Миқдорий усуллар
Каузал усули
Вақтли қаторлар тахлили
Корреляционлик
Компьтерли имитацион
Эконометрик усул
Оддий ўртача силжитиш
Тортилган ўртачани силжитиш
Экспоненциал текислаш
42
O’zbekistonda tadbirkorlikni ekonometrik modellashtirishga muhim hissa
qo’shgan olimlardan prof.B.Xodiev ilmiy ishlarida tadbirkorlikni iqtisodiyotning
ba’zi tarmoqlari, jumladan qishloq xo’jaligi bilan bevosita, umumiy bog’liq holda
tahlil etgan. U moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida tadbirkorlikni rivojlanishini
ekonometrik modellari tizimini ishlab chiqdi va asosiy e’tiborni, hisob-kitoblarni
qishloq xo’jaligi yo’nalishida amalga oshirgani holda tadbirkorlikni model-
lashtirdi. Bundan tashqari, u o’z tadqiqotlarida tadbirkorlikda qabul qi-lingan
qarorlarni optimallash usullarini, kichik va o’rta biznesda foyda darajasini oshirish
va baholar muvozanati masalalarini, ekonometrik modellar identifikatsiyasi
muammolarini qarab chiqdi. Shuningdek, B.Xodiev kichik biznes samaradorligini
o’lchashning ekonometrik modella-riga to’xtalar ekan, kichik biznesda
samardorlikni o’lchashning nazariy masalalari, ishlab chiqarish samaradorligi va
aholi iste’mol ko’rsatkich-lari tahlili modellarini ishlab chiqqani holda kichik
biznes rivojlanishi kontseptsiyasi, bashoratini taklif etdi.
8
Bugungi kunga kelib esa (III-V-bosqichlar) bu borada ancha o’zgarishlar ro’y
berdi. Oldingi davrda (III-bosqich) kichik biznes sub’ektlarining aso-siy ulushi
qishloq xo’jaligi, savdo sohasiga, YaIM ning esa atigi 12,1 foizi kichik biznesga
to’g’ri kelgan. IV-bosqichda esa, kichik biznes sub’ektlarining tarmoq va
mintaqaviy tuzilishi o’zgardi. Bu esa iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari savdo va
umumovqatlanish, sanoat, transport va aloqa, bozor infratuzilmasi ob’ektlari
misolida yoki respublika mintaqalari miqyosi-da kichik biznesni modellashtirish
masalasini dolzarb qilib qo’yadi. Ikkinchidan, o’tgan davr mobaynida kichik
biznesning tasniflash
tizimi
tubdan
o’zgardi. Uchinchidan, yuqoridagi
yondoshuvida kichik biznes, tadbirkor-lik tahliliga «tadbirkorlik» nomi ostida
umumiy nuqtai-nazardan yondoshilgan. Vaholanki, u mezonga bir qator
sub’ektlarni, jumladan, kichik yirik korxona, mikrofirma, yakka tadbirkorlarni
kiritish mumkin.
Bizning
fikrimizcha,
kichik
biznes
rivojlanish
tendentsiyalarini
modellashtirishda modellashtirilayotgan sub’ekt yoki tarmoqning xususiyat-lari va
8
Ходиев Б.Ю.Ўзбекистон иқтисодиётида тадбиркорлик ривожланишини эконометрик моделлаштириш: иқт.фан.
док.дисc. - Т.: ТДИУ. 2000. – 338 б.
43
aniq tashkiliy-huquqiy maqomi hamda ular tadbirkorlikning qaysi turiga yoki
shakliga mansubligiga e’tibor qaratish lozim.
Modellashtiriluvchi sub’ektning tashkiliy-huquqiy maqomi, uning iq-
tisodiyotning u yoki bu tarmog’i modellari boshqa tarmoq modellaridan farq
qiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlikni modellashtirishda umumiy nuqtai nazardan
talqin etishga ko’ra, tadbirkorlik sub’ektlarini ko’lami (yirik, o’rta, kichik)
bo’yicha alohida yoki umumiy mintaqalar, tarmoqlar kesimida modellashtirish,
kichik va yirik biznesning umumiy iqtisodiyotdagi ulushlarining nisbatlarini
modellashtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotchi M.Umarxodjaeva kichik biznesni rivojlantirishning italyancha
modelini taxlil etgani holda, korxonalar tasnifiy mezonlariga xodimlar soni bilan
birga investitsiyalar hajmini ham kiritishni tavsiya etadi. Uning fikricha, kichik
biznesni rivojlantirish uchun ixtisoslashgan ishlab chiqarish xududlarini –
klasterlarni yaratish yoki konstellyatsiya (italyancha “constellazione”- yulduzlar
turkumi) Italiya tajribasini respub-likamizda qo’llash lozim. Konstellyatsiya -
ishlab chiqarishni o’rta yoki oxirgi bosqichlariga ixtisoslashgan bir necha
korxonadan iborat kooperatsiya bo’lib, bunda bitta firma etakchi bo’lib, qolganlari
o’z ishlab chiqarishini shunga qarab moslashtiradi
9
.
Tadqiqotchi Sh.Shodmonqulov kichik biznes sub’ektlarini marketing nuqtai
nazaridan tahlil etib, xaridor diqqatini tortish, to’rli marketing asosida sotishni
tashkil etish, qondiriladigan talab miqdori bo’yicha korxonalarni tasniflashni va
SWOT tahlilini amalga oshiradi
10
.
A.B.Yugay non va makaron ishlab chiqaruvchi kichik korxonalarda ishlab
chiqarishni boshqarish jarayonlarini modellashtirgani holda, korxona biznes rejasi
va uning moliyaviy natijalarini shakllantirish algorit-mini quradi, aholining non va
makaron mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji, ishlab chiqarish hajmlari bashoratini
amalga oshiradi, ishlab chiqarishni samaradorligini baholaydi
11
.
9
Умарходжаева М.Г. Италияда кичик ва ўрта бизнеснинг ривожланиши: иқт.фан.ном....дисс. – Т.: ТДИУ, 2004. Б. 34-53.
10
Шодмонқулов А.А. Кичик бизнес субъектларида маркетинг фаолиятининг шаклланиши ва ривожланиши (пойабзал
ишлаб чиқарувчи корхоналар мисолида): иқт.фан.ном. …дисс. – Т.: ДЖҚА, 2004. – 143 б.
11
Югай А.Б. Моделирования процессов управления развитием производства предприятий малого бизнеса:
дисс.на
соис……канд.экон.наук. Т.:ТГЭУ. – 2004. – С. 134.
44
Muallif fikricha, kichik biznesning rivojlanish jarayoni bevosita u yoki bu
mamlakatda amal kilayotgan iqtisodiy mexanizmlar va tarmoq xususiyatlari bilan
bog’liq. Shu sababdan ham rivojlangan mamlakatlar-ning miqdor ko’rsatkichlari
va kichik biznes rivojlanish tajribasini O’zbekistondagi amaliyot bilan
taqqoslaganda, albatta, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanish
darajasi, milliy iqtisodiyoti-ning tarmoq tuzilishi va boshqa ijtimoiy madaniy
xususiyatlarini e’tiborga olish zarur. Ko’pchilik rivojlangan davlatlarda quyidagi
ko’r-satkichlardan foydalangan holda kichik biznes tasniflanadi: bandlik, xususiy
korxonalar soni, ularning milliy daromaddagi ulushi.
Kichik biznes sub’ektlari faoliyatini tahlil qilishda ekonometrik uslubning
binominal, Puasson, darajali, normal taqsimot, Styudent, Fisher-Sinekord, χιι-
kvadrat va katta sonlar qonunlariga mosligi alohida ahamiyatga ega. Biznesni
taqsimot qonunlari yordamida bashoratlash, uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi
omillar va mezonlari bo’yicha taqsimlash va shu asosda mamlakatda yoki uning
mintaqalarida rivojlanish istiqbolla-rini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biridir.
Biznes sub’ektlarining o’rtacha foyda miqdorlari empirik va nazariy
chastotalarini taqsimot zichlik-larini taxlil qilish uchun iqtisodiyot tarmoqlaridan,
jumladan, sanoat, xizmat ko’rsatish, qurilish va savdo korxonalaridan 300 ta
sub’ekt tanlab olingan. Ushbu sub’ektlar bir xil sharoitlarda faoliyat yuritishlariga
qaramasdan, ularning o’rtacha foyda miqdorlari bir-biridan sezilarlicha farqlangan.
So’ngra statistik to’plam 6 ta guruhga ajratilgan. Quyidagi 2.1.1-jadval
ma’lumotiga ko’ra, kichik biznes sub’ektlari foyda miqdorlari bo’yicha o’rtacha
qiymat atrofida to’planish va taqsimot chetlari bo’yicha kamayish tendentsiyasiga
ega.
45
Do'stlaringiz bilan baham: |