Ishlab chiqarish jarayoni
Katta firmaning biznes rejasida bu savolga alohida bo‘lim ajratiladi. Agar gap kichik yoki yaqinda tuzilgan korxona haqida borsa, unda bu savol alohida ishlab chiqilishi shart emas. Biznes rejada ishning faqat asosiy natijalari aks ettiriladi. Ya’ni ishlab chiqarishni tayyorlashdan tortib, to texnika xavfsizligini ta’minlash va ishlab chiqarish madaniyatigacha tushuntirish matni beriladi.
Ishbilarmon mahsulot ishlab chiqarish uchun qaysi materiallar kerak bo‘lishi, qanday mashinada mahsulot ishlab chiqilishini oldindan rejalashtiradi. Ishlab chiqarish quwati haqida tavsif beriladi, ishga tushishi muddati ko‘rsatiladi. Moddiy texnika ta’minoti masalasi alohida ko‘rib chiqiladi, ya’ni qayerdan, kimdan, qanday materiallar sotib olinadi? Qanday tashib keltiriladi? Va boshqalar. Yetkazib beruvchilarning mahsulot sifati va yetkazib berish kafolatlari bayon qilinadi. Tahlil 2-3 yilga yoki kattaroq muddatta, 4-5 yilga beriladi.
Bu bo‘limning juda muhim qismi ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblashdir. Bu yerda so‘z texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligini maqsadga muvofiq tashkil qilish uchun ketadigan qo’shimcha xarajatlar haqida ham boradi. Ko‘pincha firma rahbarlari biznes rejada atrof- muhitni muhofaza qilishga yetarlicha e’tibor bermaydilar. Bu esa anchagina mablag‘ talab qiladi. Natijada, firma biznes rejaga binoan ishni tashkil qilganidan so‘ng, «tasodifiy» xarajatlar qilishga majbur bo‘ladi. Bu esa biznesning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun, rejada bunday xarajatlami ham hisobga olish zarur.
Mahsulotning raqobatbardoshliligini bashorat qilish
Bu bo‘limda tovarlar (xizmatlar) assortimenti, ulaming ro’yxati, oylik yoki yillik sotilgan soni va hajmi beriladi. Tovaming iste’molchilari ko‘rsatiladi. Undan so‘ng, ishbilarmon bu tovarlardan, uning fikri bo‘yicha, qaysisini katta hajmda o‘tkazishi mumkinligi aytiladi.
Bu bo‘limning maqsadi - kreditorlami (banklami), investorlami yoki yangi foydalanuvchilami mahsulotning foydaliligiga ishontirish, aniqroq qilib aytganda, mahsulotdan ko‘p foyda olish mumkinligiga ishontirishdir. Buning uchun ishbilarmon bir necha savollarga javob berishi lozim:
uning tovari qanday talablami qondirishi;
uning tovari raqobatchilaming tovaridan nimasi bilan farqlanishi;
u huquqiy jihatdan qanday himoyalangani, ya’ni patent, tovar belgisi, mualliflik guvohnomalari va boshqalar ko‘rsatiladi.
Birinchi ikki savolga javob tadbirkomi qaysi va qancha xaridorga ishonish mumkinligini aniqlashga imkon beradi.
Ishbilarmon iste’molchilar bilan kurashda quyidagi raqobat strategiyalaridan birini tanlab oladi. Ommaviy xaridorga chiqish strategiyasi (arson mollar strategiyasi) yoki ixtisoslashgan strategiya, ya’ni maxsus xaridor toifalari uchun mo‘ljallangan alohida sifatli, lekin qimmatbaho tovar tayyorlash.
Ammo, ishbilarmon har xil vaziyatlarda investomi o‘z mahsulotining raqobatchi tovardan afzalligi borligi bilan ishontira bilishi kerak. Birinchi strategiyada bunday afzalliklarga, ancha arzon xom- ashyo kam transport xarajatlari, arzon ishchi kuchi va boshqalar kiradi. Ishbilarmon buni rejada ko‘rsatishi shart
Agar ishbilarmon raqobat kurashining ikkinchisini tanlasa, unda, so‘z alohida sifatli mahsulot haqida boradi, ya’ni yangi fikr, g‘oyalar tavsiflari investorlami ushbu tovarga jalb qiladi, chunki, ular, tovaming yuqori sifatini kafolatlaydi.
Raqobatbardosh mahsulot haqida so‘z borganda, barcha afzallik turlari quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin:
A. Past afzallik tartibi. B. Yuqori afzallik tartibi.
A guruhi - bu afzallik strategiyasi ommaviy xaridorga chiqishda foydali, lekin birinchi ko‘rinishda bu afzallik yetarli ta’sir qiladi. Bozorda ular ustuvor bo'lmaydi, chunki, ko‘p sabablarga ko‘ra ular yo’qolishi mumkin (ish haqi oshganda, raqobatchilar arzon xomashyo
manbasini topganda va boshqalar).
Bundan xulosa shuki, past afzallik tartibi mustahkam raqobatga chiday olmaydi.
Yuqori afzallik tartibi ixtisoslashgan strategiya bo‘lib, u o‘z ichiga yaxshi mahsulot ishlab chiqarish, yaxshi texnologiya yaratish kabilami oladi. Bular esa, o‘z navbatida firma obro‘sini ko‘tarish imkonini yaratadi. Ular ma’lum vaqt ichida raqobatbardoshlikni ta’minlab boradi. Raqobatbardoshlikning bir maromda borishi bank qabul qilgan qaror bo‘yicha korxonaga pul berishning asosiy omili bo'ladi.
Bo‘limning oxirgi qismida ishbilarmon o‘z xaridoriga ko'rsatadigan qo‘shimcha xizmat turlarini taklif qilishi mumkin. (Masalan: uyga transport vositalari yordamida bepul yetkazish, yuklarni tashishda narxni kamaytirish, kafolatlangan ta’mirlash ishlarini bajarish va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |