy axborot vositalari Demokratik institutlarning muhim tarmog’i bo’lgan erkin
ommaviy axborot vositalari vujudga keldi. 2004 yilda Respublika ommaviy axborot
vositalari tizimida 609 nomda gazeta va 162 nomda jurnal chop etildi, 3 axborot agentligi, 50dan ortiq teleradiokompaniya va studiyalar ishladi. Jurnalistlarning erkin ijod qilishi, mamlakat ravnaqi yo’lida xizmat qilishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari to’g’risida qabul qilingan qonunlar ularni "to’rtinchi hokimiyat" darajasida faoliyat ko’rsatishiga ko’maklashmoqda. O’zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatining oshib borayotganligida, turli siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining
shakllanishida ham namoyon bo’lmoqda. Mustakillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan: "Jamoat tashkilotlari to’g’risida" (1991 yil 15 fevral), "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida" (1998 yil, yangi tahriri), "Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to’g’risida" (1992 yil 2 iyul), "Siyosiy partiyalar to’g’risida" (1996 yil, dekabr)gi qonunlar shular jumlasidandir.
Davlat organlari, muassasalari, mansabdor
shaxslar va fuqarolarning siyosiy partiyalarning
faoliyatini cheklashga, bir partiyali siyosiy tuzum yaratishga qaratilgan hujjatlari va qilmishlari
Irqiy, milliy, ijtimoiy, diniy adovat va nafratni
targ’ib etuvchi, zo’rlikka va konstitutsiyaviy
tuzumni ag’darib tashlashga chaqiruvchi siyosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |