“MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISI” YO’NALISHI 42- GURUH TINGLOVCHISI Nosirova adolatning “BIZNING INOQ MAMLAKAT” MAVZUSIDA MUSTAQIL ISHI TAQDIMOTI QABUL QILDI: VALIYEVA FERUZA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
BIZNING INOQ MAMLAKAT REJA: 2. Millatlararo munosabatlar 3. Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishi. 4. O’zbekistonda diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi
Hozirgi kunda yurtimizda 140 dan ziyod milliy madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan mazkur markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida 1992 yil yanvarda Respublika “Baynalmilal madaniyatlar markazi” tashkil etilgan. U jamiyatimizdagi tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash, milliy va umumbashariy an’analarni ravnaq toptirish, ularning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga baholi qudrat o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Tashkil etilayotgan ko‘plab tadbirlar, konsert dasturlari, kechalar, festivallar, ko‘rik-tanlovlar, konferensiyalar Shular jumlasidandir. Masalan, “O‘zbekiston — umumiy uyimiz”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir”, “Qudratimiz — birlik va hamjihatlikda” kabi shiorlar ostidagi festivallar ko‘p millatli aholimizning chinakam do‘stlik bayramiga aylanib ulgurgan, desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.
O’ZBEKISTON UMUMIY UYIMIZ
BUGUNGI KUNDA O’ZBEKISTONDA 130 DAN ORTIQ MILLAT VA ELAT VAKILLARI TINCH TOTUV ISTIQOMAT QILISHADI 8-modda. O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. Har yili milliy ayyomlarimiz ham markazimiz boshchiligida milliy madaniy markazlar bilan birgalikda munosib nishonlanmoqda. Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bugun O‘zbekiston televidenie va radiosida 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon) ko‘rsatuv va eshittirishlar olib boriladi. Gazetalar 10 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, koreys, tojik, turkman, ukrain, ingliz), jurnallar esa 8 tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) bosiladi. O‘rta va oliy ta’lim 7 tilda: o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida amalga oshiriladi. 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida so‘nggi 3 yil davomida diniy bag‘rikenglikni taʼminlash sohasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi: BMT Bosh Assambleyasi 2018-yilning 12-dekabr oyida o‘tkazilgan yalpi majlisda «Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasi BMTning barcha aʼzo davlatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Mazkur rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkdagi 72-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surildi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |