Ishni bajarish tartibi Variantga asoslangan xolda tizimning logik modelini qurish;
Tizimning “Use case” diagrammasini chizish;
Tizimning jadvallarini ishlab chiqish va ularning fizik modelini qurish;
Jadvallarning o‘zaro bog‘lanishi aloqasini chizish.
Nazorat savollari Berilgan ma’lumotlarning logik modeli nima uchun kerak?
Tizimni “Use case” diagrammasi nima uchun chiziladi?
Jadvallar qanday yaratiladi va o‘za’ro boglanadi?
8- AMALIY ISH Foydalanuvchi interfeysini loyihalash Ishdan maqsad. Foydalanuvchi interfeysini amaliy ishlab chiqish va loyihalashtirish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Nazariy ma’lumotlar Interfeys- ikki tizim, qurilma yoki dastur orasidagi chegara bo‘lib u elementlar orasidagi bog‘lanishni tashkil etuvchi yordamchi boshqaruvchi mikrosxemalar yoki bog‘lanish qurilmasidir.
Interfeys dizayn (Interface design) – mobil ilova, kompyuter desktop dasturi yo‘ki web-saytning grafik qobig‘ini yaratish. Dizaynerlar, interfeys ishlab chiquvchilar, rassomlar yoki boshqa mutaxasislarning birgalikdagi ishi natijasi. Grafik qobig‘ – bu foydalanuvchi dasturiy kod bilan o‘zaro aloqa qiladigan muhit.
Har qanday dasturiy taminot, umuman olganda, faqat dasturchi va elektron moslamalar tushunadigan alohida kodni o‘z ichiga oladi. Foydalanuvchi kompyuter tilini o‘rganmasdan dastur bilan samarali o‘zaro aloqa qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun qulay tushunarli interfeys dizayni yaratiladi.
Interfeys dizayn (mobil ilova yo‘ki web-sayt)ni ishlab chiqish buyurtma qilish muvaffayatining 80% ga mablag‘larini kiritish kerak. Ayrim mobil ilova va butun ilovaning muvaffaqiyati interfeys dizayn qay darajada puxta ishlab chiqilgani va sifatli amalga oshirilganinga bog‘liq bo‘ladi. Ajoyib g‘oya noto‘g‘ri interfeys dizayn tufayli yo‘qqa chiqqan holatlarga misollar juda ko‘p.
Interfeys dizayni yaratishga professional yondashish asosiy talablarni texnik vazifalarni tavsiflashdan boshlanadi. Loyihaviy xujjatlar – bu har qanday jiddiy loyihani amalga oshirishdan oldin tuziladigan va qabul qiladigan hujjatlar to‘plami. Loyihaviy hujjatlar aylanishi jarayoni texnik vazifani ishlab chiqishdan boshlanadi.
Xar qanday loyihani hujjatlar bilan qo‘llab quvatlash barqarorlikni va butun jamoaning qabul qilingan qarorlar to‘griligiga bo‘lgan ishinchini taminlaydi. Loyiha ko‘lamini tahlil qilish va baholash dastlabki bosqichidan etiboran axborotni hujjatlashtirish muqarrar shartga aylanadi, loyihaviy hujjatlarni yuritish usuliga esa kompaniyaning betakror firma uslubi hisoblanadi. Ayni vaqtda davlat standartlari talablari va meyorlariga loyihaviy hujjatlar ishlab chiqish jarayonining barcha boshqichlarida qattiy rioya etiladi.