Бўйича 1-курс талабаси


Amir Temur tomonidan markazlashgan qudratli davlatga asos solinishi



Download 0,75 Mb.
bet25/97
Sana14.05.2022
Hajmi0,75 Mb.
#603471
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97
Bog'liq
2 5219736169293546527

Amir Temur tomonidan markazlashgan qudratli davlatga asos solinishi



  1. Амир Темурнинг ҳарбий юришлари.


Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turganidek, Amir Temur o’z saltanati tarkibiga
Xorazm mulkini ham qo’shib olish uchun ko’p sa’y-harakatlarda bo’ldi. Chingizxon
tomonidan Jo’ji ulusiga berilgan Xorazm erlari Oltin O’rdadan mustaqil bo’lib ajralgan
bo’lib, hokimiyat tepasida Qo’ng’irot so’filari turardi. Keyinroq ikkiga bo’linib, janubiy
qismi Chig’atoy ulusiga bo’ysundirilgan edi, ammo Qo’ng’irot so’filari janubiy qismni
ham fatx etadi. Amir Temur esa butun Xorazmni o’z ulusining tarkibiy qismi deb hisoblar
edi. Shu boisdan Xorazmni o’z tasarrufiga kiritish uchun bir necha marta yurish qiladi.
1388 yilgi so’nggi Xorazm yurishi natijasida Sulaymon So’fiy hukmronligi ag’darilib, bu o’lka Temur saltanati tarkibiga uzil-kesil qo’shib olindi.
Shunday qilib, Amir Temur bir necha yillar davom etgan qonli va qonsiz
kurashlar, muhim tadbirlar, kezi kelganda diplomatik aloqalarni muvaffaqiyatli qo’llanish natijasida mamlakatni mo’g’ullar zulmidan ozod etdi, siyosiy tarqoqlik, o’zaro nizolarni bartaraf qildi. Movarounnahr va Xuroson hududlari birlashtirilib, yagona markazlashgan davlat barpo etishga muvaffaq bo’lindi. Amir Temur kuchli, markazlashgan davlat barpo etish barobarida o’z qudratini jahonga mashhur qilish, hududlarini kengaytirish maqsadida XIV asrning 80 yillaridan e’tiboran xorijiy yurtlar tomon ko’plab harbiy yurishlar uyushtiradi. Uning 1386-1388 yillardagi «uch yillik», 1392-1396 yillardagi «besh yillik» va nihoyat 1398-1404 yillardagi «etti yillik» yurishlari xuddi shu maqsadlarga qaratilgandi. Bu harbiy yurishlar
davomida Eron, Kavkaz orti hududlari, shimoliy Hindiston, Suriya, Iroq erlari, KichikOsiyoning talay qismi egallanadi. Shu tariqa, qudratli saltanat vujudga kelib, uning dovrug’i butun olamni tutdi. Biroq kezi kelganda shuni ta’kidlash joizki, Sohibqironning ko’plab jahongirlik yurishlariga faqat bir yoqlama nuqtai nazardan baho berib bo’lmaydi. Negaki, bu yurishlar goho mamlakat hududlariga tajovuz qilgan ajnabiy kuchlarga zarba berish, goho muqaddas islom ta’limoti g’oyalarini, ularning tahqirlovchilaridan himoya qilish yohud Sohibqiron yurtiga muttasil dushmanlik qilib kelgan xorijiy davlatlarga nisbatan so’nggi chora sifatida amalga oshirilgan. Jumladan, Amir Temurning Oltin O’rda xoni To’xtamishga qarshi bir necha marta (1389, 1391, 1394-1395 yy.) olib borgan jangu jadallari, eng avvalo, yurt osoyishtaligi, uning hududiy yaxlitligini ta’minlash maqsadiga yo’naltirilgan edi. Ayniqsa To’xtamishning Xorazm erlariga da’vosi bunda muhim sabablardan biri bo’lgan. Amir Temur tomonidan Oltin O’rdaning mavh etilishiesa, tabiiyki, uning tarkibiga kirgan hududlarning, chunonchi, rus knyazliklarining mustaqillikka erushuvida ayricha ahamiyatga ega bo’lganligi ham tarixiy faktdir. Shuningdek, Sohibqiron qo’shinining Turkiya sultoni Boyazid kuchlari bilan 1402 yilda Anqara yaqinida bo’lib o’tgan hayot-mamot urushi ham, avvalo, turk sultonining qaysarligi, manmanligi, murosasizligi, adolat talabiga qo’l siltaganligi orqasida yuz bergan. Bu beomon jangni o’z foydasiga hal etgan Amir Temur esa ayni paytda o’z qudratini nafaqat Sharqda, balki G’arbda ham namoyish etishga musharraf bo’ldi. Shu buyuk g’alabadan so’ng G’arbiy Evropaning Angliya, Frantsiya, Ispaniya singari nufuzli davlatlari va ularning hukmdorlari Amir Temur bilan yaqindan aloqa bog’lash, hamkorlik qilish, ayniqsa savdo-sotiq munosabatlarini o’rnatishga faol yo’l tutganliklari shundan yaqqol dalolatdir. Darhaqiqat, Amir Temurning naqadar uzoqni ko’ra bilish salohiyatini uning Evropa hukmdorlari – Frantsiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) bilan diplomatik aloqalari va yozishmalaridan ham bilsa bo’ladi. U jumladan, Frantsiya qiroli Karl VI ga yo’llagan maktubida savdo aloqalarini yo’lga qo’yishni taklif qilib «Dunyo savdo ahli bilan obod bo’lajak», degan fikrni bildirgan edi. Frantsiya qiroli 1403 yil 15 iyunda yozgan javob xatida taklifni mamnuniyat bilan qabul qilganini bildiradi. Bu davrga kelib Buyuk ipak yo’li shuhratining yanada ortishi davomida Movarounnahr va Xuroson dunyoning turli mamlakatlari bilan har jihatdan yaqindan bog’lanib, xalqaro karvon savdosining eng muhim markaziga aylandiki, bu esa Vatanimizning iqtisodiy, madaniy va ma’naviy yuksalishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Amir Temur qudratli saltanatni vujudga keltirar ekan uni omilkorlik bilan idora qilish, boshqaruv tizimini yanada takomillashtirib borishga ham alohida ahamiyat berdi. U o’zbek davlatchiligining Somoniylar, Qoraxoniylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar davrida tarkib topib, rivojlanib borgan tizimi, tartib-qoidalari, huquqiy asoslarini yangi tarixiy davrning talab, ehtiyojlariga moslab yanada takomillashtirdi, ularga yangicha ruh, mazmun va sayqal berdi. Amir Temur o’zigacha shakllangan o’zbek davlatchiligining asoslariga izchil amal qilish bilan birga ularni mazmunan boyitishga jiddiy ulush qo’shdi. Amir Temur milliy davlatchilik asoslarini rivojlantirishda, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini nazarda tutish va ularning manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor berdi. Shundan kelib chiqib Amir Temur dunyo tarixida birinchi bo’lib jamiyat ijtimoiy tarkibini 12 tabaqaga ajratib, ularning har birining alohida mavqei, manfaatlarini, shunga muvofiq keladigan davlat va jamiyatning o’zaro munosabatlarini belgilab bergan. Uning davrida boshqaruv ikki idoradan, ya’ni dargoh va vazirliklardan iborat bo’lgan. Dargoh tepasida oliy hukmdorning o’zi turgan. Mamlakat va davlat ahamiyatiga molik masalalar uning ko’rsatmasi bilan hal etilgan.


  1. Download 0,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish