Biznesni tashkil etish va yuritish


-Mavzu: Biznes reja haqida tushuncha



Download 4,88 Mb.
bet143/147
Sana01.07.2022
Hajmi4,88 Mb.
#727522
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147
Bog'liq
Gijduvon agrotexnologiyalar texnikumi

28-Mavzu: Biznes reja haqida tushuncha
Biznes reja — aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari tavsiflangan va taxminan hisobkitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes reja oʻz tarkibi jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy qismga boʻlinadi. Biznes reja da loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar (xizmat)larning tavsifi hamda uning haridorgirligi va raqobatbardoshligini taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va haridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi, sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini nazorat qilish, ishlab chiqarish harajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliyhuquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi (vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning qayerdan olinishi va harajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqgi va boshqalar) oʻz ifodasini topadi. Biznes reja ni ishlab chiqishda tadbirkorning oʻzi ("birinchi rahbar"), firma (xoʻjalik)larning mutaxassislari ishtirok etadi, tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes reja ekspertlar koʻrigidan oʻtkaziladi va olingan xulosalarga tayanib Biznes reja yanada mukammallashtiriladi. Biznes reja kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
29-Mavzu: Biznes reja bo’limlari

Biznes rejalar – buni ko`pincha o`z biznesini boshlamoqchi bo`lagan odamlar qidirishadi. Axir biznesreja yo`qmi biznes ham yo`q degani! O`z ishini yangi boshlayotganlar ko`pincha yangi biznes reja yoki yangiz biznes turini qidirishadi ammo eng yaxshi biznesreja bu oldin hech kim qilmagan biznes emas, balki natija foyda va daromad keltiradigan biznesrejadir.

Kichik biznes uchun biznes rejalar, katta kompaniya uchun biznesrejalar, katta va kichik shaharlar uchun biznes rejalar,qishloq xo`jaligi uchun biznesrejalar,o`z ishini endi boshlamoqchi bo`laganlar hamda ishlab yurganlar uchun biznes rejalar hammasi haqida batafsil ma`lumotni bizning Realbiznes.uz saytimizdan topasiz!

Agar siz foyda keltiradigan biznesni boshlamoqchi bo`lsangiz, faqat qidirish emas balki baholash ham kerak,ayniqsa o`z biznesingizni noldan boshlamoqchi bo`lsangiz va yangi biznes bilan shug`ullanmoqchi bo`lsangiz. Faqatgina tekshirib o`qib ko`rib o`rganib siz o`z biznesingizni kelgusida foyda keltirishini bilib olasiz. Biznesrejalarni osonlik bilan topish va ularni analiz qilish uchun siz boshqa tadbirkorlarni tajribasini o`qib o`rganishiz va o`zingiz uchun ilhomlanish manbaalarini topishingiz kerak-buning uchun Realbiznes.uz portali sizga yordam beradi!


Agar sizda biznes reja tuzish niyati bo‘lsa, quyida sizga berayotgan tavsiyalarimizga amal qilsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi.
O‘zingiz haqingizda ma’lumot bering
Kimligingiz, o‘ylagan biznesingizni amalga oshirish uchun sizda qanday imkoniyatlar bor, ta’lim va malakangiz haqida bildiring.
Biznes rejangizning maqsadini tushuntirib bering
Biznes reja nima maqsadda yozilayotganiga qarab turli shaklda bo‘lishi mumkin. Biznes rejalar odatda quyidagi maqsadlarda yoziladi:
Boshlang‘ich sarmoyani taxminan hisoblab chiqish
Biznes loyihaning foydali yoki zararli ekanligini bilish
Mahsulot yoki xizmatingizni, mijozlaringizni va raqiblaringizni aniqlashtirish
Biznes modelingiz, maqsadlaringiz, va bu maqsadga erishish uchun kerakli strategiyalarni belgilash;
Biznes loyihangizni boshqalarga (bank, sarmoyadorlar, hamkorlar va h.k.) tushuntirib berish
Rejangizning asosiy bo‘limlari ro‘yxatini tuzib oling, yoki diagrammalar yordamida muhim fikrlaringizni qisqa qilib qog‘ozga tushiring. Asosiysi bular o‘zingiz uchun tushunarli bo‘lsa, biznes rejangizni yozish jarayoni o‘zingizga osonlashadi.
Mahsulot yoki xizmatingiz turini ta’riflab, tushuntirib bering
Mijozlaringizga sizning mahsulot yoki xizmatingizdan nima foyda borligi, mahsulot turi va xizmatingizning o‘ziga xos jihatlari, ishlab chiqarish jarayoni va va boshqa o‘ziga xosliklarini izohlab bering.
Har bir mahsulotning tan narxi qancha bo‘lishini hisoblang
Mahsulot ishlab chiqarish uchun ketadigan materiallar narxidan tortib ishchilarga beriladigan oylik, do‘kon yoki uskuna ijara xarajati, soliq, elektr, telefon internetdan tortib barcha xarajatlarni hisobga olgan holda har bir mahsulotingizning tan narxi qanchaga tushishini hisoblab chiqing.
Qancha boshlang‘ich sarmoya kerak bo‘lishini yozing
Ishni muvaffaqiyatli boshlab olish uchun qancha boshlang‘ich sarmoya kerak bo‘lishini va bu sarmoya nimalarga ishlatilishini tushuntiring.
Umuman olganda sizning biznesingiz nimaga foyda keltiradigan bo‘lishini va qancha vaqtda foyda olib kelishni boshlashini dalillar bilan yozing
Buning uchun bozorni yaxshilab o‘rganib, hisob-kitoblarni to‘g‘ri va ishonarli qilishingiz kerak.
Biznes rejangizdagi asosiy bo‘limlarining qisqa mazmunini sanab o‘ting
Buni biznes rejangizning boshiga joylang. Ko‘pincha sarmoyadorlarning biznes rejani to‘liq o‘qib chiqishga vaqtlari va xohishlari bo‘lmaydi. Shuning uchun ular rejangizning barcha muhim va e’tiborga loyiq jihatlarini shu qisqa mazmunni yoritgan yozuvdan oqib, ularda qiziqish uyg‘otsagina keyin detallarni bilish uchun asosiy qismni o‘qishga kirishishlari mumkin. Shuning uchun bu bo‘lim qisqa va e’tiborni tortadigan bo‘lishi kerak.

Download 4,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish